• 4. Qanday dasturlar o’rnatayotganingizga ehtiyot va e’tiborli bo’lish kerak
  • 5. Biriktirmalardan foydalanishda ehtiyot bo’lish
  •  Administrator huquqiga ega bo’lmagan akkauntdan foydalanish




    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/19
    Sana26.12.2023
    Hajmi1,12 Mb.
    #128368
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
    Bog'liq
    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    3. Administrator huquqiga ega bo’lmagan akkauntdan foydalanish 
    Administrator akkaunti ostida yuklab olingan zararli dastur qurilmangiz va undagi 
    maʼlumotlar uchun yanada zararlidir. Kompyuteringizda cheklangan imtiyozlarga ega 
    foydalanuvchi akkauntini yaratib va kundalik vazifalar uchun undan foydalanganingiz 
    ma’qul. Cheklangan imtiyozga ega akkauntga kirganingizda, zararli dastur 
    qurilmangizga kirish yo’lini topishi va tizim bo’yicha o’zgartirishlar kiritishi ancha qiyin 
    bo’ladi. 
    4. Qanday dasturlar o’rnatayotganingizga ehtiyot va e’tiborli bo’lish kerak 
    Ko’p zararli dasturlar shubhali dasturiy ta’minot to’plami ichida bo’lishi yoki haqiqiy 
    ilovalarning «qaroqchilik» versiyalariga joylashtirilgan bo’lishi mumkin. 
    Kompyuteringizga zararli dasturlarni yuqtirishning eng ishonchli yo’llaridan biri unga 
    «qaroqchilik»(litsenziyasiz) dasturlarini o’rnatishdir. Agar sizga ma’lum bir dasturiy 
    ta’minot juda ham kerak bo’lsa, lekin uni sotib olishga imkoningiz bo’lmasa, yodda 
    tuting, deyarli barcha yirik dasturiy mahsulotlarning bepul muqobil versiyalari 
    (alternativ versiyalari) mavjud. Ko’pincha, muqobil versiyalardagi ko’plab funksiyalar 
    cheklangan bo’lsa-da, ular vazifangizni bajarish uchun yetarli bo’ladi. Iloji bo’lsa, har 
    doim xususiy tijorat mahsulotlaridan ko’ra ochiq kodli dasturiy ta’minotni tanlang. 
    Ilovalarni faqat rasmiy ilovalar do’konlari orqali yuklab oling. Agar siz biror ilovani 
    birinchi marta o’rnatayotgan bo’lsangiz va u haqida ma’lumotingiz bo’lmasa, uning 


    qanchalik ishonchliligini aniqlash uchun boshqa foydalanuvchilarning fikrlari bilan 
    tanishishingiz to’g’ri bo’ladi. 
    Qurilmalaringizga oʻrnatilgan barcha ilovalarni muntazam ravishda qayta koʻrib 
    chiqishni odat qiling. Keraksiz ilovalarni o’chirib tashlang. 
    5. Biriktirmalardan foydalanishda ehtiyot bo’lish 
    Notanish yoki siz toʻliq ishonmaydigan shaxslar tomonidan yuborilgan elektron 
    pochta xabarlari, ijtimoiy media yoki sms xabarlaridagi biriktirmalarni hech qachon 
    yuklab olmasligingiz yoki ochmasligingiz kerak. Bu raqamli xavfsizlikning eng asosiy 
    qoidalaridan biridir. Firibgarlar va jinoyatchilar, zararli dasturlar bilan zararlangan 
    Word, Excel, PowerPoint va PDF fayllarini qo’llashni ko’proq afzal ko’radilar. Agar 
    elektron pochta yoki ma’lum bir boshqa turdagi xabar sizga g’alati yoki shubhali 
    ko’rinsa, buning eng yaxshi yechimi uni darhol o’chirishdir. 
    Hatto, siz tanigan va ishongan odamlarning elektron pochta akkauntlari buzib kirilgan 
    bo’lishi ham mumkinligini unutmang. Shuning uchun, agar siz ulardan biriktirmali 
    kutilmagan xabar olsangiz, uni ochishdan oldin sizga xabarni yuborgan tanishingiz 
    bilan bog’langaningiz ma’qul. 

    Download 1,12 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Administrator huquqiga ega bo’lmagan akkauntdan foydalanish

    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish