82
Image – ushbu xossada komponentaga
rasm joylashtiriladi, buning uchun ushbu
xossaning o’ng tomonida 3 ta nuqta joylashgan
va shu tugmachani bir marta
bossangiz dialog oynasi hosil bo’ladi va siz kerakli rasmni topib uni ochishing lozim
bo’ladi.
ImageLocation – ushbu xossada tanlangan rasm turgan joy adresi orqali chaqirib
olish imkoniga ega bo’lamiz.
Picturebox komponentasi ko’rinishi quyidagicha:
83
Picturebox komponentasiga misol keltirib o’tamiz:
Textbox komponentasiga kiritilgan adres orqali rasmni yuklab oluvchi dastur.
Dasturning kodi quyidagicha:
private
: System::
Void
button1_Click(System::
Object
^
sender
, System::
EventArgs
^
e
)
{
this
->pictureBox1->ImageLocation=
this
->textBox1->Text;
this
->pictureBox1->Load();
}
Size Mode – Ushbu xossa orqali PictureBox komponentasiga
yuklangan rasmning
ko’rinishlarini o’zgartirishimiz mumkin. Ko’rinishlarni quyidagi elementlar orqali
o’zgartirish imkoni mavjud:
Normal - Rasmni chap va yuqori o’ng burchakdan joylashtiradi.
Bunda rasm
o’lchami Picturebox komponentasining o’lchamiga mos kelmaydi.
StretchImage – bunda rasm o’lchami Picturebox komponentasining o’lchamiga
to’liq mos tushadi va ushbu komponentaning chegaralarini to’liq qoplagan
xolda tanlangan rasmni komponenta ichiga to’liq joylaydi.
AutoSize – Tanlangan rasm o’lchami piksellarda to’liq
tushadi va
komponentaning o’lchami xam rasm o’lchami bilan bir xil bo’ladi. Agarda
rasmning o’lchami juda kata bo’lsa, unda u Form oynasiga sig’may
qolishi
xam mumkin.
CenterImage – bunda tanlangan rasmni o’z o’lchamida tashlaydi va rasmni
picturebox komponentasining o’rtasiga tashlaydi.
84
Zoom – bunda tanlangan rasm o’lchami picturebox o’lchamiga moslashtiriladi
va komponentaning chegaralarini to’liq qoplamasligi mumkin.