• Boshqarish (registrli) signallariga
  • Ma’lumot (akustik) signallar
  • Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi




    Download 1.28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/7
    Sana28.03.2023
    Hajmi1.28 Mb.
    #47113
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Keyingi avlod konvergent tarmoqlariLabaratoriya 1,2,3
    22, 9 sinf informatika 13 14 Algoritm tushunchasi va uning xossalari , 13-amaliyot ad7ef1f7feecb194b522650895719954, 2-topshiriq (1), 4 - ЛаТЕХ мус.иш мав., 13, TBC Onlyan Kredit Yashirin komissiyalarsiz(1), Informatika.Glossariy2008, O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI., lotinga o\'girish 2, lotinga o\'girish, elektronika (l)№3, olimpiada, Ekologiya faniga kirish
    Liniyaviy signallar aloqa o‘rnatishning turli bosqichlarini (egallash, ozod 
    qilish, uzatish va x. k.), kanal va liniyalarning holatini (bo‘sh, band) belgilash uchun 
    ishlatiladi. Bu signallar aloqa o‘rnatishni boshidan to oxiragacha bo‘lgan
    bosqichlarda uzatilishi mumkin. 
    Boshqarish (registrli) signallariga faqat aloqa o‘rnatish jarayonida abonent 
    terminali bilan boshqarish qurilmasi, hamda stansiya va tugunlar boshqarish 
    qurilmalari orasida uzatiladigan signallar kiradi. Bunday signallar yordamida aloqa 
    yo‘li, chaqiralayotgan abonent liniyasi aniqlanadi va abonentlar orasida ulash trakti 
    hosil qilinadi. Boshqarish signallari asosini manzilgoh (adres) ma’lumoti tashkil 
    qiladi. Bundan tashqari, boshqarish signallariga tarmoqni ekspluatatsiya qilish va 
    boshqarish, hamda boshqarish qurilmalari o‘rtasidagi signallar ham kiradi. 
    Ma’lumot (akustik) signallar abonent va operatorlarni aloqa bog‘lanish 
    bosqichlarida xabardor qilish uchun ishlatiladi. Bunday signallar liniya va 
    boshqarish signallaridan farqli o‘laroq ATS qurilmalariga ta’sir etmay, faqat 
    abonent va telefonistkalarning eshitish (va ko‘rish a’zolari) orqali qabul qilingani 
    uchun akustik signallar deb ataladi. 
    Abonent va stansiyalararo signalizatsiya mavjud. Abonent signalizatsiyasi 
    oddiy mulojamalardan iborat: bularga “men aloqa olishni xohlayman” bildiruvchi 
    xarakat mikrotelefon go‘shagini ko‘tardi yoki tugmani bosdi; akustik signallarni 
    uzatish; abonent nomer terdi; u tergan nomerga xizmat qo‘llanmaydi yoki 
    o‘zgarganligi, ISDN signalizatsiyasi va xokazolarni bildiruvchi e’lonlarni abonent 
    eshitishi kiradi. Buni User-Networq Interface (UNI) interfeysida, ya’ni abonentni 
    ulash tarmog‘ida signalizatsiya desa ham bo‘ladi. UNI interfeysidagi keng tarqalgan 
    signalizatsiya nomer impulsli terish va ko‘p chastotali terish DTMF deb atasa 
    bo‘ladi. Bu interfeysni zamonaviy misoli ISDN ni asosiy ulash imkoni, ya’ni 


    2V+D=144 Kbit/s bo‘lishi mumkin. Bunda V ikkita axborot kanal va umumiy 
    bo‘lgan D signal kanal xizmat ko‘rsatadi. 
    Stansiyalararo signalizatsiya, ya’ni Netvork - to – Networq Interface (NNI) 
    interfeysida signalizatsiyaga misol bo‘lib, ikkita ajratilgan kanal bo‘yicha 
    signalizatsiyasi 2AKS, “6 dan 2” kodli ko‘p chastotali signalizatsiyasi, 7 sonli 
    signalizatsiya tizimi UKS va boshqalar hisoblanadi. Kanallar kommutatsiyasi bilan 
    tarmoqda ulash o‘rnatishga misol rasmda soddalashtirib ko‘rsatilgan. 
    Stansiyalararo signalizatsiya tarmog‘dagi bir necha tugun va stansiyalarni 
    ulash uchun kerak bo‘ladi. Bunda bitta ulashni tashkil etishda ko‘pincha turli 
    signalizatsiya tizimlari ishlatiladi. CHaqiriqqa xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan 
    signalizatsiya axboroti xalqaro vamilliy tarmoqlarning turli tugunlar va stansiyalari 
    o‘rtasida yuzlab signalizatsiya axborotlarini uzatadi. Umumiy holda stansiyalararo 
    signalizatsiya ulanishni tasvirlab berishning quyidagi aspektlari bilan bog‘langan: 
    birinchidan, stansiya telefon nomerni, yoki juda bo‘lmaganda kerakli qismini qabul 
    qilishi lozim, shu nomer yordamida yoki ulash o‘tishi kerak bo‘lgan kommutatsiya 
    tugunlari va stansiyalari zanjiridan keyingi ATS ga adres axborotini o‘tkazadi; 
    ikkinchidan stansiya uchun kerakli aloqa kanalini tanlash kerak va zanjirdagi keyingi 
    stansiyaga aynan qanday kanalni tanlagan xabarlashi kerak; uchinchidan stansiyalar 
    davriy ravishda, bu ishlatilayotgan aloqa kanalini tekshirib turishi va nihoyat 
    to‘rtinchidan aloqa tugashi bilan kanalni bo‘shatish kerak. Barcha bosqichlarda 
    stansiyaning (tugunlarning) ishini qo‘llab turish uchun ular o‘rtasida mos axborot 
    almashuvi zarur bo‘ladi. Bu almashinuv stansiyalararo signalizatsiya deyiladi. 
    Zamonaviy stansiyalararo bayonnomalari oddiy signalizatsiya tizimidan 
    hanuzgacha mamlakatimiz umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘larida (UFTT) 
    samarali ishlab kelmokdalar. 
    Stansiyalararo signalizatsiya tizimining evolyusiyasida quyidagi uchta 
    bosqichni ajratish mumkin: 
    - impulsli signalizatsiya; 
    - ko‘p chastotali signalizatsiya; 
    - umumkanal signalizatsiya. 
    Stansiyalararo signalizatsiya evolyusiyasining oxirgi uchinchi bosqichi 
    kommutatsiya tuguni dasturiy boshqarish kiritilishi bilan bir vaqtda boshlandi. 
    Elektr signallari ketma–ketligidan tashkil topgan signalizatsiya, ko‘p sonli 
    telefon kanallariga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarning maxsus kanali bo‘yicha uzatish 
    bayonnomasiga aylandi, xususan olganda shundan “umum kanal signalizatsiyasi” 
    nomi yuzaga keldi. 7- sonli umumkanal signalizatsiya tizimi, XX-asrning 
    telekommunikatsiya o‘n yilligida to‘la ravishda o‘sha istiqloldagi o‘zgarishlarga 
    mos kelar edi. Ularga ISDN tarmog‘ining yuzaga kelishi, intellektual tarmoqning 
    xizmatlarini kiritish, mobil aloqa xizmatlari va xokazolar kiradi. YUqorida 
    aytilganlarga asoslanib, quyidagi ta-riflarni berish mumkin. Signalizatsiya - bu 
    tarmoq elementlari o‘rtasida xizmat axboroti bilan almashinuv bo‘lib, uning asosida 


    tarmoq o‘zining abonentlariga ko‘rsatadigan xizmatlariga ishlatiladigan ulanishlarni 
    yaratish, kuzatish va buzishni ta’minlaydi. SHu bilan ta’kidlash kerakki, kanallar 
    kommutatsiyasi tarmog‘ida (xususan telefon tarmog‘i shunday tarmoqdir) ulash 
    tashkil etishda ishtirok etgan tarmoq resurslari, aloqa xizmatidan foydalanishning 
    hamma vaqtida ularga biriktirilib qo‘yiladi va boshqa ulanishlarda ishlatilishi 
    mumkin emas. Kanallar kommutatsiyali tarmoqlar uchun signalizatsiya tizimlarini 
    ko‘rib chiqamiz. Ma’lumotlarni uzatish 70- yillar boshida paydo bo‘lgan edi va 
    bunda “sukunat” davrlari bilan aralashib ketadigan qisqa paketlar ko‘rinishida 
    foydalanuvchilarga axborot uzatiladi. Bitta axborot oqimining paketlari orasidagi 
    pauzalarni boshqa axborot oqimlarining paketlarini uzatish uchun ishlatish mumkin 
    bo‘lganligi sababli, aynan bitta tarmoq resurslarini, biror bir bitta oqimni mavjud 
    bo‘lishi davrida, faqat unga berib qo‘yish zaruriyati yo‘q. Demak, aloqa xizmatlari 
    uchun tarmoq «fizik» deb atalgan ulanishni yaratishni shart emas. Bunday tarmoq 
    sifatida internet tarmog‘ini keltirish mumkin. Uning im-koniyatining IP- telefoniya 
    texnologiyasida ishlatilgan aloqa tarmoqlarida signalizatsiya tizimining ishlatish 
    tamoyillari, shu tarmoqdagi tugunlar va stansiyalarda, chaqiriqqa xizmat 
    ko‘rsatishning kommutatsiya va boshqarish tamoyillariga, hamda stansiyalararo 
    ulovchi, liniyalarni tashkil etuvchi texnik vositalarga bog‘liq. 
    Dastur bilan boshqaruvchi raqamli ATS lar paydo bo‘lgunligiga qadar, barcha 
    signallar nutq uzatilgan trakt bo‘yicha uzatilar edi. Bu usul ichki yo‘lakli 
    signalizatsiya deb yuritiladi (in-band). Telefonkanali bo‘yicha o‘zgarmas tok, tonal 
    chastotalar toki ko‘rinishida signallar uzatilishi mumkin. Stansiyalararo ulash 
    liniyalar rivojlangan sari, ASK bo‘yicha signalizatsiya usuli tarqaldi, so‘zlashuv 
    kanali bilan his etish, bu usulning inglizcha Channel associated signaling (CAS) 
    nomi bilan yaxshi aks ettirilgan. 
    Ajratilgan signalli kanallar bo‘lib, IKM traktining 16 vaqt kanalidagi ma’lum 
    bitlar yoki 3825 Gs va boshqa chastotali so‘zlashuv sektoridan tashqaridagi 
    ajratilgan chastota kanali bo‘lishi mumkin. Lekin, istalgan variantda xam 
    signalizatsiyaning so‘zlashuv kanali bilan bevosita bog‘liq bunday ishlatishi, 
    stansiyalararo ulash liniyalarni ishlatish samaradorligi etarlicha bo‘lmaydi. 
    CHaqiriq tushganda kerakli kanallar so‘zlashuv bosh-languncha, oldindan barcha 
    tarmoq bo‘yicha band qilinadi. So‘zlashuvdan oldin bu kanallar orqali nomer 
    raqamlarini uzatish va chaqirilayotgan abonentga chaqiriq signali uzatiladi. SHu 
    bilan birga turli baholarga ko‘ra, chaqiruvlarning 20 – 35 % abonent bandligi, 
    tarmoqning o‘ta zichlanishi yoki abonent chaqiruvga javob bermasligi tufayli 
    so‘zlashuv bilan tugamaydi. SHunday qilib, foydali axborotni uzatish uchun 
    ishlatilishi mumkin bo‘lgan kanal-lar, shu jumladan, tugallanmagan ulanishlarda 
    ham signalizatsiya uchun band etiladi. 
    Telefoniya va telegrafiya bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi (SSITT – 
    Commite Consultatif International Telegraphigue of Telephone), hozirgi elektr 
    aloqa xalqaro ittifoqi telekommunikatsiyani standartlash sektori (ITU-T – 


    International Telecommunications Union Standardization Sector) turli yillarda bir 
    necha xil stansiyalararo signalizatsiya tizimlari uchun standartlar ish-lab chiqdi. 
    Ularning har biriga o‘zining tartib raqami berilgan 1 dan 5 gacha nomerli tizimlar 
    SAS tamoyili bo‘yicha, 6 va 7 sonli tizimlar esa CCS ta-moyili bo‘yicha tuzilgan. 
    1÷5 tizimlarda signallarni liniyaviy va registrliga ajratish mavjud. Ularni uzatish 
    uchun esa, 300÷3400 Gs diapozonidagi chastota yoki diapozondan katta, lekin 4000 
    Gs kichik chastotalar ishlatiladi. YUqorida qayd etilgan signalizatsiya tizimlarini 
    ko‘rib chiqamiz. 

    Download 1.28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 1.28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi

    Download 1.28 Mb.
    Pdf ko'rish