• Metod
  • Nazorat (ta’lim jarayonida)
  • Natural son
  • Oila tarbiyasi
  • Oliy ta’lim
  • Malaka – ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. Ma’lumot




    Download 36,84 Kb.
    bet7/10
    Sana16.05.2024
    Hajmi36,84 Kb.
    #237409
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    GLOSSARIY

    Malaka – ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi.
    Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui. Menejment – mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish uchun shaxs (xodim) yoki guruhga ta’sir o‘tkazish asosida ularning faoliyatini tashkil etish tamoyillari, shakllari, metodlari va usullari.
    Metod – yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo‘li» kabi ma’nolarni anglatadi.
    Metodika (fan sifatida) – xususiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi.
    Munozara (tarbiya metodi sifatida) – tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta’sir ko‘rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli.
    Nazorat (ta’lim jarayonida) – ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayoni.
    Nazariya va amaliyotning birligi tamoyilinazariy bilimlarning hayotga, amaliyotga bog‘lanishini kengaytira borishni talab qiluvchi tamoyil.
    Natural son – qancha degan savolga javob beradi. Sonlarning tarkibi birikmalardan iborat ekanligini, sonlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatadi.
    Olam haqida shartli tasavvur – dunyoning yaxlit manzarasi, bolaning olingan bilimlarga shaxsiy munosabati, shuningdek, ularnni o‘z amaliy faoliyatida qo‘llash malakalarini shakllantirish.
    Oila tarbiyasi – ota-onalar (yoki bola kamoloti uchun mas’ul shaxslar) tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog‘lom etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
    Oligofreniya (yunoncha «olygos» - kam, «phren» - aql) - bu natal (tug‘ilish payti) yoki postnatal (hayotiy rivojlanishning erta bosqichi) davrlarda markaziy nerv tizimining zararlanishi natijasida yuzaga keladigan aqliy yoki psixik rivojlanmaslik.
    Oliy ta’lim - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriat hamda magistratura) da tashkil etiladigan hamda mutaxassisliklar yo‘nalishlari bo‘yicha xalq xo‘jaligining turli sohalariga oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlab beruvchi ta’lim bosqichi.

    Download 36,84 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 36,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Malaka – ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. Ma’lumot

    Download 36,84 Kb.