• AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
  • Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent




    Download 493.87 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana16.06.2022
    Hajmi493.87 Kb.
    #23817
      1   2
    Bog'liq
    Миллий кадириятлар
    sALIQ KURSAVOY, Mamatqulova Xusnora, 4-sinf Tab, nazorat ishi 4-sinf kitobcha, CHIZIQLI algebra javobi 2, Sinf rahbar papkasi hujjatlari, sinf rahbari nizomi 2020, maktabda covidda ishlash, Bolalarni ijtimoiy tarbiyalashning ahamiyati va muhim jihatlari, 1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari, 7-mavzu. Hisob – kitob operatsiyalari hisobi (2 soat), ASAR BILAN TANISHTIRISH, 1-Ma\'ruza, 1


     
    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 
    MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
     
    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT 
    TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI 
    RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
     
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT 
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    NUKUS FILIALI
    «Telekommunkatsiya texnologiyalari» ta’lim yo’nalishi 
    1 kurs sirtqi talabasi 
    Tajimuratova Zulxumarning
    Akademik yozuv fanidan 
    Mavzu: «Milliy qadiriyatlar –millat iftixori» 
     
    M U S T A Q I L I S H 
    Qabul qilgan:
    U.Jaqsimova 
    Bajargan:
    Z.Tajimuratova 
     


    «Milliy qadiriyatlar –millat iftixori» 
    Rejasi: 
    1. Qadriyatlar 
    2. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligi 
    3. Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o’rni 
    4. Xulosa 
    5. Foydalanilgan adabiyotlar
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    Mavzu: «Milliy qadiriyatlar –millat iftixori» 


    «Qadriyat» tushunchasi-juda keng tushuncha bo`lib, uning bir qismi-
    ma`naviy 
    qadriyatlardir. 
    Milliy-ma`naviy 
    qadriyatlar-«milliylik», 
    «Ma`naviyat» va «qadriyat» tushunchalari kesishgan nuqtada jamlangan 
    ijtimoiy hodisalarni o`z ichiga oladi.
    «Milliy ma`naviy qadriyatlar» tushunchasiga quyidagicha ta`rif berish 
    mumkin: Muayyan millat vakillari uchun zarur va ahamiyatli, aziz va ardoqli 
    bo`lgan, manfaati va maqsadlariga xizmat qiladigan ma`naviy boyliklar, 
    amallar va tamoyillar, g`oyalar va me`yorlar milliy ma`naviy qadriyatlardir. 
    Har bir xalqning o`zi uchun e`zozli, qimmatli bo`lgan ma`naviy 
    boyliklari bo`ladi. Bular asrlar davomida avloddan-avlodga o`tib kelgan, 
    hozirgi kunda ham o`zining ahamiyati va qadrini yo`qotmagan, shu xalqning 
    iftixor manbaiga aylangan durdonalardir.
    Masalan, qirg`iz xalqi «Manas» dostoni bilan, misrliklar qadimiy 
    piramidalar, frantsuzlar Parijdagi Luvr saroyi, o`zbeklar Samarqandu Buxoro 
    va Xiva bilan haqli ravishda faxrlanadilar. 
    Millat va elatlarning o`ziga xos tarixiy merosi, san`ati va adabiyoti 
    bilan bir qatorda ularning urf-odat va marosimlari, madaniy munosabat va 
    axloqiy fazilatlari ham ma`naviy qadriyatlar tizimiga kiradi. Bular xalqning 
    o`ziga xosligini saqlab qolishda, yosh avlodni tarbiyalashda, shaxsning 
    ijtimoiylashuvida muhim rol o`ynaydi. 
    Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmush tarzida o`ziga 
    xos mezon vazifasini o`taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va 
    holatlarga, yangi paydo bo`layotgan faoliyat turlari va rasm-rusmlarga baho 
    beriladi.
    Yosh avlodning hayotiy mo`ljallari, «zamon qahramoni» haqidagi 
    tasavvurlari ham ma`naviy qadriyatlardan kelib chiqib shakllanadi. Milliy 


    g`oyani ob`ektiv anglashda qadriyatlar va ma`naviyat olamini bilish va uni 
    amaliy o`rganish muhim ahamiyatga ega.
    Har bir qadriyatning mohiyati va ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy 
    olam hodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va ma`naviy 
    taraqqiyotga ta`sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi. 
    Qadriyat turlari: 
    1. Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog`liq bo`lgan qadriyatlar. 
    2. An`analar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo`ladigan axloqiy
    qadriyatlar. 
    3. Insonning aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan
    mehnat malakalari va ko`nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va 
    iste`dodlarida namoyon bo`ladigan qadriyatlar. 
    4. Odamlar o`rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, hayrihohlik,
    hamjihatlikka asoslangan munosabatlarda namoyon bo`ladigan qadriyatlar. 
    5. Kishilarning yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog`lik
    bo`lgan qadriyatlar. 
    Qadriyatlarni xilma-xil shakl va turlarga ajratib o`rganish mumkin: 
    1. Umuminsoniy qadriyatlar. 
    2. Mintaqaviy qadriyatlar. 
    3. Milliy qadriyatlar. 
    4. Diniy qadriyatlar.
    Qadriyat — voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, 
    ijtimoiyaxloqiy, 
    madaniymaʼnaviy 
    ahamiyatini 
    koʻrsatish 
    uchun 
    qoʻllanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan barcha 
    narsalar, mas, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, maʼrifat, haqiqat, 
    yaxshilik, goʻzallik, moddiy va maʼnaviy boyliklar, anʼana, urf-odat va 
    boshqalar qadiriyat hisoblanadi.


    Ijtimoiy fanlarning qaysi sohasida qadiriyatga doir tadqiqot olib 
    borilgan boʻlsa, bu tushunchaga shu jihatdan taʼrif berishga intilishgan. 
    Holbuki qadiriyat aksiologiyaga xos kategoriyadir. qadiriyatni 
    aksiologiya nuqtai nazaridan talqin qilish uni kategoriya sifatidagi mohiyati, 
    mazmuni, obʼyektiv asosi, namoyon boʻlish shakllari va xususiyatlarini 
    oʻrganish imkonini beradi.
    Qadiriyat kategoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qimmatini 
    emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega boʻlgan voqelikning 
    shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar. talab va tartiblar va 
    boshqalarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi.
    Ijtimoiy jarayonlar taʼsirida kishilarning qadryatlar toʻgʻrisidagi 
    qarashlari oʻzgarib boradi. Tarixiy zaruriyatga qarab goh u, goh bu qadiriyat 
    ijtimoiy taraqqiyotning oldingi safiga chiqadi. Mas, yurtni yov bosganida — 
    ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida — istiqlol, urush davrida — 
    tinchlik, 
    tutqunlikda 
    — 
    erkinlik, 
    kasal 
    yoki 
    bemorlikda 
    — 
    sihatsalomatlikning qadri oshib ketadi.
    Qadiriyatlar ijtimoiy tarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida oʻz tarixiy 
    ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga ega. Qadiriyatlar mehnat, ishlab chiqarish 
    sohasidagi faoliyat, insonlar oʻrtasidagi munosabatlar uchun foyda 
    keltiradigan narsalar, hodisalar, xattiharakatlar majmuasi sifatida yuzaga 
    kelib, ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati, xatti harakatini maʼlum 
    yoʻnalishga buradigan, tegishli meʼyorga soladigan maʼnaviy hodisaga 
    aylanadi.
    Qadiriyatlar umumbashariy, milliy, shaxsiy boʻlishi mumkin. Olam, 
    tabiat 
    va 
    jamiyatning 
    eng 
    muhim 
    tomonlarini, 
    qonunqoidalarini, 
    aloqadorliklarini ifodalaydigan qadiriyatlar umumbashariy xususiyatga ega. 
    Bunday qadiriyatlar oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan, abadiy qadiriyatlardir. 


     Muayyan bir elat, millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, 
    madaniyati, maʼnaviyati, urf-odat va anʼanalari, oʻtmishi va kelajagi bilan 
    bogʻliq qadiriyatlar milliy qadiriyatlardir. Inson, uning faoliyati, turmush 
    tarzi, eʼtiqodi, umr maʼnosi, odobi, goʻzalligi bilan bogʻliq qadiriyatlar 
    shaxsiy qadiriyatlardir. Qadiriyatlar komil insonni tarbiyalashda muhim omil 
    boʻlib xizmat qiladi. 
    Bugungi kundagi turli zararli ta’sirlardan saqlanish, har qanday 
    sharoitda ham xalqimizga azaldan xos bo’lgan milliy qiyofa, betakror 
    fazilatlar egasi bo’lib qolishimizda qadimiy an’ana va qadriyatlarimizni 
    asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Yer yuzidagi har bir millat faqat uning o’ziga xos bo’lgan an’ana va 
    qadriyatlari bilan alohida ajralib turadi, tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho 
    boyligi bo’lgan bunday qadriyat va an’analar bir-ikki kunda paydo bo’lib 
    qolmagan. Insoniyatnrng necha ming yillik tarixiy tajribasi shuni 
    ko’rsatadiki, biror-bir narsaning an’anaga, ayniqsa, qadriyatga aylanishi uzoq 
    davrni talab qiladi.
    Yillar, asrlar davomida muayyan qarash, odat, tushuncha, tajribalar 
    zamonlar, avlodlar sinovidan o’tadi, sayqal topib boradi. Agar ular keyingi 
    avlodlar tomonidan ham qabul qilinsa, davom ettirilib, urf-odatga aylansa, 
    demakki, endi ularni milliy an’ana va qadriyat deb atash mumkin bo’ladi. 
    Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar 
    bilan bog’liq qadriyatlar milliy qadriyatlar deyiladi. Milliy qadriyatlar 
    millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan 
    chambarchas bog’liq holda namoyon bo’ladi. 
    O’zbek xalqining asrlardan asrlarga o’tib kelayotgan milliy qadriyatlari 
    ham uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Jumladan, o’zi tug’ilib o’sgan ona 
    yurtiga ehtirom, o’z taqdirini mana shu yurtsiz tasavvur qila olmaslik, o’tgan 
    ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga doimiy hurmat ko’rsatish, har qanday 


    sharoitda ham hayo va andishani saqlash, turmushda poklikka alohida e’tibor 
    berish singari ko’plab fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimiz asosini tashkil 
    etadi. 
    Qadriyatlar tushunchasi nihoyatda xilma-xil ma‘noda turli soxalarda 
    qo’llaniladi. Qadriyatlar to’grisidani fan bu aksiologiyadir. Bu atama ilmiy 
    bilimlar soxasiga o’tgan asrning ikkinchi yarmida nemis aksiologii 
    E.Gertman va frantsuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan.
    Garbda bu atama grekcha «qadriyat» va «fan», «ta‘limot» 
    tushunchalariga asoslanadi. Qadriyatni aksiologik nuqtai–nazardan talqin 
    qilish, uning kategoriya sifatidagi mazmuni, ob‘ektiv asosi va sub‘ektiv 
    jihatlari, namoyon bo’lish shakllari va xususiyatlarini o’rganishga imkon 
    beradi. 
    Qadriyat kategoriyasi buyum yoki narsalarning iqtisodiy qimmatini 
    ifodalaydigan tushunchadan farq qiladi. Qadriyatlar inson uchun biror 
    ahamiyatga ega bo’lgan vokelikning shakllari, narsalar, voqealar, jarayonlar, 
    holatlar, sifatlar, talab va tartiblar qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan 
    kategoriyadir. 
    Ma‘naviy madaniyat yoxud «ma‘naviyat»ning mаg’zini (yadrosini) 
    qadriyatlar tashkil etadi. Qadriyat alloqanday hodisa, voqea yoki narsaning 
    o’ziga xos xususiyati yoki xossasi emas, balki uning mohiyati, o’z navbatida 
    borlikning у yoki bu ob‘ektining yashashi, mavjud bo’lib turishi uchun tom 
    ma‘nodagi zaruriy shartidir.
    Qadriyatlar inson bisotida turli - tuman ehtiyojlarning va his - 
    tuyg’ularning mavjudligidan dalolat beradi, atrofida sodir bo’layotgan 
    voqealarni, hodisalarni turlicha baholashlari uchun zamin yaratadi.
    Chunonchi birovlar uchun o’ta qadrli, o’ta muhim ahamiyatga ega 
    bo’lgan, u yoki bu hodisa, boshqa birovlar uchun qadrsiz, sariq chaqalik 
    ahamiyatsiz bo’lishi mumkin.


    Xuddi шuning uchun ham qadriyatlarni oddiy qilib ijobiy yoki salbiy 
    (ahamiyatsiz, ahamiyat kamroq, qadr-qimmat sezilmaydigan), absalyut va 
    nisbiy, ob‘ektiv va sub‘ektiv qadriyatlarga bo’lish mumkin.
    Mazmuniga qarab mantiqiy, etik, estetik va narsalar qadriyatlariga 
    bo’lish mumkin. Shuningdek, qadriyatlarni haqiqatni, ezgulikni, go’zallikni 
    ulug’lovchi qadriyatlarga ajratish mumkin. 
    Xalqimiz juda qadim paytlardan boshlaboq ko’chmanchilikdan o’troq 
    hayot kechirishga o’tgan, shunday hayot tarziga o’rgangan. Odamlar o’zi 
    o’rnashib qolgan yerni, uning atrofidagi suv manbalarini qadrlashni, asrashni 
    odat qilganlar. Chunki mana shu yer va suv yordamida olinadigan hosil 
    insonlarning rizqi, tirikchiligina muhim manbayi hisoblangan. Bunday o’troq 
    hayot tarzi odamlarni jamoa bo’lib, bir-biriga yelkadosh bo’lib yashashiga, 
    mehnat qilishi mehnat mahsullarini o’zaro ayirboshlash orqali savdo 
    munosabatlari kirishishiga olib kelgan. Shu tariqa qishloq xo’jaligi hamda 
    shahar madaniyati yuksala borgan. Yurtimizda bunyod etilgan Samarqand, 
    Qarshi, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Andijon, Marg’ilon, Termiz va Qo’qon 
    singari o’nlab shaharlarning yoshi ming yillar bilan o’lchanishi ham bejiz 
    emas. 
    Demoqchimizki, xalqimiz o’zi tug’ilib o’sgan yer-zaminga qattiq 
    bog’langan, uni e’zozlashni bolaligidan o’rganib, his qilib o’sadigan millat 
    sanaladi. Demak, xalqimizning o’z yurtiga cheksiz sadoqati, ehtiromi bilan 
    bog’liq milliy an’ana va qadriyatlari uning boy tarixi bilan izohlanadi. Xuddi 
    shuningdek, xalqimizning kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko’rsatish, 
    mehmondo’stlik, yordamga muhtojlarga shafqatli bo’lish, hayo, ibo va mehr-
    oqibat, ahli ayolini — oilasini asrash, maishiy turmushda poklikni yuksak 
    qadrlash singari an’ana va qadriyatlari ham hayotning uzoq sinovlaridan 
    o’tgan o’lmas ma’naviy merosimiz sanaladi. 


    Mustaqillikning dastlabki kunlaridan e’tiboran xalqimizning xotirasini 
    tiklash, qadimgi urf-odat va qadriyatlarini e’zozlash, muqaddas qadamjolarni 
    asl holiga qaytarish yuzasidan chinakam tarixiy ahamiyatga molik ishlar 
    amalga oshirila boshlandi. Ushbu keng ko’lamli jarayon birgina o’zbek 
    millatining tili, dini va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish bilan cheklanib 
    qolmay, balki mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning 
    qadriyatlariga yuksak hurmat ko’rsatish bilan uzviy tarzda olib borilmoqda. 
    Bu esa O’zbekistonni o’zining muqaddas Vatani deb barcha fuqarolarimiz 
    orasidagi o’zaro hurmat, birodarlik, bag’ri kenglik fazilatlarining namoyon 
    bo’lishida, Yurtboshimizning «Shu aziz Vatan barchamizniki» degan ezgu 
    g’oyasi hayotga izchil tatbiq qilinishi muhim ro’l o’ynamoqda. 
    Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy -ma‘naviy 
    taraqqiyotining mahsulidir. Shuning uchun ham qadriyatlarda zamonning 
    ruhi, imkoniyatlari, o’sha zamonda yashagan odamlarning orzu - umidlari, 
    istaklari, atlab va ehtiyojlari o’z ifodasini topadi. 
    Zamonlar o’tishi bilan qadriyatlarning mazmuni va ma‘nosi o’zgarib 
    boradi. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarning tarbiyaviy ahamiyatga 
    baho berganda konkret tarixiy shart - sharoitlarni doimo nazarda tutmoq 
    zarur. 
    Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o’rni, ijtimoiy xarakteriga 
    qarab milliy va umuminsoniy, sinfiy yoki diniy, shuningdek kishilarning 
    yoshi, professional xususiyatlariga xos qadriyatlarga bo’lish mumkin. 
    Insonning qadr - qimmati, sha‘ni, or - nomusi, milliy g’ururi - milliy 
    qadriyatlar bilan bevosita bog’liqadiriyat
    Milliy qadriyatlar, har bir millatning o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, 
    belgilari, alomatlarini ifodalovchi falsafiy tushuncha bo’lib, o’sha millat 
    bosib o’tgan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shakllangan milliy madaniy 
    meros xazinasiga qo’shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Xuddi shu milliy 


    o’ziga xoslik, o’ziga moslik, millat madaniyatida, adabiyotida, san‘atida, 
    tilida, dinida, tarixiy xotirasida, yashash ishlash va fikrlash atrzida, urf-
    odatlarida, rasm - rusumlarida, bayramu - sayillarida o’z ifodasini topadi.
    Milliy qadriyatlar milliy ma‘naviy madaniyat ifodasi bo’lib, har bir 
    millatning insoniylik xazinasiga qo’shgan munosib hissasining hosilasidir. 
    Milliy qadriyatlar, shubhasiz, millatning ravnaqi yoki inqirozi bilan 
    bevosita bog’liq bo’ladi. Boshqacha aytganimizda milliy qadriyatlar 
    millatning o’tmishi va buguni bilan bog’liqadiriyat Shuning uchun ham, 
    «milliy qadriyatlar millat rivojlanishi bilan rivojlanadi, inqirozga uchrashi 
    bilan qadrsizlanadi.
    Shuning uchun ham, millat - o’zining qadriyatlarini vujudga keltirib, 
    ularning yangi - yangi qirralarini va jihatlarini sayqallashtirib, taraqqiyot 
    jarayonida takomillashtirib turishi ma‘nosida o’z qadriyatlarining haqiqiy 
    egasi, makon va zamondagi ilgarilanma harakatdan iborat o’zgarishlar 
    jarayonida ularni o’tmishdan kelajakka atmon yetkazib boradigan eng asosiy 
    ob‘ektdir». 
    Milliy qadriyatlarning negizini urf - odatlar, rasm -rusumlar, bayramu-
    sayillar tashkil etadi. O’zbek milliy qadriyatlari mazmunida insonparvarlik 
    g’oyalari yotadi.
    Uzoq tarix davomida o’zbeklarning o’z aro munosabatlarida, kundalik 
    turmush tarzida o’z aro hamkorlik va hamdardlik, vafodorlik va o’zaro 
    hurmat, biri - biriga suyanish va yaxshi qo’shnichilik, bolajonlik va ota - 
    onaga hurmat, mehr - oqibat va sadoqat har tomonlama e‘zozlanib kelinadi. 
    Milliy qadriyatlar o’sha millatga mansub har bir kishi tomonidan 
    yaratilgan, insoniylik, odamiylikka xos fazilatlar, xislatlar, xosiyatlarni milliy 
    - madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini ifodalovchi buyuk 
    ko’rsatkichdir. 


    Milliy qadriyatlarni tiklash - ularga hozirgi zamonga mos yangi 
    mazmun ato etish demakdir. Xuddi shuning uchun ham, O’zbekiston davlat 
    mustaqilligiga erishishi bilan mamlakatimizga hozirgi zamon civilizaciyasi 
    talablariga javob beruvchi umuminsoniy demokratik Qadriyatlar xalqimiz 
    turmush tarziga kirib kela boshladi.
    Inson haq - huquqlariga rioya qilish, tadbirkorlik erkinligi, matbuot 
    erkinligi, ana shular jumlasidan edi. «Ushbu demokratik qadriyatlar 
    jamiyatimiz uchun muhim ahamiyatga egaligi haqida gapirar ekanmiz, bu 
    qadriyatlar tarixiy jihatdan ham, etnik - madaniy jihatdan ham xalqimizning 
    o’ziga xos xususiyatlariga zid emasligini qayta-qayta ta‘kidlashni istardik». 
    Umuminsoniy demokratik qadriyatlarning eng muhimi - inson haq – 
    huquqlari va erkinliklarini har tomonlama himoya qilishdir. Insoniyat tarixida 
    Buyuk francuz revolyuciyasi (1789) qabul qilgan «Inson va grajdanlar 
    huquqlari dekloratciyasi», 1948 yilning 10 dekabrida BMT Bosh 
    Assambeliyasi tasdiqlagan «Inson huquqlarining eng umumiy dekloratciyasi» 
    - inson haq - huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan tarixiy 
    hujjatlar edi.
    O’zbekiston davlat musatqilligiga erishishi bilan mustabid tuzum 
    sharoitida oyoq osti qilingan inson haq - huquqlari va erkinliklarini tiklash, 
    uni himoya qilishga kirishdi.
    Insonning asosiy xuquqlari va erkinliklari O’zbekiston Respublikasi 
    Asosiy qonuni – Konstituciyaning umumiy qoidalari va olti bobdan iborat 
    ikkinchi bo’limida xuquqiy jihatdan mustahkamlandi. Shuningdek, 
    demokratiya, barqarorlik, oshkoralik, tinchlik, hamkorlik kabi Umuminsoniy 
    qadiriyatlarning rivoj topishi uchun ham imkon yaratildi. 
    Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unlashib borayotganligini, 
    mustaqillik yillarida O’zbekistonda vujudga kelgan - fuqarolarni tinch, totuv 
    yashashga, barqarorlikka intilishida ham yaqqol ko’rish mumkin. 


    Endilikda tinchlik, millatlararo totuvlik, barqarorlik O’zbekistonda 
    yashovchi barcha xalqlarni, millatlarni, elatlarning buyuk ijtimoiy-siyosiy 
    Qadiriyatiga aylanmoqda. Jahon civilizaciyasining talablariga mos tushuvchi 
    bunday qadiriyatlarni shakllanishida va rivojlanishida, kishilar turmush 
    tarzida mustahkam o’rnashib olishida mustaqillik yillarida mamlakatimizda 
    amalga oshirilayotgan bir qator xayrli tadbirlar turtki bermoqda. 


    XULOSA 
    Yuqoridagi fikrlarimizdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi: 
    1. Qadriyat allaqanday hodisa, voqea yoki narsaning o’ziga xos
    xususiyati yoki xossasi emas, balki uning mohiyati, o’z navbatida borlikning u 
    yoki bu ob‘ektining yashashi, mavjud bo’lib turishi uchun tom ma‘nodagi zaruriy 
    shartidir. 
    2. Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o’rni, ijtimoiy xarakteriga qarab 
    milliy va umuminsoniy, sinfiy yoki diniy, shuningdek kishilarning yoshi, 
    professional xususiyatlariga xos qadriyatlarga bo’lish mumkin. 
    3. Milliy qadriyatlar, har bir millatning o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, 
    belgilari, alomatlarini ifodalovchi falsafiy tushuncha bo’lib, o’sha millat bosib 
    o’tgan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shakllangan milliy madaniy meros xazinasiga 
    qo’shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Umuminsoniy qadriyatlar esa barcha millat 
    vakillariga xos bo’lgan qadriyatlarni ifodalaydi. 
    Ma'naviy qadriyatlar ular moddiy bo'lmagan, ruhiy, aqliy, tasavvufiy yoki 
    diniy bilan bog'liq bo'lgan afzal ko'rilgan xatti-harakatlar va e'tiqodlardir. Inson bu 
    qadriyatlarni axloqiy shakllanishni boshlaganda butun hayoti davomida 
    rivojlantiradi, chunki ular madaniyat tomonidan tasdiqlangan yaxshi xulq-atvor va 
    urf-odatlarga aylanadi. 
    Masalan, sezgir, tinch, meditatsion yoki odamlar o'rtasidagi aloqani qadrlash 
    ma'naviy qadriyatlar bo'lishi mumkin; ular moddiy bo'lmagan tushunchalar bo'lib, 
    ular "ruh" bilan bog'liq deb hisoblanadi. 
    Umuman olganda, ma'naviy qadriyatlar odamlarning ma'naviy rivojlanishiga 
    hissa qo'shadigan narsalarga moddiy tekislik bilan hech qanday aloqada 
    bo'lmasdan qaratilgan. 
    Ular insonning shaxsiy amalga oshishi ma'nosida juda ta'sirchan va ularning 
    bir-birlari bilan munosabatlariga ta'sir qiladi. 
    Ma'naviy qadriyatlarning asosiy xususiyati shundaki, ular diniy e'tiqodlar 
    bilan bog'langan va shu ma'noda odamlar va xudo o'rtasida barqaror munosabatlar 


    mavjud bo'lishiga imkon beradi. Ular g'ayritabiiy tekislikda 
    shaxsni 
    takomillashtirishga intilishadi. 
    Qadriyatlar insoniyat tomonidan ming yillar davomida olingan bilimlarning 
    mohiyati va kvintessentsiyasini ifodalaydi. Qadriyatlar insonga doimiy ravishda 
    o'sishi, rivojlanishi va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan bilimlarni beradi. 
    Qadriyatlar bu energiyani yuqori darajadagi shaxsiy ehtiyojlarga 
    yo'naltiradigan ma'naviy qobiliyatlardir. Sizga 100 ta insoniy qadriyatlarning 
    ushbu ro'yxati ham qiziqishi mumkin. 

    Download 493.87 Kb.
      1   2




    Download 493.87 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent

    Download 493.87 Kb.
    Pdf ko'rish