|
Glossariy/ lug'at algebra – matematikaning miqdorlar ustida bajariladigan amallarining umumiy qonunlari haqidagi o‘quv fani; «Hozirgi zamon algebrasining otasi»
|
bet | 1/10 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 36,84 Kb. | | #237409 |
Bog'liq GLOSSARIY
GLOSSARIY/ LUG'AT
Algebra – 1) matematikaning miqdorlar ustida bajariladigan amallarining umumiy qonunlari haqidagi o‘quv fani; 2) «Hozirgi zamon algebrasining otasi» Al-Xorazmiy nomi bilan bog‘liq tushuncha. Olimning «Al-Jabr val-muqobala» risolasi keyinchalik Yevropada «Algebra» deb ataladigan bo‘ldi.
Algoritm – ko‘rsatilgan maqsadga erishish yoki qo‘yilgan topshiriq (masala) ni yechishga qaratilgan vazif a(amal ) lar ketma-ketligini baj arish borasida ijrochiga tushunarli va aniq ko‘rsatmalar berish.
Amaliy ishlar metodi – o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantiruvchi usul.
Aqliy tarbiya – shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi. Abstraktlash – mavhumlashtirish orqali nazariy umumlashmalar hosil qilishdan iborat ta’lim metodi.
Arifmetika-o‘quvchilarga matematik son larning oddiy xossalarini hamda ular ustida bajariladigan amallarni o‘rgatadigan o‘quv fani.
Bakalavriat - mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kainida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim.
Bashoratlash – bo‘lajak darsni tashkil qilishining turli variantlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish.
Baho – ta’lim oluvchilarga ularning ta’lim olishi, bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan ijodiy yondashishini rag‘batlantirish maqsadida ta’sir ko‘rsatish vositasi. “Bumerang” texnologiyasi – o‘quvchini mashg‘ulot va mashg‘ulotdan tashqari jarayonlarda turli o‘ quv adabiyotlari, muammoli tajriba bajarish mazmuni bilan tanishtirish, fikrni erkin bayon etish hamda muayyan tajribani bajarish davomida uni baholashga qaratilgan texnologiya.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Glossariy/ lug'at algebra – matematikaning miqdorlar ustida bajariladigan amallarining umumiy qonunlari haqidagi o‘quv fani; «Hozirgi zamon algebrasining otasi»
|