• Bajaruvchi: Abdullayev.Z Tekshiruvchi: Urinov.J
  • Integral mikrosxemalar (IMS)larning yaratilish tarixi
  • Texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi




    Download 346,19 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/9
    Sana14.05.2024
    Hajmi346,19 Kb.
    #232951
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Zohid2 M



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT 
    TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI 
    RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
    UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    “Elektronika va sxemalar 2”
     
     
    Mustaqil ish-№1 
     
     
     
     
     
     
     
     
     

     
    Samarqand-2024
     
    Bajaruvchi: Abdullayev.Z 
    Tekshiruvchi: Urinov.J


     
    Elektronika va sxemalar 2 fani, mazmuni va usullari.
    Reja:
    1.
    Integral mikrosxemalar (IMS)larning yaratilish tarixi
    2.
    Elektronika rivojlanish bosqichlari va istiqbollari.
    3.
    Nanoelektronika haqida tushunchalar. Nanotranzistorlar.
    4.
    Elektronika va nanoelektronika rivojining istiqbollari.
    Integral mikrosxemalar (IMS)larning yaratilish tarixi
    Elektrotexnika va ayniqsa elektronika rivojlanib borar ekan, integral 
    mikrosxemalarning ixtiro qilinishi zamonning inkor etib bo‘lmas jiddiy 
    talabiga aylanib bordi. Deyarli bir vaqtning o‘zida bir-biridan bexabar 
    ikki muhandis ixtirochi - Jek Sent-Kler Kilbi (1923-2005) va Robert 
    Norton Noys (1927-1990) integral mikrosxemani ixtiro qilishgan. 
    Mutaxassislar integral mikrosxemalarni qisqartirib IMS deb yuritishadi. 
    IMS bu - juda kichik o‘lcVAga keltirilgan elektr zanjiri bo‘lib, u turli xil 
    yarimo‘tkazgichlarni qo‘llash asosida tayyorlanadi. Ba'zan IMSni 


    oddiygina qilib mikrochip VA deyiladi. Shunday IMS-mikrochiplar 
    hozirgi kunda deyarli barcha turdagi elektron uskunalarda - oddiy choy 
    qaynatuvchi elektr choynakdan tortib, murakkab kosmik apparatlarda 
    VA keng qo‘llanilmoqda.
    IMSlarda yarimo‘tkazgichlarning o‘tkazuvchanlik xususiyatini elektr 
    maydoni orqali boshqariladi. Monolit IMSlarning ixtiro qilinishi esa, 
    avvallari alohida-alohida tayyorlangan va sxemalarda VA alohida 
    joylashtirilgan elementlar - tranzistorlar, qarshilik, kondensator va ho 
    kazolarni, yarimo‘tkazgich materialdan tayyorlangan bitta kristall 
    mikrochipga favqulodda juda kichik ixcVA o‘lcVAlarda joylashtirish 
    imkonini berdi. Boz ustiga, sxemalarni qo‘lda yig‘ishdan ko‘ra, IMSni 
    avtomatik yig‘ilishi - juda tezkor va samarali jarayon bo‘lib, bu o‘z 
    navbatida elektron sxemalarning ishonchliligini orttirish bilan birga, 
    ularning tannarxini VA pasayishiga olib keldi. IMSni fotolitografiya, 
    ya'ni, trafaret bo‘yicha kerakli geometrik shakllarni kremniyli asosga 
    quyish orqali tayyorlanadi. IMS juda ixcVA bo‘lgani tufayli, undagi 
    tashkiliy elementlarning oraliq masofasi VA juda-juda qisqa bo‘ladi. Bu 
    esa elektr zanjirida yig‘ilgan mantiqning tezkor bajarilishini ta'minlaydi.
    Jek Kilbi o‘zining IMSini 1958-yilda ixtiro qilgan. Robert Noys esa 
    undan yarim yil keyin o‘z IMSini yasab namoyish qilgan. 
    Yarimo‘tkazgich sifatida Noys IMSida kremniy elementi qo‘llangan 
    bo‘lsa, bu maqsad uchun Kilbi germaniy elementidan foydalangan. 
    Zamonaviy IMSlarning ixcVAligi Kilbi va Noys chiplaridan bir necha 
    marta kichrayib, ishlash tezligi VA ulardan chandon ortib ketgan. 
    Xususan, hozirda pochta markasi o‘lcVAidek keladigan mitti mikrochip-
    IMS ichida milliardlab tranzistorlar bo‘ladi.


    IMSlar ixtiro qilinganidan keyin elektronika va mikroelektronika sohasi 
    shu darajada katta shiddat bilan rivojlanib ketdiki, uning har bir keyingi 
    ilg‘or qadamlari fan-texnika sohasida navbatdagi inqiloblarni yasab 
    bordi. Xususan, biz bilgan va eng yaqin yordamchimizga aylangan 
    kompyuterlar va boshqa istalgan elektron qurilma va uskunalar VA 
    aynan IMSlarning taraqqiyoti tufayli shu darajaga yetib kelgan. Eng 
    qizig‘i esa, IMSlar qanchalik murakkablashib, ixcVAlashib borishi bilan 
    bir qatorda, ularning ishlash tezligi, bajaradigan vazifalari ko‘lami VA 
    tobora ortib bordi. Odatda, boshqa turdagi texnika vositalari bunday 
    rivojlanish jarayonida qimmatlashib boradi. Lekin, IMSlar 
    murakkablashish bilan birgalikda, arzonlashib VA borgan. Bu faktga 
    e'tibor qaratgan muhandis Gordon Mur hazil aralash shunday degan 
    ekan: "
    Agar avtomobil sanoati VA yarimo‘tkazgichlar sohasi singari 
    shiddat bilan rivojlanganda edi, Rolls-Roys mashinalarida 1 litr benzin 
    bilan 200 ming km masofani bosib o‘tish mumkin bo‘lardi, VAda, uni 
    ishxona oldidagi pullik avtoturargohga qo‘ygandan ko‘ra, shunchaki 
    ko‘chaga tashlab ketish arzonroq bo‘lgan bo‘lur edi..."
    IMSni birinchi bo‘lib ixtiro qilgan muhandis - Jek Kilbi o‘sha paytlarda 
    "Texas Instruments" kompaniyasiga endigina ishga kirgan yosh xodim 
    bo‘lgan. Kilbining deyarli barcha VAkasblari ta'tilga chiqib ketgan 
    paytda u laboratoriyada ko‘pincha bir o‘zi qolib, IMS modeli ustida 
    muttasil ishlagan. 1958-yilning sentyabr oyida Kilbi o‘zining ilk ishchi 
    model IMSni yasab, sheriklariga namoyish qilib bergan. Keyingi yilning 
    6-fevral sanasida esa, "Texas Instruments" kompaniyasi Kilbi modeli 
    asosida, IMSlarni seriyali ishlab chiqarish uchun patent 
    rasmiylashtirgan.


    Ikkinchi ixtirochi Robert Noys (rasmda) esa o‘z ixtirosini pullash uchun 
    uzoq izlangach, 1968-yilda o‘zi tavakkalga qo‘l urib, IMS ishlab 
    chiqarish bilan shug‘ullanuvchi o‘z mustaqil kompaniyasini tashkil 
    etadi. Siz Noysning o‘sha kompaniyasi ishlab chiqargan IMSlardan 
    albatta foydalangan bo‘lsangiz kerak. U haqida ko‘p eshitganingiz VA 
    aniq. Chunki, Noys asos solgan o‘sha integral mikrosxemalar, ya'ni, 
    chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniya 
    Intel
    deb ataladi va u hozirda, 
    IMS ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda eng ilg‘or texnologik brendlardan 
    biri sanaladi.
    2.

    Download 346,19 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 346,19 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi

    Download 346,19 Kb.
    Pdf ko'rish