• Belgilangan muddatdan kech yuklangan topshiriq
  • Esseda aks etishi lozim boʻlgan jihatlar
  • Esseni rasmiylashtirish va yuklash bo‘yicha texnik talablar
  • 2-topshiriq: esse yozish




    Download 184,02 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana16.01.2024
    Hajmi184,02 Kb.
    #138492
      1   2   3
    Bog'liq
    Oila pedagogikasi fanidan 2-topshiriq



    2-TOPSHIRIQ: ESSE YOZISH 
    Ushbu topshiriq talabaga oila pedagogikasi faniga oid bilimlarning nazariy asoslarini, oila 
    pedagogikasining asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, oilaning vazifalari, oila turlari, oilada 
    tarbiya mazmunini o‘rgatish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish 
    maqsadida tayyorlangan boʻlib, nazariy egallangan bilimlarni kengaytirish, talabalarning mustaqil 
    oʻqish faoliyatini yoʻlga qoʻyishga xizmat qiladi. Esse (2000 so‘zdan kam bo‘lmagan) ko‘rinishida 
    tayyorlanadi va HEMIS platformasiga belgilangan muddatlarda joylash talab etiladi.
    Belgilangan muddatdan kech yuklangan topshiriq (universitet ECTS kredit modul tizimi 
    hamda “Talabalarning bilimini baholash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq) baholanmaydi. 
    Shuningdek, talaba tomonidan HEMIS platformasiga yuklangan ma’lumotga shaxsan o‘zi 
    mas’ul hisoblanadi va noto‘g‘ri yuklangan ma’lumot noll ball bilan baholashga asos bo‘ladi.
    Esseda aks etishi lozim boʻlgan jihatlar:
    mavzuning dolzarbligi
    − o‘rganilganlik darajasini tahlil qilish; 
    asosiy qism
    − ta’lim va tarbiya tahlillarni amalga oshirish; 
    − xulosa;
    − taklif va tavsiyalar. 
    Esseni rasmiylashtirish va yuklash bo‘yicha texnik talablar: taqdim etilayotgan esse A4 
    formatda bо‘lib, sahifaning hamma tomonidan 2 sm joy qoldirilishi, Times New Roman yozuv 
    turida, 14 kegl, 1 interval, 1 sm abzasda bо‘lishi bо‘lishi va Pdf (Word) faylda platformaga yuklash 
    talab qilinadi. 
    Talaba berilgan mavzu bo‘yicha keng qamrovli bilimlarga ega bo‘lishi, nazariy bilimlarni 
    amaliy vazifalar bilan bog‘lay olishi lozim. Bu maqsadga erishishda talabadan o‘z ustida 
    muntazam ishlashi, nazariy va amaliy bilimlarini doimiy ravishda egallab borishi hamda mazkur 
    fanning o‘quv rejadagi berilgan soatiga muvofiq 80 foiz mustaqil ta’lim komponentiga e’tiborni 
    qaratishi lozim. 

    Download 184,02 Kb.
      1   2   3




    Download 184,02 Kb.
    Pdf ko'rish