80
Tajriba ishi №13
Mavzu: Combobox, Picturebox, Timer va Progressbar komponentalari
Ishni bajarishdan maqsad: Visual Studio 2012 muhitida C++ dasturlash tilida
Combobox, Picturebox, Timer va Progressbar
komponentalarining xossa va
hodisalari bilan tanishish.
Nazariy qism:
Combobox komponentasi
Combobox komponentasi All Windows Forms komponentalar ro’yxatida
joylashgan. Bu komponenta textbox komponentasiga juda o’xshash bo’lib
undan
farqi shundaki uning o’ng tomonida pastga strelka ko’rinishi
mavjud va bu strelka
faollashtirilsa, pastda ro’yxat mavjud bo’ladi. Comboboxning ko’rinishi quyidagicha:
Combobox komponentasining ko’p funksiyalari
allaqachon bizga tanish chunki,
oldingi komponentalarda xam ushbu xossalarni ko’rib o’tganmiz.
Comboboxning asosiy xossasi bo’lmish
Items xossasi quyidagicha:
Items – Combobox Ustunlarni xosil qilish uchun foydalanish mumkin bo’lgan xossa,
unga element qo’shish uchun har bir satrga bittadan
elementlarni yozish kerak,
shundagina u satrlar ko’rinishida ekranda namoyon bo’ladi
va u tanlansa,
Comboboxning matniga satr faollashadi.
Combobox komponentasining barcha xossalari quyidagilardan iborat:
81
Dropdown style – bu xossa comboboxning ko’rinishini o’zgartirishi mumkin, uning 3
xil ko’rinishi mavjud.
Simple – Uning ko’rinishi textbox ko’rinishiga o’xshab qoladi va uning textiga
yozilgan narsa faol bo’ladi va items xossasi ishlamaydi.
Dropdown – bu ko’rinishda o’ng tomondagi strelka faol bo’ladi
va items
xossasidagi elementlarni ushbu comboboxda namoyon qilib beradi.
Dropdownlist – Bunda listbox xossassiga o’xshab qoladi.
Dropdownwidth va Dropdownheight – bu xossalar pastga tushuvchi ro’yxatning enini
va bo’yini o’lchamlarini ishlatish uchun kerak bo’ladi.