Yashirish bo‘yicha barcha PKlar 1- VLANga birlashtirildi.
Biz rejalashtirgan tarmoqni
yig‘ish uchun kommutatorda yana ikkita VLANlarni (2 va 3) yaoatamiz. Buning uchun imtiyozli
rejimda konfiguratsiyalash rejimiga o‘tish uchun quyidagi komandani bajaring:
Switch#conf t
3- rasm. VLAN2ni shakllantirish uchun komandalar listingi
Endi VLAN 2 komandasini kiritamiz. Bu komanda bilan siz kommutatorda 2
raqamli
VLANni yaratasiz. Switch (config)# kiritish ko‘rsatkichi Switch (config-vlan)# ko‘rsatkichga
almashtiriladi, bu siz butun kommutatorni emas, balki
faqat bitta VLANni, bu holda 2 raqamli
VLANni konfiguratsiyalashingizni bildiradi (3- rasm).
VLAN2
komandasi orqali, biz kommutatorda yangi 2 raqamli VLANni yaratamiz.
name subnet_5 komandasi 2 raqamli virtual tarmoq subnet_5 nomini tayinlaydi. interface
range fast Ethernet 0/1-3 komandasini bajarish bilan biz kommutatorning fastEthernet 0/1,
fastEthernet 0/2 va fastEthernet 0/3 interfeyslarini konfiguratsiyalashga o‘tamiz. Bu
komandadagi range so‘zi biz bitt port emas, balki portlar diapazonini konfiguratsiyalashimizni
bildiradi.
switch port mode access komandasi kommutatorning tanlangan
portini ulanish porti
(access port) sifatida konfiguratsiyalaydi. switch port access vlan 2 komandasi bu port 2 raqamli
VLAN uchun port ekanligini ko‘rsatadi.
exit komandasini ikki marta bosish bilan konfiguratsiyalash rejimidan chiqing va
sh vl
br komandasini bajarish bilan konfiguratsiyalash natijasini ko‘rib chiqing (3.2- rasm). Ko‘rib
turibmizki, kommutatorda 2 raqamli va subnet_5 nomli VLAN paydo bo‘ldi,
uning ulanish
portlari fastEthernet 0/1, fastEthernet 0/2 va fastEthernet 0/3 hisoblanadi.