• Uskunadan integral foydalanish koeffitsienti
  • Uskunalarni yuklanish koeffitsienti




    Download 0,55 Mb.
    bet65/130
    Sana16.02.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #157900
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   130
    Bog'liq
    The economy of enterprise

    Uskunalarni yuklanish koeffitsienti ham uskunalardan vaqt bo’yicha foydalanishni tavsiflaydi. Smenalilik koeffitsientidan farqli ravishda, u mahsulotning mehnat sig’imini hisobga oladi. U mazkur uskunada tayyorlangan barcha mahsulotlar mehnat sig’imining uning ishlash vaqti fondiga nisbati orqali aniqlanadi. Mazkur misolda ushbu koeffitsient quyidagicha bo’ladi:

    Кюк

    1,44  0,72


    2

    Korxonada asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni to’liq baholash uchun ekstensiv ko’rsatkichlardan tashqari, ularning quvvat bo’yicha yuklanish tabiatini o’rganish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu erda yuqorida aytib o’tilganidek, texnologik uskunalar amaldagi unumdorligining, ya’ni texnik asoslangan progressiv unumdorlikning normativ unumdorlikka nisbati asosida, ya’ni uskunalardan intensiv foydalanish koeffitsientidan foydalanish, uni quyidagi formula bo’yicha hisoblash mumkin:
      ф ;
    инт
    п
    Bu erda: VF  vaqt birligida uskunada ishlab chiqarilgan haqaqiy mahsulot miqdori;
    VP  vaqt birligida uskunada texnik jihatdan asoslangan mahsulot ishlab chiqarish normasi.
    Misol. Pasport ma’lumotlari bo’yicha dastgohda bir soatda 100 ta detal yasash mumkin, amalda esa shu vaqt ichida faqat 80 ta detal tayyorlandi. U holda Kintq0,8 (80:100), ya’ni dastgohdan quvvat bo’yicha foydalanish 80 foizni tashkil qildi.
    Uskunadan integral foydalanish koeffitsienti uskunadan ekstensiv va intensiv foydalanish koeffitsientlarining ko’paytmasi orqali aniqlanib, uning vaqt va quvvat bo’yicha band bo’lishini (foydalanilishini) kompleks xarakterlaydi.
    Bizning misolimizda Keks q 0,71 va Kint q 0,8 bo’lganligi tufayli, uskunadan integral foydalanish koeffitsienti quyidagiga teng bo’ladi:
    Кинтегр. Кэкс * Кинт  0,71* 0,8  0,57
    Korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning umumiy va qiymat ko’rsatkichlari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, avvalo fond qaytimi

    haqida to’xtalib o’tish kerak. U asosiy fondlar birligiga (qiymati bo’yicha) to’g’ri kelgan mahsulot ishlab chiqarishni xarakterlaydi.
    U mahsulot sotishdan tushgan bir yillik tushumning (V) asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi:

    к
    Ф В
    Фс
    Mahsulotning fond sig’imi - fond qaytimiga teskari qiymat bo’lib, quyidagi formula asosida aniqlanadi:
    Ф Фыр с В
    Fond sig’imi kapital qo’yilmalari (investitsiyalar)ni tejash yoki ko’paytirish bilan uzviy ravishda bog’liq bo’ladi. Masalan, mahsulot fond sig’imi pasayib, uning ishlab chiqarish hajmi doimiy yoki o’suvchi bo’lganda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish sharoitlari yaxshilanadi, demak, kapital qo’yilmalarini tejash uchun imkoniyat tug’iladi. Uni topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:

    Bu erda:
    Эк  е  



    Ek – kapital qo’yilmalarni tejash, so’m;
    Fe – hisobot yilida mahsulot fond sig’imining o’tgan yildagiga nisbatan o’zgarishi, so’m.
    Har bir korxona o’z tasarrufidagi asosiy ishlab chiqarish fondlaridan iloji boricha unumli foydalanishga intilishi lozim. Bunga fondlarni ish bilan ta’minlashni yaxshilash tufayli ishlab chiqarish va mahsulotlarni sotish hajmini oshirish, nisbiy xarajatlarni kamaytirish, foydani oshirishdan tashqari asosiy fondlarda jamiyatning o’tmishda narsa holiga aylangan mehnati mujassamlanganligi ham zaruriyat tug’diradi.
    Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashning asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

      • smena davomida uskunalar bekor turib qolishini qisqartirish va uning oldini olish;

      • uskunalarning smenalik koeffitsientini oshirish;

      • bekor turuvchi uskunalarni qisqartirish va tugatish;

      • ta’mirlash va profilaktika tadbirlarini o’z vaqtida va sifatli ravishda amalga oshirish;

      • uskunalarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning malakasini oshirish;

      • ishlab chiqarishni tashkil etishni va resurslar bilan ta’minlashni yaxshilash.


      1. Download 0,55 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   130




    Download 0,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uskunalarni yuklanish koeffitsienti

    Download 0,55 Mb.