158
Tizim va axborot egalari. Tizim va axborot
egalarining vazifasi,
asosan, axborot tizimlari uchun ishlab chiqilgan rejalar va siyosatlarni
monitoringlab borish bo‘lib, quyidagi javobgarliklarni o‘z ichiga oladi:
– sozlanishlarni boshqarish jarayoniga bog‘liq barcha
muzokaralarda ishtirok etish;
– axborot texnologiyalari komponentlari
qaydlarini saqlash;
– axborot tizimlarida barcha o‘zgarishlarni va ularning ta’sirlarini
tadqiqlash;
– barcha tizimlar uchun xavfsizlik holati bo‘yicha hisobotlarni
tayyorlash;
– axborot tizimlarini himoyalash uchun zarur bo‘lgan xavfsizlik
nazoratini
yangilab borish;
– doimiy ravishda xavfsizlikka oid hujjatlarni yangilab borish;
– mavjud xavfsizlik nazoratining samaradorligini ta’minlash
bo‘yicha tekshirish va baholash.
Biznes va funksional menejerlar. Mazkur lavozim egalari
tashkilotdagi barcha boshqaruv jarayonlarini madadlash uchun javobgar
va bu vazifani bajarishlarida tashkilot rahbariyati tomonidan qo‘llab
quvvatlanadi. Funksional menejeri turlari:
– rivojlantirish jamoasi menejeri;
–
savdo menejeri;
– mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi menejer.
AT xavfsizlik dasturi menedjerlari va kompyuter xavfsizligi bo‘limi
direktori. Ushbu lavozim egalari tizimni himoyalashda xavfsizlik
nazoratini tanlash orqali axborot tizimi egalarini qo‘llab quvvatlaydi.
AT xavfsizlik amaliyotchilari. AT xavfsizlik amaliyotchilari
tashkilotda shaxsiy, fizik va axborot xavfsizligini amalga
oshirib
quyidagilarga javobgardirlar:
– tashkilotda xavfsizlikning yaxshiroq usullarini yaratish;
– tashkilot standartlariga to‘liq mos keluvchi usullarni
ishlab
chiqish;
– risklarni boshqarish va biznesni rejalashtirish uchun tashkilot
xavfsizlik yondashuvlarini tekshirish;
– xavfsizlik insidentlarini
tutish va qaydlash;
– tashkilotda xavfsizlik uchun rol va javobgarliklarni belgilash;
– tashkilotdagi barcha xavfsizlik o‘lchovlarini nazoratlash.
Xavfsizlik bo‘yicha murabbiy. Xavfsizlik bo‘yicha murabbiy
tashkilotda tayyorgarlik va o‘quv kurslarini amalga oshiradi. Bu
159
vazifaning, odatda, soha mutaxassislari tomonidan bajarilishi
tavsiya
etiladi.