• Nanoelektronika
  • Texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi




    Download 346,19 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/9
    Sana14.05.2024
    Hajmi346,19 Kb.
    #232951
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Zohid2 M

    To‘rtinchi bosqich
    integral mikrosxemalar (IMS) asosida elektron 
    qurilma VAda tizimlar yaratish bilan boshlandi va mikroelektronika 
    davri deb ataldi.
    Mikroelektronika
    – fizik, konstruktiv-texnologik va sxemotexnik 
    usullardan foydalanib yangi turdagi elektron asboblar– IMSlar va 
    ularning qo‘llanish prinsiplarini ishlab chiqish yo‘lida izlanishlar olib 
    borayotgan elektronikaning bir yo‘nalishidir.
    Hozirgi kunda telekommunikatsiya va axborotlashtirish tizimining 
    rivojlanish darajasi tom ma’noda mikroelektronika va nanoelektronika 
    mahsulotlarining ularda qo‘llanilish darajasiga bog‘liq.
    Birinchi IMSlar 1958 yilda yaratildi. IMSlarning hajmi ixcVA, og‘irligi 


    kam, energiya sarfi kichik, ishonchliligi yuqori bo‘lib, hozirgi kunda uch 
    konstruktiv-texnologik variantlarda yaratilmoqda: qalin va yupqa 
    pardali, yarimo‘tkazgichli va gibrid.
    1965 yildan buyon mikroelektronikaning rivoji G. Mur qonuniga 
    muvofiq bormoqda, ya’ni har ikki yilda zamonaviy IMS-lardagi 
    elementlar soni ikki marta ortmoqda. Hozirgi kunda elementlar soni 
    10
    6
    ÷10
    9
    ta bo‘lgan o‘ta yuqori (O‘YuIS) va yuqori (GYuIS) IMSlar 
    ishlab chiqarilmoqda.
    Mikroelektronikaning qariyb yarim asrlik rivojlanish dav-ri mobaynida 
    IMSlarning keng nomenklaturasi ishlab chiqildi. Telekommunikatsiya 
    va axborot – kommunikatsiya tizimlarini loyihalovchi va ekspluatatsiya 
    qiluvchi mutaxassislar uchun zamonaviy mikroelektron element 
    bazaning imkoniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lish muhim.
    Integral mikroelektronika rivojining fizik chegaralari mavjudligi sababli, 
    hozirgi kunda an’anaviy mikroelektronika bilan bir qatorda
    elektronikaning yangi yo‘nalishi – nanoelektronika jadal rivojlanmoqda.
    Nanoelektronika
    o‘lchashlari0,1 dan 100 nm gacha bo‘lgan yarim 
    o‘tkazgich tuzilmalar elektronikasi bo‘lib, mikroelektronikaning 
    mikrominiatyurlash yo‘lidagi mantiqiy davomi hisoblanadi. U qattiq 
    jism fizikasi, kvant elektronikasi, fizikaviy kimyo va yarimo‘tkazgichlar 
    elektronikasining so‘nggi yutuqlari negizidagi qattiq jismli 
    texnologiyaning bir qismini tashkil etadi.
    So‘nggi yillarda nanoelektronikada muhim amaliy natijalarga erishildi, 
    ya’ni zamonaviy telekommunikatsiya va axborot tizimlarning negiz 
    elementlarini tashkil etuvchi: geterotuzilmalar asosida yuqori 
    samaradorlikka ega lazerlar va nurlanuvchi diodlar yaratildi; 


    fotoqabulqilgichlar, o‘ta yuqori chastotali tranzistorlar, bir elektronli 
    tranzistorlar, turli xil sensorlar VAda boshqalar yaratildi. Nanoelektron 
    O‘YuIS va GYuIS mikroprotsessorlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
    Shvetsiya Qirolligi fanlar akademiyasi ilmiy ishlarida tezkor 
    tranzistorlar, lazerlar, integral mikrosxemalar (chiplar) va boshqalarni 
    ishlab chiqish bilan zamonaviy axborot kommunikatsiya 
    texnologiyalariga asos solgan olimlar – J.I. Alferov, G. Kremer, Dj.S. 
    Kilbini Nobel mukofoti bilan taqdirladi.
    Integral mikroelektronika va nanoelektronika bilan bir vaqtda

    Download 346,19 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 346,19 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi

    Download 346,19 Kb.
    Pdf ko'rish