kalitning o’zi ishlatiladi. Demak, shifrlash kalitidan foydalanish xuquqiga ega bo’lgan
har qanday odam axborotni rasshifrovka qilishi mumkin. SHu sababli, simmetrik
kriptotizimlar mahfiy kalitli kriptotizimlar deb yuritiladi. Ya’ni
shifrlash kalitidan faqat
axborot atalgan odamgina foydalana olishi mumkin
Elektron xujjatlarni uzatishning konfidentsialligini simmetrik kriptotizim yordamida
ta’minlash masalasi shifrlash kaliti konfidentsialligini ta’minlashga keltiriladi. Odatda,
shifrlash kaliti ma’lumotlar fayli va massividan iborat bo’ladi va shaxsiy kalit
eltuvchisidan masalan, disketda yoki smart-kartada saqlanadi. SHaxsiy
kalit eltuvchisi
egasidan boshqa odamlarning foydalanishiga qarshi choralar ko’rilishi shart.
Simmetrik shifrlash axborotni "o’zi uchun", masalan, egasi yo’qligida undan ruxsatsiz
foydalanishni oldini olish maqsadida, shifrlashda juda qulay xisoblanadi. Bu
tanlangan fayllarni arxivli shifrlash va butun bir mantiqiy yoki fizik disklarni
shaffof(avtomatik) shifrlash bo’lishi mumkin.
Simmetrik shifrlashning noqulayligi - axborot almashinuvi boshlanmasdan oldin
barcha adresatlar bilan maxfiy kalitlar bilan ayirboshlash zaruriyatidir. Simmetrik
kriptotizimda maxfiy kalitni aloqaning umumfoydalanuvchi kanallari orqali uzatish
mumkin emas. Maxfiy kalit jo’natuvchiga va qabul qiluvchiga kalitlar tarqatiluvchi
himoyalangan kanallar orqali uzatilishi kerak.
Mono- va ko’p alifboli o’rniga qo’yishlar (
podstanovkalar).
Bir xil alifbodan foydalangan holda ochiq matnni boshqa matnga murakkab yoki qiyin
qoida bo’yicha almashtirish o’rniga qo’yish hisoblanadi. Yuqori kriptobardoshlilikni
ta’minlash uchun katta kalitlardan foydalanishga to’g’ri keladi.
O’rin almashtirishlar (
perestanovkalar)
Bu ham uncha murakkab bo’lmagan kriptografik akslantirish hisoblanadi,
odatda
boshqa usullar bilan birgalikda foydalaniladi.
Gamma qo’shish (
Gammalash)
Bu usulda kalit asosida generatsiya qilinadigan psevdotasodifiy sonlar ketma-ketligi
ochiq matn ustiga qo’yiladi.
Blokli shifrlar shifrlanadigan matn blokiga qo’llaniladigan asosiy akslantirish usullarini
(mumkin bo’lgan takrorlashlar va navbatlar bilan) tasvirlaydi. Blokli shifrlar yuqori
kriptobardoshlilikka ega ekanligidan amalda u yoki bu sinf akslantirishidan ko’proq
uchraydi. Amerika va Rossiyaning shifrlash standartlari aynan shu sinf shifrlariga
asoslangan.
Axborotni nosimmetrik algoritmlar asosida kriptografik ximoyalash tamoyillari
Asimmetrik kriptotizimlarda axborotni shifrlashda va rasshifrovka qilishda turli
kalitlardan foydalaniladi:
- ochiq kalit K axborotni shifrlashda ishlatiladi, maxfiy kalit k dan hisoblab chiqariladi;
- maxfiy
kalit k , uning jufti bo’lgan ochiq kalit yordamida shifrlangan axborotni
rasshifrovka qilishda ishlatiladi.
Maxfiy va ochiq kalitlar juft-juft generatsiyalanadi. Maxfiy kalit egasida qolishi va uni
ruxsatsiz foydalanishdan ishonchli ximoyalash zarur (simmetrik algoritmdagi shifrlash
kalitiga o’xshab). Ochiq kalitning nusxalari maxfiy kalit egasi axborot almashinadigan
kriptografik tarmoq abonentlarining har birida bo’lishi shart.
Asimmetrik kriptotizimda shifrlangan axborotni uzatish quyidagicha amalga
oshiriladi:
1. Tayyorgarlik bosqichi:
- abonent V juft kalitni generatsiyalaydi:
maxfiy kalit k
V
va ochiq kalit K
V
;
- ochiq kalit K
V
abonent A ga va qolgan abonentlarga jo’natiladi.
2. A va V abonentlar o’rtasida axborot almashish:
- abonent A abonent Vning ochiq kaliti K
V
yordamida axborotni shifrlaydi va
shifrmatnni abonent Vga jo’natadi;
- abonent V o’zining maxfiy
kaliti k
V
yordamida axborotni rasshifrovka qiladi. Hech
kim (shu jumladan abonent A ham) ushbu axborotni rasshifrovka qilaolmaydi, chunki
abonent Vning mahfiy kaliti unda yo’q.
Asimmetrik kriptotizimda axborotni ximoyalash axborot qabul qiluvchi kaliti k
V
ning
mahfiyligiga asoslangan.
Asimmetrik kriptotizimlarning asosiy hususiyatlari quyidagilar:
1. Ochiq kalitni va shifr matnni himoyalangan kanal orqali jo’natish mumkin, ya’ni
niyati buzuq odamga ular ma’lum bo’lishi mumkin.
2. SHifrlash Ye
V
: M ► C va rasshifrovka qilish D
B
: S ► M algoritmlari ochiq.
Shifrlash standartlari. Kriptografik kalitlarni boshqarish. Xeshlash funktsiyasi