• I bob Umumamaliyot vrachi tayyorlashda
  • Kafedraning qisqacha tarihi




    Download 7.49 Mb.
    bet2/43
    Sana12.08.2023
    Hajmi7.49 Mb.
    #78433
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
    Bog'liq
    Tibbiyot institutlari talabalari uchun
    11-sinf-yozma-ish-informatika@baxtiyoruz, Elektr texnikasi va metrologiya kafedrasi sertifikatlashtirish a-fayllar.org, 7329-Article Text-17732-1-10-20221212
    Kafedraning qisqacha tarihi
    Ichki kasalliklar propedeftikasi kafedrasi 1920 yilda Turkiston Davlat universitetining tibbiyot fakul’teti tarkibida tashkil etilgan. 1943 yilgacha uni professorlar A.N Kryukov, M.I. Slonim, N.I.Ragoza, G.F.Mankus boshqargan. IKP kafedrasi sanitariya-gigiena va pediatriya fakul’tetlariga alohida ajralib chiqqandan so’ng, davolash fakuleti IKP kafedrasini (1943-1971 yil) xizmat ko’rsatgan fan arbobi, O’zSS FA korrespondent a’zosi, professor N.I.Ismoilov, undan keyin esa – prof.
    M.S.Tursunhojaeva, dotsent E.Y.Qosimov, prof. R.A.Qoraboeva, prof. O’.K.Vahobova, va dotsent Sh.G.Muqminova boshqarishgan. 1988 yildan boshlab kafedra rahbari E.Y.Qosimov.
    1990 yilda Toshkent tibbiyot instituti 2ga bo’linib, I vs II ToshMY deb ataldi. Shu yildan boshlab I Tosh MY ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasiga protessor R.A.Qoraboeva mudir etib saylandi. 2000 yildan boshlab kafedra mudiri etib professor M.Sh.Karimov saylandi. 2005 yilda Toshkent tibbiyot Akademiyasi tashkil topganligi munosabati bilan, birnechta kafedralar qo’shilib 1-ta kafedra tashkil qilindi. Bu Toshkent tibbiyot Akademiyasi tibbiy-pedagogika fakul’tetining ichki kasalliklar propedevtikasi, gematologiya va XDT, kasb kasalliklari va hamshiralik ishi kafedrasi bo’lib unga 2005 yildan xozirgi kungacha tibbiyot fanlari doktori, professor Ma’ruf Shokirovich Karimov raxbarlik qilmoqdalar.
    2004 yildan boshlab davolash fakul’teti ichki kasalliklar propedevtikasi, kafedrasi mudiri T.F.D. professor Zokirxo’jaev Sherzod Yaxyo’yevich tayinlandi.
    2005 yildan boshlab Toshkent tibbiyot instituti tibbiyot akademiyasi aylangandan so’ng to’rt kafedra qo’shilib yani ichki kasalliklar propedevtikasi,, gematologiya va XDT, kasb kasalliklari va hamshiralik ishi kafedrasi tashkil topib uning mudiri T.F.D. professor Zokirxo’jaev Sh.Ya. etib saylandi.

    I bob Umumamaliyot vrachi tayyorlashda

    ichki kasalliklar propedevtikasining o’rni.


    Klinik fanlarni o’rganish III kursdan boshlanadi. Talabani ichki kasalliklarga olib kiruvchi fan bo’lib ichki kasalliklar propedevtikasi (diagnostika asosi ) hisoblanadi. Bu fanning maqsadi ichki organlar kasalliklarning asosiy belgilariga to’g’ri baho berilishidan iborat.
    Bu fanning vazifasi:

    1. Asosiy fizikal tekshirish usullarini bilish.

    2. Ichki a’zolar kasalliklarida uchraydigan asosiy simpton va sindromlarni

    ( simptomlar yig’indisi) aniqlash.
    3) Ko’p uchraydigan ichki a’zolar kasallilari bilan umumiy tanishish. (Xususiy patologiya). Har hil turdagi patologiyalarda Kasallikning bir hil belgilarini tahlil qilish orqali tashhisning asosiy belgisini topish talabalarning klinik tafakkurini shakkillanishiga olib keladi.
    Propedevtika ichki a’zo kasalliklarini chuqur o’rganishga talabalarni tayyorlaydi. Xususan fakultet terapiyasida, gospital terapiyalarda
    Xususiy patologiyani hamma detallarini yahshi o’zlashtirish uchun asos yaratadi. Klinik tibbiyotni hamma rivojlanish davirlarida ichki kasalliklarni o’rganish integrasiyasi hususiytiga ega bo’lgan.
    Normal va patologik anotomiya, normal va patologik fiziologiya, bioximiya, farmakologiya, hamda qo’shma klinik fanlardan olingan bilimni bemorni ko’rayotganda sistemalik qo’llash lozim bo’lgan. Tibbiyatni kehg qo’llashda rivojlanishiga yangi tekshirish va davolash usullarining vujudga kelishi, keyingi 10 yil ichida ichki kasalliklarni yanada mayda mahsus bo’limlarga bo’linishiga olib keldi. Bularga endokrinologiya, gematologiya, kardiologiya, pulmonologiya, gastroenterologiya, gepatologiya, nefrologiya, revmatologiya, allergologiyalarni misol keltirib aytishimiz mumkin.
    Nefrologiyada surunkali buyrak etishmovchiligini su’niy buyrak ( gemodializ) yordamida davolovchi mutahassis vrach paydo bo’ldi, lekin bu vrachlar shunga qaramasdan kardiologiya, pulmonologiya, gematologiya, gastroenterologiyadan bilmga ega bo’lishlari kerak. Shu bilan birga umumiy mutahassis terapevtni saqlab qolish lozim.
    Tibbiyotda intergrassiyaga intilishni isboti bo’lib yangi mutahassislik – oila shifokori paydo bo’lishi hisoblanadi. Ko’p horij davlatlarida oila vrachi nafaqat kattalarni, bolalarni ham konservativ davolash bilan birga, ayrim mayda jarrohlik muolajalarini ham bajaradi. Oila vrachining muhim, o’ziga hos hususiyatlaridan biri har bir oila a’zosini oilada diqqat bilan kuzatish hisoblanadi. Oilaviy vrach oila a’zolari o’rtasidagi zararli nobob sharoitni ( masalan hayot tarzi, ichkilikka berilish, haddan tashqari ko’p ovqat yeyish, chekish va hokazo) yani oilaviy anamnezni mukammal o’rganib kasallikni oldini oladi.
    Tor mutahassislik bilan integressiyani bir-biriga mahkam bog’lanib ketishi urgent kasallarga diagnoz qo’yishda va ularni davolshda yaqqol ko’rinadi. Umuman har bir mutahassis vrach kerak bo’lganda bemorlarga shoshilinch yordam ko’rsatishni bilishi kerak.


    Download 7.49 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




    Download 7.49 Mb.