-mavzu: Kiberjinoyat va kiberhuquq




Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/19
Sana26.12.2023
Hajmi1,12 Mb.
#128368
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

4-mavzu: Kiberjinoyat va kiberhuquq. 
Kiberjinoyat — kompyuter va tarmoqning birgalikdagi aloqasi ostida sodir etiluvchi 
jinoyat turi. Kompyuter jinoyat paytida maqsadli yoʻnaltirilgan qurol vazifasini 
bajarib beradi. Kiberjinoyat kimningdir xavfsizligi va moliyaviy saviyasiga zarar 
yetkazishi maqsadida osodir etiladi. 
Maxfiy maʼlumotlar qonuniy tarzda himoyalangan holatda yuz beruvchi 
kiberjinoyatlar bilan bogʻliq koʻpgina jinoyatlar mavjud. Xalqaro miqyosda hukumat 
ham, nodavlat ham subyektlar kiberjinoyatlar, jumladan, josuslik, moliyaviy 
oʻgʻirlik va boshqa transchegaraviy jinoyatlar bilan shugʻullanadi. Xalqaro 
chegaralarni kesib oʻtuvchi va kamida bitta milliy davlatning xatti-harakatlarini oʻz 
ichiga olgan kiberjinoyatlar baʼzan kiberurush deb ataladi. Uorren Baffet 
kiberjinoyatni „insoniyatning birinchi raqamli muammosi’’ deb taʼriflaydi va 
„insoniyat uchun real xavf tugʻdiradi“, deya qoʻshimcha qilib oʻtadi.
2014-yilda chop etilgan hisobotda (McAfee homiyligida) jahon iqtisodiyotiga 
yetkazilgan yillik zarar 445 milliard dollarni tashkil qilgan. Cybersecurity Ventures 
tomonidan 2016-yilgi hisobotda kiberjinoyatlar natijasida yetkazilgan global zararlar 
2021-yilga kelib yiliga 6 trillion dollargacha, 2025-yilga kelib esa 10,5 trillion 
dollargacha koʻtarilishi bashorat qilingan edi.
2012-yilda AQShda onlayn kredit va debet kartalaridagi firibgarlik oqibatida taxminan 
1,5 milliard dollar yoʻqotilgan
]
2018-yilda Strategik va xalqaro tadqiqotlar 
markazi (CSIS) tomonidan McAfee bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadqiqot shuni 
koʻrsatadiki, har yili global YaIMning qariyb bir foizi, yaʼni 600 milliard dollarga yaqini 
kiberjinoyatlar tufayli yoʻqoladi. Jahon Iqtisodiy Forumi 2020 Global Risk hisobotida 
uyushgan kiberjinoyatlar idoralari jinoiy faoliyatni onlayn qilish uchun kuchlarni 
birlashtirayotganini tasdiqladi, shu bilan birga ularning aniqlash va jinoiy 
javobgarlikka tortilish ehtimoli AQShda 1 foizdan kamroqni tashkil qiladi.

Download 1,12 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish