|
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim
|
bet | 8/10 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 36,84 Kb. | | #237409 |
Bog'liq GLOSSARIYOliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim – jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta’lim - kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladigan ta’lim bosqichi.
Oraliq nazorat – o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining muayyan bob yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini aniqlash, baholash shakli.
Pedagog kadrlar tarkibi - o‘qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog, defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa, badiiy ijodiyot, radiotexnika, sport va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatuvchi to‘garaklarning rahbarlaridan iborat mutaxassislar.
Pedagogik talab - turli harakatlarni bajarish, muayyan faoliyat jarayonida ishtirok etishda o‘quvchi amal qilishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me'yorlarini ifodalovchi vazifa; tarbiyaning eng muhim usuli.
Rag‘batlantirish – tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘nglini ko‘tarish va uni qo‘llab-quvvatlash usuli.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon boiadigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon. Rivojlantiruvchi vazifa – o‘qitish jarayonida shaxsning aqliy, hissiy va irodaviy rivojlanishi, bilishga bo‘lgan intilishlarini va ijodiy faollikni shakllantirish va rivojlantirishni ta’ minlashdan iborat bo‘lgan vazifa.
Reyting (baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash) – muayyan hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash.
Sinf – yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo‘lgan ma’lum o‘quvchilar guruhi. Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
|
| |