• Nazorat va muhokama uchun savollar
  • The economy of enterprise




    Download 0,55 Mb.
    bet57/130
    Sana16.02.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #157900
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   130
    Bog'liq
    The economy of enterprise

    Qisqacha xulosalar


    Samaradorlik - xo’jasizlik, isrofgarchilik va boshqa talofatlarning antipodidir. Biroq samaradorlik o’z-o’zidan avtomatik ravishda kelmaydi. Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish quvvatlari va resurslardan oqilona foydalanish, tejamkorlikka rioya qilish, ishlab chiqarishni intensivlashtirish, boshqaruv tizimini takomillashtirish va oqilona investitsion siyosat samaradorlikni oshirishning muhim omili va yo’nalishi bo’lib xizmat qiladi.
    Samaradorlikning asosi xarajatlarni minimallashtirish va foydani maksimallashtirishdadir. Korxona xo’jalik yuritishining samaradorligini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlar sifatida mehnat mahsuldorligi, fond qaytimi va fond sig’imi, material sig’imi, mehnat sig’imi, rentabellik va hokazolarni ko’rsatish mumkin.
    Korxonaning barqarorligi yoki nochorligi uning samarali yoki samarasiz faoliyat yuritishini mos ravishda aks ettiradi. Bu jihatdan bugungi xo’jalik yuritish amaliyoti to’lov qobiliyati koeffitsienti, xususiy va qarzga olingan aylanma mablag’lar nisbati koeffitsienti, moliyaviy mustaqillik koeffitsienti va xususiy aylanma vositalar bilan ta’minlanganlik koeffitsienti kabi ko’rsatkichlar tizimidan foydalanadi.
    Nazorat va muhokama uchun savollar



    1. Ishlab chiqarish samaradorligining mohiyati nimada va u korxona umumiy faoliyati samaradorligidan qanday farq qiladi?

    2. Samaradorlikning qanday turlarini bilasiz? Samaraning samaradorlikdan farqi nimada?

    3. Korxona ishlab chiqarish faoliyati samaradorligining muhim ko’rsatkichlari mazmunini ochib bering. Bu ko’rsatkichlarni hisoblash usuli qanday?




    1. Sizning fikringizcha, qaysi ko’rsatkich korxona faoliyati samaradorligini ko’proq aks ettiradi?

    2. Resurslar samaradorligini tushuntiring.

    3. Mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishdagi xarajatlar va resurlarning o’zaro aloqasi qanday?

    4. Korxonalarning iqtisodiy nochorlik belgilarini aniqlash mezonlarini tushuntiring.

    5. Korxona faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy yo’llari va omillarini sanab bering.

    6. Bozor sharoitlarida samaradorlikni iqtisodiy ko’rsatkich hamda tushuncha sifatida qabul qilish mumkinmi?

    7. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda asosiy o’rin kimga tegishli: insonlargami, resurslargami yoki fan-texnika taraqqiyotigami?


    Download 0,55 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   130




    Download 0,55 Mb.