• 1.5-TOPSHIRIQ Cisco Packet Tracer dasturida WAN tarmoqlarini loyihalash. 1. Ishning maqsadi
  • 2. Qisqa nazariy ma’lumotlar
  • Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi




    Download 1,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/27
    Sana06.12.2023
    Hajmi1,98 Mb.
    #112069
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
    Bog'liq
    Farxidinova Dildora77

    4. Hisobot tarkibi: 
    Hisobotda quyidagilar keltirilishi lozim: 
    - Ishning nomi va maqsadi. 
    - Ishni bajarilganligini ko’rsatuvchi “screen shot” lar. 
    - Ishning natijasi. 
    Topshiriq
     
    4. Cisco Packet Tracer dasturida VLAN tarmoqlarini qurish. 
     

     
     


    1.5-TOPSHIRIQ 
    Cisco Packet Tracer dasturida WAN tarmoqlarini loyihalash.
     
    1. Ishning maqsadi: 
    Ushbu laboratoriya ishi quyidagilar uchun mo‘lallangan: 
    - Ma’lumot uzatish tarmoqlarida WAN tarmoqlarni loyihalash
    - Ma’lumot uzatish tarmoqlarida WAN tarmoqlarni qurish; 
    - EIGRP masofa-vektor marshrutizatsiya protokolini sozlashni o‘rganish. 
    2. Qisqa nazariy ma’lumotlar: 
    Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart internet protokoli (IP) orqali 
    maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. 
    Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar 
    yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini 
    minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron 
    pochta, chat hamda 
    oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak 
    toʻriservislaridan tashkil topadi. 
    Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi 
    butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim 
    kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil 
    etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda 
    isteʼmolchilarga ma'lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum 
    boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. 
    koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi. 
    Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa 
    departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, 
    bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib 
    borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti 
    urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga 
    yangi qoʻshimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri va 
    70-yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro tarmoq
    asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. 
    Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning 
    oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi. 

    Download 1,98 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




    Download 1,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi

    Download 1,98 Mb.
    Pdf ko'rish