167
Tashkilotlarda ma’lumotlar yo‘qolishi
moliyaviy tomondan va
mijozlarga aloqador holda ta’sir qilishi bilan xarakterlansa, shaxsiy
kompyuterda esa shaxsiy fayllarni, rasmlarni va boshqa qimmatli
ma’lumotlarni yo‘qolishiga sababchi bo‘ladi.
Ma’lumotlarni yo‘qolishiga quyidagilar sababchi bo‘lishi mumkin:
-
Inson xatosi: qasddan yoki tasodifan ma’lumotlarning o‘chirib
yuborilishi, ma’lumotlarni saqlash vositasini to‘g‘ri joylashtirilmaganligi
yoki ma’lumotlar bazasini xatolik bilan boshqarilganligi.
-
G‘arazli hatti-harakatlar: tashkilotdagi muhim ma’lumotlarning
modifikatsiyalanishi yoki o‘g‘irlanishi.
-
Tabiiy sabablar: energiyaning o‘chishi, dasturiy ta’minotning
tasodifiy o‘zgarishi yoki qurilmaning zararlanishi.
-
Tabiy ofatlar: zilzila, yong‘in va h.
Tashkilotda yoki shaxsiy kompyuterda ma’lumotlarni zaxira
nusxalash quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
- muhim ma’lumotlardan yo‘qolgan
va zararlangan taqdirda ham
foydalanish;
- tashkilotlarni o‘z faoliyatining to‘xtatilishidan himoyalash va
ma’lumotlarni ixtiyoriy vaqtda tiklash;
- tashkilotdagi yo‘qolgan ma’lumotlarni tiklash.
Ma’lumotlarni zaxira nusxalashning ideal strategiyasi ma’lumotni
to‘g‘ri tanlashdan boshlab, to ma’lumotni kafolatli tiklash jarayonigacha
bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Turli tashkilotlarda zaxira
nusxalash farq qilsada, ma’lumotlarni
zaxira nusxalashdan oldin
quyidagi hususiyatlarga e’tibor qaratish muhim hisoblanadi:
- ma’lumotlarni zaxira nusxalash strategiyasi ixtiyoriy tashqi
qurilmalardan ma’lumotlarni tiklash imkoniyatiga ega bo‘lishi shart.
Ushbu qurilmalarga misol sifatida serverlar, host mashinalar, noutbuklar
va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
- agar tabiiy ofat natijasida ma’lumot yo‘qolsa, zaxira nusxalash
strategiyasi faqat chekli sondagi insidentlarga qarshi himoya bilan
cheklanmasligi zarur. Tabiiy ofat yuz bergan taqdirda ham strategiya
o‘zida ma’lumotlarni tiklash usullarini mujassamlashtirishi shart;
- strategiya dastlabki bosqichlarda ma’lumotlarni
qayta tiklash
uchun muhim qadamlardan iborat bo‘lishi kerak;
- zaxira nusxalash narxining qimmat bo‘lmasligi tashkilot uchun
moliyaviy madad hisoblanadi;
168
- inson tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni tezlik
bilan oldini olish uchun ma’lumotlarni zaxira nusxalash avtomatik
tarzda amalga oshirilishi kerak.
Tashkilotlarda zaxira nusxalarni saqlovchilarni tanlash umumiy
muammolardan biri
hisoblanib, mos bo‘lmagan zaxira saqlovchi
vositaning tanlanishi ma’lumotlarning sirqib chiqishiga olib kelishi
mumkin. Zaxira nusxalar saqlanuvchi vositalarni tanlash saqlanuvchi
ma’lumotlarning turiga bog‘liq va quyidagi omillarga asoslanadi:
-
Narx: har bir tashkilot o‘zining byudjetiga mos zaxira nusxalash
vositasiga ega bo‘lishi shart. Saqlanuvchi ma’lumotlar hajmidan katta
hajmga ega vositalarga ega bo‘lish ortiqcha sarf xarajatni keltirib
chiqaradi.
-
Ishonchlilik:
tashkilotlar o‘z ma’lumotlarini
buzilishsiz
ishlaydigan zaxira saqlash vositalarida saqlanishiga erishishlari kerak.
-
Tezlik:
tashkilotlar zaxira nusxalash jarayonida inson
aralashuvini imkoni boricha kam talab etadigan saqlash vositalarini
tanlashlari kerak.
-
Foydalanuvchanlik:
ma’lumot yo‘qolganidan yoki
zararlanganidan so‘ng zaxira nusxalash vositasidan foydalanishda
muammolar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, tashkilotlar zaxira
nusxalash vositalarining doimo foydalanishga yaroqli bo‘lishiga e’tibor
qaratishlari kerak.
-
Qulaylik: tashkilot foydalanish uchun qulay zaxira nusxalash
vositasini tanlashi shart. Bu, o‘z navbatida, zaxira nusxalash jarayonida
moslashuvchanlikni ta’minlashda muhim hisoblanadi.
Hozirda ma’lumotlarni zaxira nusxalarini
saqlashda quyidagi
vositalardan foydalanilmoqda:
Optik disklar (DVD, Blu-ray). DVD disklar 8.55 GBaytgacha
ma’lumotlarni saqlash imkoniyatiga ega bo‘lib, ularda faqat o‘qish
imkoniyati mavjud. Ushbu ma’lumot saqlagichlarining afzalligi
narxining pastligi va foydalanishdagi qulayligi bilan asoslansa, katta
hajmdagi ma’lumotlarni saqlay olmasligi uning kamchiligi hisoblanadi.
Ko‘chma qattiq disklar/ USB xotiralar. Ko‘chma qattiq disklar
DVD, Blu-ray disklarga qaraganda kichikroq hajmli zaxira
ma’lumotlarini saqlash uchun yaxshi vosita hisoblanadi. Flesh disklar
esa turli o‘lchamli bo‘lib, katta hajmdagi ma’lumotlarni ham saqlash
imkoniyatiga ega. Qattiq disklardan foydalanishning yana bir varianti –
RAID (Redundant Array of Independent Disks) hisoblanadi.
169
Lentali disklar. Lentali disklar ma’lumotlarni
zaxira saqlash uchun
eng mos saqlagichlar bo‘lib, tashkilot sathida ma’lumotni zaxira
nusxalashni amalga oshiradi. Ushbu saqlagichlardan ma’lumotlarni va
dasturlarni saqlash uchun foydalaniladi. Ushbu zaxira saqlagichi olib
yurish uchun qulay, foydalanuvchi ishtirokini talab etmaydi va to‘liq
avtomatlashgan tarzda amalga oshiriladi. Uning asosiy kamchiligi oddiy
foydalanuvchilar uchun qimmatligi va oddiy kompyuterlardan
foydalanishi uchun qo‘shimcha apparat va dasturiy vositani talab qilishi.