O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-
XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
“KOMPYUTER INJINERINGI” FAKULTETI
2-BOSQICH
TT-14-22 (s) GURUH TALABASINING
‘‘Kibrxavfsizlik asoslari ” fanidan
3-MUSTAQIL ISHI
Bajardi:
Shomurodov Shahboz
3-topshiriq
1-mavzu:Axborotni ruxsatsiz foydalanishlardan himoyalash.
Annotatsiya: AHQKT ob’еktlarda axborot xavfsizligini ko’p sonli mumkin bo’lgan
xavflardan himoya qilish uchun yaratiladi. U yoki bu xavfni blokirovkalash uchun
himoya qilishning usullarini va vositalarini ma’lum bir to’plami ishlatiladi. Ularning
ba’zi birlari axborotni bir vaqtning o’zida bir nеchta xavflardan himoya qiladi.
Usullarning ichida univеrsal usullar ham mavjuddir, ular istalgan himoya qilish
tizimi uchun asosiy hisoblanadi. Bu axborotni himoya qilishning huquqiy
usullaridir, bu ixtiyoriy vazifali himoya qilish tizimini rasmiy ravishda kurishni va
ishlatishni asosi bo’lib xizmat qiladi; bu tashkiliy usullardir, ular odatda bir nеchta
xavflarni bartaraf (qaytarish) etish uchun ishlatiladi; bu tеxnik usullardir, ular
tashkiliy va tеxnik tadbirlarga asoslangan holda ko’pchilik xavflardan axborotlarni
himoya qiladi.
|