ko‘rinishidagi parametrlar bilan ishlash.
Jadvalda ushbu uch operatsiya bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Bu esa ba’zi
bir operatsiyalarni bajarishda ma’lum bir qiyinchiliklarga olib keladi. Masalan,
ma’lumotlarni bir parametr asosida tartiblash ikkinchi bir parametr bo‘yicha
tartiblashni buzib yuborishi tufayli zarur ma’lumotlarni izlab topish operatsiyasi bir
parametr bo‘yicha osonlashsa, boshqalari bo‘yicha qiyinlashadi.
Kodd taklif qilgan usulining originalligi shundan iboratki, u munosabatlarga
(jadvallarga) tadbiq qilish uchun juda chiroyli qurilgan operatsiyalar tizimini ishlab
chikdi. Ularni amalga oshirish natijasida bir munosabatni boshqa munosabat orqali
hisoblab chiqish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu axborotlarni saqlanadigan va
saqlanmaydigan (hisoblanadigan) qismlarga ajratish, hamda kompьyuter xotirasini
tejash zarur bo‘lgan paytda axborotlarning saqlanmaydigan qismini
saqlanadiganlar asosida hisoblab chiqish imkoniyatini beradi.
Ma’lumotlarning relyasion bazasidagi munosabatlar ustida bajariladigan asosiy
operatsiyalar sakkizta bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
-to‘plamlar ustidagi ananaviy (traditsion) operatsiyalar, ya’ni to‘plamlarning
birlashmasi (yig‘indisi), kesishmasi (ko‘paytmasi), to‘ldiruvchisi (ayirmasi), dekart
ko‘paytmasi, bo‘lishmasi;
-maxsus relyasion operatsiyalar, ya’ni proeksiyalash, bog‘lanish (qo‘shilish),
birlashtirish (ulab qo‘yish) va tanlash.
Har bir ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining samaradorligi ushbu
operatsiyalarning borligi va ularni bajarish vositalarining qanchalik qulayligi bilan
aniqlanadi. Relyasion MBBTda munosabatlar ustida operatsiyalar bajarish uchun
mo‘ljallangan tillarini ikki sinfga ajratish mumkin: relyasion algebra tili (RAT) va
relyasion hisob tili (RHT).
RAT relyasion algebraga (Kodd algebrasiga, a-algebraga) asoslangan. Ma’lum
tartib munosabatlar ustida operatsiyalarni ketma-ket yozish asosida xohlagan
natijaga erishish mumkin. SHuning uchun RATni protsedurali til deyishadi.
RHT predikatlarni hisoblab chiqishning klassik usuliga asoslangan. Ular
foydalanuvchilarga so‘rovlarni yozish uchun ma’lum qoidalar to‘plamini beradi.
Bunday so‘rovlarda faqat xohlagan natija haqidagi axborotlar bo‘ladi xolos. Ushbu
so‘rov asosida MBBT yangi munosabatlar hosil qilish yo‘li bilan avtomatik tarzda
zarur natijani beradi. SHuning uchun RHTni protseduralimas til deyishadi.
Ma’lumotlar bazasini loyihalashtirishda relyasion model bilan ishlash ancha
noqulayliklarga olib keladi. SHu sabab ma’lumotlar bazasini loyihalashda har xil
semantik modellar ham ishlatiladi. Ulardan eng ko‘p tarqalganlaridan biriga
-