• Ma’lumotlar tuzilmalari
  • “Ma’lumotlarning fizik tuzilmalari”
  • So’z – bir vaqtning o’zida qayta ishlanishi mumkin bo’lgan minimal sondagi  bitdir.  3. Ma’lumotlar tuzilmalarining klassifikatsiyasi




    Download 0.57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/5
    Sana29.11.2022
    Hajmi0.57 Mb.
    #32270
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Kitob 1659 uzsmart.uz
    Finland , Registrlar va ularning turlari, vazifalari, tasnifi Reja
    So’z – bir vaqtning o’zida qayta ishlanishi mumkin bo’lgan minimal sondagi 
    bitdir. 
    3. Ma’lumotlar tuzilmalarining klassifikatsiyasi. 
    O’zining mazmuni va murakkabligidan qat’iy nazar barcha ma’lumotlar 
    kompyuter xotirasida ikkilik razryadlari yoki bitlar ketma-ketligida tasvirlanadi
    demak ularni olgan qiymatlari ham mos ravishda ikkilik sonlardan iborat bo’ladi. 
    Bitlar ketma-ketligi shaklidagi ma’lumotlar juda oddiy tashkil qilingan yoki 
    boshqacha aytganda kuchsiz tuzilmalashtirilgan bo’ladi. Murakkab ma’lumotlarni 
    bitlar ketma-ketligi terminlarida talqin qilish juda noqulaydir. Ixtiyoriy 
    ma’lumotlarni tashkil qilish uchun bit sonog’iga ko’ra ma’noli va yirikroq bo’lgan 
    “qurilish bloklari”- “ma’lumotlar tuzilmalari” tushunchasi asosida hosil qilinadi. 
    Ma’lumotlar tuzilmalari deb umumiy xolda ma’lumotlar elementlarini to’plami 
    va ular orasidagi bog’lanishlar to’plamiga aytiladi. Ma’lumotlar tuzilmalarining 
    bunday ta’rifi ma’lumotlar tuzilmalariga barcha mumkin bo’lgan kirib borishlarni 
    qamrab oladi, ammo har bir aniq masala uchun u yoki bu aspektlar qo’llaniladi. 
    SHu maqsadda ma’lumotlar tuzilmalariga qo’shimcha klassifikatsiya kiritilgan 
    bo’lib, yo’nalishlariga ko’ra ularni ko’rib chiqishning turli aspektlariga mos keladi. 
    Aniq bir ma’lumotlar tuzilmalarini o’rganishdan avval, ularga bir necha 
    xususiyatlariga ko’ra umumiy klassifikatsiya beramiz.
    To’g’ridan to’g’ri 
    murojat qidiruvchi МТ 
    Tashqi xotiradagi MT 
    Saqlash sxemasi 
    Ketma-ket qidiruvchi 
    МТ 
    Indeksli ketma-ket 
    murojat qidiruvchi 
    МТ 
    Fizik blok 


    “Ma’lumotlarning fizik tuzilmalari” tushunchasi mashina xotirasida 
    ma’lumotlarni fizik tasvirlash usullarini aks ettiradi va yana saqlash tuzilmasi, 
    ichki tuzilma yoki xotira tuzilmasi deb ataladi. 
    Ma’lumotlar tuzilmalarini mashina xotirasidan tashqari tasvirlash abstrakt yoki 
    mantiqiy tuzilma deb ataladi. Umumiy xolda mantiqiy tuzilma va unga mos 
    ravishdagi fizik tuzilma orasida farqlanish mavjud bo’lib, uning darajasi 
    tuzilmaning o’zidan va u aniqlanishi kerak bo’lgan muhitga bog’liq bo’ladi. 
    Hozirda mantiqiy tuzilmalar fizik tuzilma ko’rinishida va aksincha fizik tuzilmani 
    mantiqiy ko’rinishda tasvirlovchi protseduralar mavjud. Ushbu protseduralar 
    yordamida fizik tuzilmalarga kirib bori shva ular ustida amallar bajarish mumkin. 
    Tuzilmalar oddiy (bazaviy, primitiv) va integrallashgan(strukturlashgan, 
    murakkab, yig’ma) tuzilmalarga bo’linadi. Oddiy tuzilmalar deb bit tarkibiy 
    qismlargacha bo’lina oladigan tuzilmalarga aytiladi. Ma’lumotlarning fizik 
    tuzilmalari nuqtai nazari bilan qaralsa, berilgan odddiy tuzilmalarning o’lchovi va 
    uni xotiraga joylashtirish tuzilmasi ushbu mashina arxitekturasida yoki dasturlash 
    tizimida qanday bo’lishini oldinda qayta olish mumkin. Ma’lumotlar tuzilmalarini 
    mantiqiy nuqtai nazariga ko’ra oddiy tuzilmalar bo’linmas birliklar hisoblanadilar. 
    Intigrirlashtirilmagan tuzilmalar deb tarkibiy qismlarioddiy yoki o’z navbatida 
    intigrirlashgan ma’lumotlar tuzilmalariga aytiladi. Intigrirlashtirilgan ma’lumotlar 
    tuzilmalari dasturchi tomonidan dastur tillaridagi ma’lumotlarni integratsiya 
    vositalarini qo’llagan xolda quriladi. Ma’lumotlar elementlari orasidagi 
    bog’lanishlarni yaqqol mavjudligi yoki ularni yo’qligiga qarab ma’lumotlar 
    tuzilmalari bog’lanmagan (vektorlar, massivlar, satrlar, steklar, navbatlar) va 
    bog’langan (bog’langan ro’yxatlar) ko’rinishida bo’ladilar. 
    Ma’lumotlar tuzilmalarining muhim belgisi – uning o’zgaruvchanligielementlar 
    sonini va ular orasidagi bog’lanishlarni o’zgarib turishidir. O’zgaruvchanlik 
    belgisiga ko’ra ma’lumotlar tuzilmalari statistik, yarimstatistik va dinamik 
    tuzilmalarga bo’linadilar. 1.1. rasmda ma’lumotlar tuzilmalari o’zgaruvchanligi 
    belgisiga ko’ra klassifikatsiyasi keltirilgan. Ma’lumotlar tuzilmalarining bazaviy, 
    statistik, yarimstatistik va dinamik ko’rinishlari tezkor xotiraga xos bo’ladi va 


    ularni tezkor tuzilmalar deb ataydilar. Fayl tuzilmalari esa tashqi xotira 
    ma’lumotlari tuzilmalariga mos keladilar. 

    Download 0.57 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0.57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    So’z – bir vaqtning o’zida qayta ishlanishi mumkin bo’lgan minimal sondagi  bitdir.  3. Ma’lumotlar tuzilmalarining klassifikatsiyasi

    Download 0.57 Mb.
    Pdf ko'rish