|
Me’yor – lotincha so‘z bolib, o‘lchov mayor so‘zlaridan olinga bo‘lib, namuna degan ma’noni bildiradi.
Modulli o‘qitish
|
bet | 6/10 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 36,84 Kb. | | #237409 |
Bog'liq GLOSSARIYMe’yor – lotincha so‘z bolib, o‘lchov mayor so‘zlaridan olinga bo‘lib, namuna degan ma’noni bildiradi.
Modulli o‘qitish – o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u ta’lim oluvchilarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir. Muammo – o‘quv jarayonida hal qilinishi lozim bo‘ lgan masala, vazifa.
Muammoli ta’lim – muammoni hal etish g‘oyasi yotuvchi yaxlit tizim. Muammoli o‘qitish ham amaliy, ham nazariy bilish xususiyatidagi muammoli vaziyatlarni hal etish orqali yangi bilimlarni egallashga asoslangan.
Mustaqil ta’lim – insonning o‘zi tanlagan vositalar va adabiyotlar yordamida ajlodlar tajribasini, fan va texnika yutuqlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan shaxsiy harakatlari.
Magistratura - aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim.
Madaniyat («cultura» so‘zidan olingan boiib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.
Mazmun (ta’lim (bilim olish) mazmuni) – ta’lim jarayonida shaxs tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka, fikrlash hamda faoliyat usullari tizimi.
Maktabgacha ta’lim – bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlovchi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otuvchi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda oilalarda amalga oshiriluvchi ta’lim bosqichi.
Maktabdan tashqari ta’lim – madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yiluvchi, bolalar hamda o‘smirlarning ta’limga bo‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan ta’lim bosqichi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Me’yor – lotincha so‘z bolib, o‘lchov mayor so‘zlaridan olinga bo‘lib, namuna degan ma’noni bildiradi.
Modulli o‘qitish
|