Elektronika va nanoelektronika rivojining istiqbollari




Download 346,19 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana14.05.2024
Hajmi346,19 Kb.
#232951
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Zohid2 M

Elektronika va nanoelektronika rivojining istiqbollari.
Insoniyat madaniyatining rivojlanishi yangi materiallarni o‘zlashtirish 
bilan bog‘liq. Yog‘och va tosh – odam o‘zlashtirgan birinchi materiallar 
hisoblanadi. Bu materiallardan qilingan mehnat va ov qilish qurollari 


yovvoyi ibtidoiy jamoadagi odamga tirik qolishning samarali imkonini 
berdi.
So‘ngra odamlar mis va bronzani yeritishni o‘rgandilar. Mehnat va ov 
qilish qurollari mukammallashib bordi va odam atrof-muhitning 
“xo‘jayini” bo‘lib oldi. Temirni o‘zlashtirish esa odamzotga sanoatni 
yaratish va rivojlantirishiga, o‘zining taraqqiyotida ulkan sakrash 
qilishiga olib keldi.
Elektronikaning yutuqlari zamona odamlarining turmush tarzini 
butunlay o‘zgartirib yubordi. Biz hozirgi hayotimizni uyali telefonlar, 
kompyuterlar, televizorlar va h.larsiz tasavvur eta olmaymiz. 
Elektronikaning rivojlanishi odamlarning yangi material – kremniyni 
o‘zlashtirishlari natijasida yuz berdi.
Materiallarni olishning yangi usullarini o‘ylab topib va rivojlantirib 
odamlar texnologiyalar yaratdilar. “Texnologiya” so‘zi yunoncha 
“techne”- san’at, mohirlik, ustalik va “logos”- fan so‘zlariidan kelib 
chiqqan.
Quyidagi ta’rifni berish mumkin: texnologiya – mahsulotni 
ishlabchiqarish jarayonida xom ashyo YOKI materialni qayta ishlash
tayyorlash, holatini, xossalarini, shaklini o‘zgartirishning vosita va 
usullarining to‘plami. Bolta YOKI kompyuterni tayyorlash uchun 
texnologiyaga –dastlabki materialni qayta ishlash va ulardan tayyor 
mahsulotni olish vositalari va usullariga yega bo‘lish kerak . 
Texnologiya moddiy mahsulot olish uchun materiyaning dastlabki 
holatini YOKI sifatini o‘zgartiradi. Texnologiyaning
vazifasi insonning olam va tabiat haqidagi bilimlarini odamlar uchun 


zarur va foydali bo‘lgan moddiy mahsulotga aylantirishdan iborat.
Materiallarga ishlov berish va mahsulot tayyorlash jarayonida inson 
geometrik o‘lchashlariturlicha bo‘lgan materiallarni o‘zlashtiradi. 
Makroskopik (“makro” - katta) ob’ektlar deb, odam qurollanmagan 
ko‘zi bilan ko‘rishi mumkin bo‘lgan ob’ektlarni ataladi. Minglab yillar 
davomida insoniyat turmushda va texnikada katta miqdordagi 
atomlardan tashkil topgan makroskopik jismlardan, u yo bolta, yo 
avialayner bo‘lsin, foydalanib keldi. Daraxt, stol, odam, fil va 
hakozolarning VAmasi makroskopik olam ob’ektlaridir.
Piyola, arra, avtomobil va h. larni tayyorlash texnologiyalari 
makroskopik olam texnologiyalaridir.
Optik mikroskop kashf etilgandan so‘ng odam o‘zi uchun mikroolam
ob’ektlarini kashf yetdi.
Mikroskopik (“mikro”- kichik) ob’ektlar deb, o‘lchashlari1 – 100 mkm 
oralig‘ida bo‘lgan ob’ektlarga aytiladi. Mikro qo‘shimchasi biror 
narsaning milliondan bir qismini bildirishini yeslatib o‘tamiz. 1mkm.li 
uzunlik birligi 10
-6
m YOKI 0, 0001sm.ga teng. Biologik hujayra, qon 
yeritrotsiti va h. lar mikroolam ob’ektlari hisoblanadilar. Mikroolam 
texnologiyalariga misol qilib elektronli mikrosxemalar olishni, genni 
o‘zgartirishni keltirish mumkin.
Nanometrli deb, o‘lchashlari1dan – 100nm.gacha bo‘lgan ob’ektlarni 
aytiladi. Nano (yunoncha nanos-karlik, gnom, mitti) qo‘shimchasi biror 
birlikning milliarddan bir (10
-9
) ulushini anglatadi. Masalan, nanometr 
M M N 7 metrning milliarddan bir qismi (1nm=10
-9
m). Tushuntirish 
sifatida quyida keltirilgan rasmda tabiiy va sun’iy olam ob’ektlarining 
o‘lchashlarilogarifmik masshtabda ko‘rsatilgan.



Download 346,19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 346,19 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektronika va nanoelektronika rivojining istiqbollari

Download 346,19 Kb.
Pdf ko'rish