• Ohirgi ikkitasini Vankey Doodle ham deb atashadi.
  • Fayl viruslarini sinflarga ajratish




    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/19
    Sana26.12.2023
    Hajmi1,12 Mb.
    #128368
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    Fayl viruslarini sinflarga ajratish.
    Fayl viruslari kompyuterlarda keng tarqalgan viruslar. Ular barcha viruslarning 
    tahminan 80% ini tashkil etadi. Bu toifa kompyuter viruslari juda chidamli bo'lib, o'z 
    vaqtida ehtiyot chorasi ko'rilmasa, haqiqiy epidemiyaga aylanadi. Masalan, RCE-1813 
    yoki Ierusalem (Quddus), Black Friday (qora juma) va boshqa o'ta xavfli viruslardir.
    Ko'pchilik tarqalgan fayl viruslari shtammlarga ega, ular baza versiyalaridan uncha 
    farq qilmaydi. Shuning uchun fayl viruslarini quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin: - 
    Vena guruhi. Uning birinchi S-648 deb nomlanuvchi vakili Venada topilgan; - 
    CASCADE guruhi. RC-1701 deb nomlanuvchi birinchi vakili 1988 yil o'rtalarida 
    topilgan; - Quddus guruhi. RCE-1813 deb nomlanuvchi uning birinchi vakili 1987 
    yilning oxirida Quddus universitetida topildi; - TR viruslar guruhi - mazkur viruslar, 
    taxminlarga ko'ra, Bolgariyada ishlab chiqilgan. O'z navbatida bu guruh uch kichik 
    guruhga bo'linadi. VACSINE, "musiqali qayta yuklash" va "o'z-o'zini yeb qo'yuvchilar".
    Ohirgi ikkitasini Vankey Doodle ham deb atashadi.
    - Datacrime. Bu guruh vakillari joriy yilning 12 oktyabrida faollashadi va A, V, C, D 
    disklarda 8 sektorni ishdan chiqaradilar. - Avenger guruhi. RCE-1800, RCE-1000 deb 
    nomlanuvchi mazkur guruh katta zararlash imkoniyatiga ega. U nafaqat fayllarni 
    bajarish chog'ida, balki uni o'qish va ochish vaqtida ham zararlaydi. Bundan tashqari
    bu toifadagi viruslar davriy ravishda sektorlardagi fayl va katologlarni yo'qotadi. 
    Vinchesterga matn xabarlarini yozadi. - Island guruhi (Icelandic). Shu yerda ta'kidlash 
    kerakki, Datacrime va island guruhiga mansub viruslar hozircha bizning 
    mamlakatimizda yo'q.
    Boot viruslari fayl viruslaridan tubdan farq qiladi. Boot viruslarining soni fayl 
    viruslariga qaraganda ancha kam va shuningdek, ular sekinroq tarqaladi.
    Fayl viruslari kabi ko'p tarqalgan Boot viruslari ham shtammlarga ega. Hozirgi vaqtda 
    ushbu viruslarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: - Italiya guruhi. "Bxl-1S-a" deb 
    nomlanuvchi uning birinchi vakili 1987 yilning oxirida paydo bo'ldi; - Pokiston guruhi. 
    Bu guruhga Vgat 86 va Brain 88 viruslari kiradi. Birinchi vakili Vgat 86 Pokistonning 
    Lahor shaxrida 1986 yil topilgan.
    Buzish darajasi bo'yicha viruslarni shartli ravishda ikki turga -"illyuzion" va "vandallar" 
    ga bo'lish mumkin. "Illyuzion" guruh qandaydir yoqimli musiqa sadosi yoki namoyish 
    orqali virusni yuqtiradi.
    "Vandal" so'zining o'zbekcha lug'aviy ma'nosi - madaniy yodgorliklarni harob etuvchi
    xuddi shunday "vandallar" dasturni harob qiladi. Bu toifa viruslar yopiq holatda 


    fayllarni bildirmasdan ishdan chiqaradi. Tabiiyki, ham fayl tizimini, ham yuklash 
    (Boot) cektoriga zarar yetkazuvchi viruslar ham mavjud.

    Download 1,12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish