• Shartli o‘lchov
  • O‘z-o‘zini baholash
  • O‘zlashtirish
  • O‘quv dasturi
  • O‘quv qollanmasi
  • Glossariy/ lug'at algebra – matematikaning miqdorlar ustida bajariladigan amallarining umumiy qonunlari haqidagi o‘quv fani; «Hozirgi zamon algebrasining otasi»




    Download 36,84 Kb.
    bet10/10
    Sana16.05.2024
    Hajmi36,84 Kb.
    #237409
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    GLOSSARIY

    Vaqt xususiyatlari – bu vaqtning bir tomonga yo‘nalib o‘tishi, u tabiat va jamiyatning chiqishi yo‘nalishini ifodalaydi.
    Vaziyat(lotinchadagi situation -ahvol) – muayyan vaziy at, ahvolni hosil qiladigan shartsharoitlar va holatlar uyushmasi
    Verbal ifoda – bilim (ma’lumot, axborot)larni so‘z yordamida (og‘zaki) yetkazib berish, ifoda etish.
    Zij – yil hisobi jadvallari, trigonometrik jadvallar, sayyoralar harakati jadvali va yulduzlar ro‘yxatini aks ettiruvchi jadval.
    Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
    Shartli o‘lchov – uzunlikni o‘lchash, og‘irlikni o‘lchash.
    Shkalalash - aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. Yakuniy nazorat – ta’lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik uchun belgilangan o‘quv materiallari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
    O‘z-o‘zini baholashmavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish asosida o‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat usuli.
    O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish – o‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli.
    O‘zlashtirish – ta’lim jarayonida ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy talablarga muvofiq shaxs tomonidan muayyan xatti-harakat va xulq usullarining egallanishi. O‘rgatish – tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari, odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlar.
    O‘quv dasturi – muayyan o‘quv fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtning mavzular o‘rganilishi bo‘yicha taqsimlanishi, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o‘rganilish darajasini yorituvchi me’yoriy hujjat.
    O‘quv rejasi - ta’lim muassasasida o‘qitiladigan o‘quv fanlarining tartibi, ularning o‘quv yili bo‘yicha taqsimlanishi, har bir o‘quv faniga ajratiladigan haftalik va yillik o‘quv soatlari, shuningdek, o‘quv yili tuzilishini belgilovchi me’yoriy hujjat. O‘quv fani - ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yosh, idrok etish imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo‘yicha umumiy yoki mutaxassislik bilimlarini berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi manba.
    O‘quv qollanmasi - 1) ma’lum o‘quv fanlari bo‘yicha metodik materiallar, tushuntirishlar, tavsiyalarni yorituvchi hamda o‘qituvchi yoki o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan manba; 2) muayyan fan bo‘yicha tayyorlangan hamda metodik jihatidan o‘quv-tarbiyaviy jarayonda bevosita foydalanish imkonini beruvchi qo‘shimcha o‘quv materiallari
    Download 36,84 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 36,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Glossariy/ lug'at algebra – matematikaning miqdorlar ustida bajariladigan amallarining umumiy qonunlari haqidagi o‘quv fani; «Hozirgi zamon algebrasining otasi»

    Download 36,84 Kb.