inglizcha relation so‘zidan olingan. Ba’zi bir qoidalarga amal qilgan holda
munosabatlarni ikki o‘lchovli jadval ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Jadval har
qanday odamga tushunarli va qulaydir.
Real dunyo ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarini EHM xotirasida saqlash va ular
orasidagi munosabatlarni modellashtirish uchun munosabatlar (jadval) to‘plamidan
foydalanish mumkinligini E.F.Kodd isbotlab berdi. Masalan, «talaba» mazmunini
saqlash uchun
TALABA munosabatidan foydalaniladi. Bu mazmunning asosiy
xususiyatlarini quyidagi jadvalning ustunlari tasvirlaydi:
TALABA
Familiyasi
I.O.
Tug‘ilgan
sana
Bosqich
Mutaxassisligi
Karimova
M.N.
15/01/1979
4
menejement
Boltayev
A.V
03/11/1978
4
Buxgalteriya.
Munosabat ustunlari atributlar deb ataladi va ularga nomlar beriladi. Munosabat
atributlarining nomlaridan iborat ro‘yxatini munosabatlar sxemasi deyiladi.
Bizning misolimizdagi TALABA munosabatining sxemasi quyidagicha
yoziladi:
TALABA (Familiyasi I.O., Tug‘ilgan sana, Bosqich, Mutaxassisligi)
Ma’lumotlarning relyasion bazasi
- bu o‘zaro bog‘langan munosabatlar , ya’ni
jadvallar to‘plamidir. Har qanday munosabat (jadval) kompьyuterlarning xotirasida
fayl ko‘rinishda joylashtiriladi. Ularning orasida quyidagi moslik mavjud: