• Elektron raqamli imzo
  • Alifbo – axborot belgilarini kodlash uchun foydalaniladigan chekli to’plam. Matn




    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/19
    Sana26.12.2023
    Hajmi1,12 Mb.
    #128368
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
    Bog'liq
    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    Alifbo – axborot belgilarini kodlash uchun foydalaniladigan chekli to’plam.
    Matn – alifbo elementlarining tartiblangan to’plami.
    Zamonaviy ATlarida qo’llaniladigan alifbolarga misol sifatida quyidagilarni keltirish 
    mumkin:
    * Z
    33
    alifbosi – rus alifbosining 32 harflari va bo’sh joy belgisi;
    * Z
    256
    alifbosi – ASCII va KOI-8 standart kodlariga kiruvchi belgilar;
    * Binar alifbo - Z
    2
    ={0, 1}
    * Sakkizlik yoki o’n oltilik alifbolar.
    SHifrlash – akslantirish jarayoni: ochiq matn deb ham nomlanadigan matn 
    shifrmatnga almashtiriladi. Deshifrlash – shifrlashga teskari jarayon. Kalit asosida 
    shifrmatn ochiq matnga akslantiriladi.
    Kalit – matnni shifrlash va shifrini ochish uchun kerakli axborot.
    Kriptografik tizim – ochiq matnni akslantirishning T oilasini o’zida mujassamlashtiradi. 
    Bu oila a’zolari k bilan indekslanadi yoki belgilanadi. k parametr kalit hisoblanadi. K 
    kalitlar fazosi – bu kalitning mumkin bo’lgan qiymatlari to’plami. Odatda kalit alifbo 
    harflari ketma-ketligidan iborat bo’ladi.
    Kriptotizimlar simmetrik va ochiq kalitli tizimlarga bo’linadi.
    Simmetrik kriptotizimlarda shifrlash va shifrni ochish uchun bitta va aynan shu 
    kalitdan foydalaniladi.
    Ochiq kalitli kriptotizimlarda bir-biriga matematik usullar bilan bog’langan ochiq va 
    yopiq kalitlardan foydalaniladi. Axborot ochiq kalit yordamida shifrlanadi, ochiq kalit 
    barchaga oshkor qilingan bo’ladi, shifrni ochish esa faqat yopiq kalit yordamida 
    amalga oshiriladi, yopiq kalit faqat qabul qiluvchigagina ma’lum.
    Kalitlarni tarqatish va kalitlarni boshqarish terminlari axborotni akslantirish tizimlari 
    jarayoniga tegishli. Bu iboralarning mohiyati foydalanuvchilar o’rasida kalit yaratish 
    va tarqatishdir.
    Elektron raqamli imzo deb – xabar muallifi va tarkibini aniqlash maqsadida 
    shifrmatnga qo’shilgan qo’shimchaga aytiladi (elektron xujjatdagi mazkur elektron 
    xujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan xolda maxsus 
    o’zgartirish natijasida xosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti 
    yordamida elektron xujjatdagi axborotda xatolik yo’qligini aniqlash va elektron 
    raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan 
    imzo).
    Kriptobardoshlilik deb kalitlarni bilmasdan shifrni ochishga bardoshlilikni aniqlovchi 
    shifrlash tavsifiga aytiladi.
    Kriptobardoshlilikning bir necha ko’rsatkichlari bo’lib, ular:
    · barcha mumkin bo’lgan kalitlar soni;
    · kriptoanaliz uchun zarur bo’lgan o’rtacha vaqt.
    Tk akslantirish unga mos keluvchi algoritm va k kalit qiymati bilan aniqlanadi. 
    Axborotni himoyalash maqsadida samarali shifrlash kalitni yashirin saqlashga va 
    shifrning kriptobardoshliligiga bog’liq.



    Download 1,12 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Alifbo – axborot belgilarini kodlash uchun foydalaniladigan chekli to’plam. Matn

    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish