• Nazorat va muhokama uchun savollar
  • The economy of enterprise




    Download 0,55 Mb.
    bet67/130
    Sana16.02.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #157900
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   130
    Bog'liq
    The economy of enterprise

    Qisqacha xulosalar

    Bino, inshoot, mashina, qurilma, asbob-uskuna va boshqa mehnat vositalaridan iborat bo’lgan asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt mobaynida ishtirok etib, natural shaklini saqlab qoladi hamda ularning qiymati ishlab chiqarilayotgan mahsulotga asta-sekinlik bilan qismlarga bo’lib o’tkaziladi.


    Asosiy fondlar ishlab chiqarish moddiy-texnika bazasining asosi hisoblanadi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va mehnatning texnik jihatdan qurollanish darajasi asosiy fondlarga bog’liq bo’ladi.
    Korxonaning ishlab chiqarish quvvati – bu, ishlab chiqarishning barcha zahiralaridan foydalangan holda ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotning maksimal hajmidir.
    Ekspluatatsiya jarayonida asosiy fondlar jismoniy va ma’naviy eskirishga uchrab, bu korxona uchun ma’lum bir yo’qotishlarni keltirib chiqaradi.
    Asosiy fondlarning eskirishi bilan bog’liq bo’lgan yo’qotishlarni, ulardan foydalanishini yaxshilash, fond qaytimi, smenalik koeffitsienti, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsienti kabi asosiy ko’rsatkichlar darajasini oshirish yordamida kamaytirish mumkin.

    Nazorat va muhokama uchun savollar






    1. Asosiy fondlar nima va ularning kengaytirilgan ishlab chiqarishdagi roli qanday?

    2. Asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzilmasi deganda nima tushuniladi hamda ularning sanoat tarmoqlari bo’yicha farqlanishiga nima sabab bo’ladi?

    3. Asosiy fondlarni baholashning qanday usullari mavjud?

    4. Asosiy fondlarni eskirishining qanday turlarini bilasiz?

    5. Zamonaviy amortizatsiya siyosatining mohiyati va ahamiyati nimada?

    6. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning umumlashtiruvchi va qiymat ko’rsatkichlari nimani bildiradi?

    7. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning xususiy va natural ko’rsatkichlari qanday aniqlanadi?

    8. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning ekstensiv va intensiv ko’rsatkichlari qanday?

    9. Korxona va sanoat tarmog’ining ishlab chiqarish quvvatlarini hisoblash usuli, turi va tushunchalari qanday?

    10. Zamonaviy sharoitlarda asosiy fondlar va korxona ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni yaxshilashning qanday yo’nalishlari mavjud?




    Download 0,55 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   130




    Download 0,55 Mb.