|
ikki pog‘onadan iborat
bo‘lib,
mantikiy va fizikBog'liq malumotlarni bazasi boshqarish 1
ikki pog‘onadan iborat
bo‘lib,
mantikiy va fizik
pog‘onalar bilan xarakterlanadi. Ma’lumotlarni bevosita
fizik tashkil etishda ularni mashina "tashuvchisi"da joylashtirish usuli aniqlab
olinadi. Zamonaviy amaliy dasturlar vositalarida ma’lumotlarni tashkil etishning
bu pog‘onasi avtomatik ravishda foydalanuvchi aralashuvisiz ta’minlanadi.
Odatda, foydalanuvchi amaliy dasturlar vositalarining ma’lumotlarni mantiliy
tashkil etish xakidagi tushunchalar bilan operatsiyalar bajaradi. Mashina
"tashuvchisi"da ma’lumotlarni mantikiy tashkil etish, foydalanilayotgan dasturiy
vositalardan va mashina muxitida ma’lumotlar bilan yuritishdan bog‘liq.
Ma’lumotlarni tashkil etishning mantikiy usuli
foydalanilayotgan ma’lumotlar
tuzilishining turi
va dasturiy vositalar orkali qullaniladigan
modelning
shakli
aniqlanadi.
Ma’lumotlarning modeli
- bu ma’lumotlar uzaro boglangan tuzilishlari va ular
ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir. Modelning shakli va unda
foydalaniladigan ma’lumotlar tuzilishining turi dasturlash tizimi
tilida foydalangan ma’lumotlarni tashkil etish va ishlov berish konsepsiyasini aks
ettiradi.
Ma’lumki, aynan bir axborotni mashina ichki muhitida joylashtirish uchun
ma’lumotlarning turli xil tuzilishlari va modellaridan foydalanish mumkin. Ulardan
qaysi birini tanlash axborotlar bazasini yaratayotgan foydalanuvchining zimmasiga
yuklatilgan bulib, u ko‘plab omillardan bog‘liq. Bu omillar qatoriga mavjud texnik
va dasturiy ta’minotlar, hamda avtomatlashtirilayotgan masalalarning murakkabligi
va axborotning xajmi kabilar kiradi.
Ma’lumotlar modeli kuyidagi tarkibiy kismdan iborat:
1.Foydalanuvchining ma’lumotlar bazasiga munosabatini namoyish etishga
muljallangan ma’lumotlar tuzilmasi.
2.Ma’lumotlar tuzilishida bajarilish mumkin bo‘lgan operatsiyalar. Ular ko‘rib
chiqilayotgan ma’lumotlar modeli uchun ma’lumotlar tilining asosini tashkil etadi.
YAxshi ma’lumotlar tuzilmasining uzigina etarli emas. Ma’lumotlarni aniklash tili
(MAT) va ma’lumotlar bilan amallar bajarish tilining (MABT) turli operatsiyalari
yordamida bu tuzilma bilan ishlash imkoniga ega bulish zarur.
3.Yaxlitlikni nazorat qilish uchun cheklashlar. Ma’lumotlar modeli uning
yaxlitligini saqlash va himoya qilishga imkon beruvchi vositalar bilan
ta’minlangan bo‘lishi lozim.
|
| |