|
Dyujina – bu 12 ta buyumdan tuzilgan uyum.
Dis-komfort
|
bet | 3/10 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 36,84 Kb. | | #237409 |
Bog'liq GLOSSARIYDyujina – bu 12 ta buyumdan tuzilgan uyum.
Dis-komfort-noqulaylik.
Esse – bu muallifning shaxsiy nuqtayi nazarini yozma ravishda erkin ifoda etish shakli; u qandaydir predmet bo‘yicha umumiy yoki dastlabki dunyoqarashni o‘z ichiga oladi.
Elementar matematika – matematikaga oid bo‘lgan bilimlarning eng soddalashtirilgan qismi.
Jismoniy tarbiya – o‘quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi. Fantaziya – xayol, hayotda inson tomonidan idrok etilmagan tasavvur va xayoliy xotiralarning vujudga kelishidan iborat psixik jarayon.
Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko‘rinishi. Subyektning olam bilan faol o‘zaro munosabati.
Geometrik shakl – uchburchak, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, shar, kub, silindr, oval, ko‘pburchak.
Individual o‘qitish – o‘quvchi shaxsiga alohida yondashgan holda ta’ lim-tarbiya berish.
Innovatsiya – yangidan kiritilgan tushunchalar, tartib-qoidalar, texnologiyalar va yangiliklar.
Interfaol usul – ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi faol hamkorlik muloqoti.
Joriy nazorat - ta’lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
Hisobot – kundalik ish yakunidagi yozma axborot.
Ijod – yaratish, yangilikni kashf etish degan manolarini anglatadi va insondagi shu jarayonni ifodalaydi.
Ijodkorlik (kreativlik) – bolalarni maksimal darajada ijodiy ibtidoga, o‘z ijodiy faoliyati tajribasini egallashga yo‘naltirish
Ilmiy dunyoqarash - uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlashgan dunyoqarash shakli.
|
| |