• Antivirus dasturlari
  • AVP Control Center oynasi quyidagi bolimlardan iborat
  • Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al




    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/19
    Sana26.12.2023
    Hajmi1,12 Mb.
    #128368
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
    Bog'liq
    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    Qattiq diskni tekshirish
    Kompyuterni harid qilgach, uning vinchesterida nima borligini tekshirish darkor. 
    Endigina sotib olingan kompyuter vinchesteridagi barcha dasturlariga xuddi yangidek 
    qarash kerak. Shuning uchun, yangi olingan mashina vinchesterini testdan o'tkazing, 
    shuningdek, hamma disketalarni virusdan detektor-dasturlar bilan tekshiring. 
    Vinchesterni testdan o'tkazish chog'ida, albatta, yozuvdan saqlangan, toza sistema 
    disketalari yordamida yuklanadi.
    Himoyalashning o'ziga xos usullari: Disketaning normal holati - uning yozuvdan 
    himoyalangan holatidir. Himoya faqat axborotni yozish chog'ida olinishi kerak. Faqat 
    yozishdan himoyalangan disketalarni ishlatib, antivirus dasturlari, sistemali 
    disketalarni ko'ngil to'q bo'lishi uchun ehtiyot qilib saqlash joiz. Axborotlarni tiklash: 
    Shuni ta'kidlash kerakki, "zaralangan" axborotlarni eng qiyin vaziyatlarda ham tiklash 
    mumkin. Biroq viruslar "zararlagan" fayllarni tiklash sistema dasturchilaridan yuksak 
    mahorat talab etadi. Ko'pincha qutqarish mumkin bo'lgan fayl yoki ma'lumotlar 
    sistemali bloklarni formatlash jarayonida shikast yeydi, bunda axborotning yo'qolib 
    ketish ehtimoli ham bor.
    Antivirus dasturlari Kompyuterdagi ma'lumotlar va dasturlar ma'lum virus dasturi 
    tomonidan o'chirilib yuborilishi yoki shikastlanishi mumkin. Virus-dasturlari 
    dasturchilar tomonidan tajriba uchun yoki yomon niyatlarda yaratilib, asosan ular 
    quyidagi vositalar orqali Sizning kompyuteringizga kirishi mumkin: - noma'lum 
    disketadagi ma'lumotlarni o'qish natijasida (hujjat, o'yin va boshqalar); - internet 
    tarmog'idan ba'zi xil dasturlarni yuklash natijasida; - elektron-pochta orqali; - lokal 
    tarmoq orqali; - noqonuniy ko'chirilgan va tarqatilayotgan dasturlardan foydalanish 
    oqibatida;
    Virus dasturlari asosan Assembler dasturlash tilida tuziladi va ular salbiy ta'siri 


    bo'yicha bir nechta guruhga bo'linadi: 1. Sodda viruslar - operativ xotirani band qilib, 
    kompyuterning ishlashi sekinlashtiradi. 2. Maxsus "stels" viruslari, ular joylashishini 
    o'zgartirib turadi va ularni topish ancha murakkab. 3. Ma'lumotlarga o'zgartirish 
    kiritadigan viruslar. 4. Ma'lumotlarni o'chiradigan viruslar. 5. Foydalanuvchining 
    ayrim bir (mahfiy) ma'lumotlarini Internet tarmog'i orqali virusni yaratgan shaxsga 
    yuboradigan viruslar.
    Antivirus dasturlar AQSh, Kanada, Rossiyaning bir qator firmalari tomonidan ishlab 
    chiqarilmokda. Antivirus dasturlar rezident va norezident turlarga bo'linadi: rezident 
    antivirus dasturi kompyuter yoqilganidan o'chirilguncha qadar operativ xotira, aktiv 
    (joriy) dasturlarni, fayllarni virusga tekshirib turadi. Rezident antivirus dasturi o'zining 
    ishini foydalanuvchiga bildirmasdan olib boradi, faqat ayrim hollarda 
    foydalanuvchidan virusi mavjud faylni davolashga ruxsat so'raydi. Norezident 
    antivirus dasturlar esa faqat foydalanuvchining o'zi ko'rsatgan joylarni va belgilangan 
    vaqtda tekshiradi va davolaydi. Hozirgi kunda quyidagi antivirus dasturlar keng 
    tarqalgan: 1. DrWeb for DOS; 2. DrWeb for Windows; 3. Antiviral Tool Kit Pro; 4. AVP 
    Platinium; 5. Norton Antivirus; 6. McAfee; 7. Aidstest;
    Amerika Qo'shma Shtatlarida antivirus dasturlaridan Symentec kompaniyasining 
    Norton Antivirus va Network Associates kompaniyasinig McAfee dasturlari keng 
    tarqalgan. Rossiya, O'zbekistonda yuqorida ko'rsatilgan antivirus dasturlar bilan 
    birgalikda Rossiya Federasiyasida ishlab chiqarilgan Doctor Web va AVP antivirus 
    dasturlar kompleksi qo'llaniladi. 2005 yilning yakuni bo'yicha Kasperskiy 
    laboratoriyasining AVP antivirus kompleksi eng yaxshi dastur sifatida tan olingan. U 
    modullardan iborat bo'lib, har bir modulni yangilash imkoni mavjud, ya'ni dasturni 
    butunlay o'zgartirmasdan yangi versiyasiga almashtirish mumkin. AVP kompleksi 
    quyidagi modullardan tashkil topgan: - AVP Control Center - AVP ning boshqarish 
    markazi. - AVP Scanner (AVP Skaner) - tashqi xotirani viruslardan tozalash uchun 
    xizmat qiladi. - AVP Monitor (AVP Monitor) - kompyuterga tarmoq orqali yoki boshqa 
    usullar bilan kirib kelayotgan ma'lumotlardagi va birinchi navbatda kompyuterning 
    tezkor xotirasidagi viruslarni topish uchun xizmat qiladi. - AVP Updates (AVP 
    yangilash) - dasturni yangi viruslarning namunalari bilan to'ldirish uchun xizmat 
    qiladi.
    AVP Control Center AVP Control Center - boshqaruv moduli bo'lib antivirus 
    kompleksining ishlash rejimlari, tekshiruv parametrlari, usullari, tekshiruvni boshlash 
    vaqti, yangilash vaqtini belgilab beradi. Odatda, AVP kompleksi o'rnatilganidan keyin 
    AVP boshqaruv paneli Windows bilan birgalikda ishga tushadi. Bu holda masalalar 
    satrining o'ng burchagida uning belgisi paydo bo'ladi. Uni ishga tushirish uchun 
    Pusk/Programmi/AntiViral Toolkit Pro/AVP Control Center ni tanlash kerak. Natijada 
    ekranda uning oynasi hosil bo'ladi. AVP Control Center oynasi quyidagi bo'limlardan 
    iborat: - Components - antivirus kompleksiga kiruvchi modullar ro'yxati, versiyalari va 
    oxirgi yangilanish sanasi - Tasks - bajariladigan vazifalar ro'yxati; - Report - hisobotlar 
    bo'limi; - Password - AVP Control Center dasturini yuklashga va chiqib ketishga parol 


    o'rnatish. Kerakli o'zgartirishlar kiritilganidan keyin OK tugmasi chertiladi. 
    O'zgartirishlarni bekor qilib chiqish uchun "Cancel" tugmasi bosiladi. 

    Download 1,12 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al

    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish