• Ilmiy tafakkur
  • Individuallik
  • Iqtisodiy tarbiya
  • Iqtisodiy ta’lim
  • «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
  • Glossariy/ lug'at algebra – matematikaning miqdorlar ustida bajariladigan amallarining umumiy qonunlari haqidagi o‘quv fani; «Hozirgi zamon algebrasining otasi»




    Download 36,84 Kb.
    bet4/10
    Sana16.05.2024
    Hajmi36,84 Kb.
    #237409
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    GLOSSARIY

    Illyustratsiyali masalalar – rangli rasmlar va o‘yinchoqlardan foydalanib bajariladigan masalalar.
    Individual yondashish tamoyili – bolalarning yosh xususiyatini, qobiliyatlarini, psixologiyasini hisobga olish kerak degan talablardan kelib chiqadigan tamoyil va bu tamoyil matematikani o‘qitish davomida amalga oshirilishi shart.
    Ilmiy tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqea-hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuv.
    Ilmiy qarash (yunoncha «idea» - g‘oya, tasavvur, tushunchalar yig‘indisi) - muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr, g‘oya.
    Individ – (lotincha «individium» bo‘linmas, yagona, alohida degan ma’nolarni anglatadi) – xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudot.
    Individuallik – shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari.
    Institut – bilimlarning bitta sohasi doirasida aniq yo‘nalishlar bo‘yicha oliy va qoidaga ko‘ra oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
    Iqtisodiy tarbiya - o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila budjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va 166 hokazolar) ni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik jarayon.
    Iqtisodiy ta’lim - o‘quvchilarga xo‘jalik yuritish tizimi (oila budjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar) to‘g‘risidagi nazariy bilimlarni berishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
    «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» - «Ta’lim to‘: g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili hamda ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqlol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish mazmunini belgilab beruvchi yuridik hujjat.

    Download 36,84 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 36,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Glossariy/ lug'at algebra – matematikaning miqdorlar ustida bajariladigan amallarining umumiy qonunlari haqidagi o‘quv fani; «Hozirgi zamon algebrasining otasi»

    Download 36,84 Kb.