170
-
nazorat qiymati: nazorat qiymati ma’lumotlar bloki yaxlitligini
tekshirish funksiyasini amalga oshirishda bloklash funksiyasidan
foydalanadi. Disk buzilganida nazorat
qiymati xatolikni tuzatish
funksiyasi yordamida ma’lumotlarni tiklashga harakat qiladi.
RAID tizimlari sathga bog‘liq holda o‘ziga xos afzalliklar va
kamchiliklarga ega.
RAID tizimlarining afzalliklari:
Unumdorlik va ishonchlilik: RAID texnologiyasi disklarda
ma’lumotlarni o‘qish va yozish unumdorligini oshiradi. Ushbu
texnologiya IO jarayonini taqsimlash orqali unumdorlikni yaxshilaydi va
jarayon tezligi, yagona diskda ma’lumotlarni
saqlashga qaraganda,
yuqori bo‘ladi.
Xatolikni nazoratlash: buzilgan diskda saqlangan ma’lumotlarni
qolgan diskdagi ma’lumotlar bilan taqqoslash orqali ularni tiklashni yoki
tuzatishni amalga oshiradi.
Ma’lumotlar ortiqchaligi (ma’lumotlarni nusxalash): diskning
buzilishi istalgan vaqtda yuzaga kelishi mumkin. RAID texnologiyasi
qurilma buzilganida ma’lumotlarni nusxalash orqali uning qayta
tiklanishini ta’minlaydi.
Disklarni navbatlanishi: ma’lumotlarni o‘qish/
yozish
unumdorligini oshiradi. Ma’lumotlar kichik bo‘laklarga bo‘linib, bir
qancha disklar bo‘ylab tarqatiladi. RAID tizimida ma’lumotlarni o‘qish
va yozish bir vaqtda bajariladi.
Tizimning ishlash davomiyligi: ushbu o‘lchov kompyuterning
ishonchligini va barqarorligini belgilaydi. Tizimning ishlash davomiyligi
tizimning avtomatik ishlash vaqtini belgilaydi.
RAID tizimlarining kamchiliklari:
Tarmoq drayverlarini yozish: RAID texnologiyasi asosan
serverlarda foydalanish uchun loyihalangani bois, uning
asosiy
kamchiligi - barcha tarmoq drayverlarini yozish.
Mos kelmaslik: tizimlar turli RAID drayverlarini madadlaydi.
Muayyan apparat yoki dasturiy komponent serverda sozlangan RAID
tizimi bilan mos kelmasligi mumkin. Mos kelmaslik RAID tizimining
o‘z vazifasini to‘g‘ri amalga oshirilmasligiga olib kelishi mumkin.
Ma’lumotlarning yo‘qolishi: RAID drayverlari mexanik
muammolar tufayli o‘z funksiyalarini bajara olmasliklari mumkin.
Disklar ketma-ket buzilishga uchraganida ma’lumotlarning yo‘qolishi
xavfi ortadi.
171
Qayta tiklashning uzoq vaqti: katta hajmli disklardan foydalanish
ma’lumotlarni uzatish tezligini ortishiga olib keladi. Biroq, katta hajmli
disklarda ma’lumotlarni tiklash va buzilgan disklarni
qayta sozlash uzoq
vaqt talab etadi.
Narxining yuqoriligi: RAID texnologiyasini amalga oshirish
iqtisodiy jihatdan katta mablag‘ni talab etadi. Bundan tashqari, tizim
ishini yaxshilash uchun qo‘shimcha RAID kontrollerlarini va qurilma
drayverlarini sotib olish talab etiladi.
Mos RAID sathini tanlash tashkilot zaruriyatidan kelib chiqqan
holda va har bir sathning taqdim qilayotgan imkoniyatlariga asoslanishi
zarur. RAID sathini tanlashda ularni xususiyatlariga ham e’tibor berish
talab etiladi (6.1-jadval).
6.1-jadval