78
Items – ContextMenuStrip menyusidagi konteynerlarning barchasini xossalarini
shu joydan ko’rish imkoni mavjud va u quyidagi rasmda keltirib o’tilgan.
ListView komponentasi
Ushbu komponenta yordamida biz dasturga xisobot tayyorlashimiz mumkin.
ListView oynasining ko’rinishi quy idagicha.
ListView komponentasi asosan dasturning o’zida
hisobot tayyorlash uchun
ishlatiladi. Xisobotning ko’rinishini esa dasturchining o’zi loyihalaydi.
ListView komponentasining columns xossasini ichiga kirganimizda unga ustun
qo’shish imkoni mavjud va shu ustunlarga ismini yozib qo’yishimiz mumkin.
ListViewning View xossasiga Details ni faol qilib qo’yilsa,
undagi ustunlar
dasturda yaqqol namoyon bo’ladi.
79
ListViewning Items xossasi boshqa xossalardan ancha farq qilib,
unda asosan,
ustunlarga tushadiga ma’lumotlarni kirizish imkonini yaratadi.
ListViewGroup xossasida ListViewning elementlarini guruxlashimiz mumkin.
Listbox komponentasi
Listbox komponentasi komponentalar ro’yhatida All Windows forms panelida
joylashgan. Ushbu komponentaning xossalari quyidagilar:
SelectedIndex- Listbox komponentasining tanlangan
elemntlaridan birinchi
elementining indeksini faollashtiradi
Listboxning Count xossasida satrlar bilan ishlash uchun ishlatiladi. Count ustida bir
qancha amallar bajarishimiz mumkin.
Count xossasida add() ro’yxatning oxiriga element qo’shish
Insert() ro’yxat ichiga element joylash
Clear() ro’yxatning barcha elementlarini o’chirish.
Remove() ro’yxatdan tanlangan elementni o’chirish
Datasource- Tayyor ma’lumotlar tuzilmasi bilan ishlash.
Bunda listbox
komponentasining jadvali datasourcening jadvali bilan to’ldiriladi.
Items – komponentaning elementi va uning faqat ko’rishdan tashqari o’zgartirish
imkoni ham mavjud.
Uni o’zgartirish uchun asosan komponentaning ustida sichqonchaning tugmasini ikki
marta bosish orqali source oynasiga o’tamiz va yacheykani ajratib olishimiz uchun
quyidagi kodni yozamiz:
String ^it= ListBox1->Items[i]->ToString();
Bu yerda i- satrning nomeri. U 0 dan boshlanadi.