Ichki kasalliklarni havfli omillari (risk)




Download 7.49 Mb.
bet3/43
Sana12.08.2023
Hajmi7.49 Mb.
#78433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Tibbiyot institutlari talabalari uchun
11-sinf-yozma-ish-informatika@baxtiyoruz, Elektr texnikasi va metrologiya kafedrasi sertifikatlashtirish a-fayllar.org, 7329-Article Text-17732-1-10-20221212
Ichki kasalliklarni havfli omillari (risk)
to’g’risida tushuncha
Kasallikning sababini sistematik baholab borish hozirgi zamon tibbiyotining muhim hususiyatlaridan hisoblanadi. Uzoq davrlardan beri ichki kasalliklarning o’rganishda uning sababini aniqlash klinisistlar faoliyatida muhim bo’limlaridan biri bo’lib kelgan. Ko’proq atrof – muhit sharoitiga va nasliga (ginetikasi) ahamiyat berilgan.

Ichki kasalliklarning hozirgi zamon


Etiologik omillari

  • Infeksiyalar shu lumladan virusli (gepatit viruslari B,C,D sitomegalovirus va b.)

  • Parazit: invaziyalar (askaridoz, opistorxo’z, strongiloidoz, trihinellyoz va b.)

  • Ichkilikga berilish

  • Dori preparatlari

  • Sil (paraspesifik reaksiya)

  • O’smalar ( paraneoplastik reaksiya)

  • Ekologik va mutahassislik tasirotlari

  • Modda almashinuvuining buzilishi

  • Genetik omillar

  • Tashqi sharoit omillarining ta’siri: o’ta sovqotish, travma ( jumladan ruhiy).

Insolyasiya (jumladan kamfort sezish chegarasida).
Ichki kasalliklarning hozirgi zamon hilma hil etiologik omillari ichida shu kungacha infeksiyalar, viruslar, olkogol, dori preparatlari va atrof – muhit omillari asosiy omillardan bo’lib qolmoqda.
Asosiy havfli omillarni tekshirish bundan 50 yil muqaddam yurak-qon tomir kasalliklarini fremingem tekshiruvidan boshlangan. Bu tekshiruv AQSh ning yirik universitet shahri Boston yaqinida joylashgan fremingem shahrida 1948 yildan boshlab yo’lga qo’yilgan. Bu shaharning 5209 erkak va ayollari,
yoshi 30 dan 62 gacha uzoq yillar davomida kuzatilgan. Har 2 yilda ularni kompleks tekshiruvdan o’tkazilgan.
Uzoq yillar davomida tekshirishlar natijasi shuni ko’rsatdiki havfli omillar o’zgaruvchan va o’zgarmas bo’lar ekan. Bundan tashqari ilgari topilgan havfli omillar bilan birga bir qancha yangi havfli omillar vujudga keldi. Fremingem tekshiruvlarining natijasi shuni isbotladiki xolesterinni qonda ko’payishi, (1957) arterial gipertenziya (1957,1970) qandli diabet (1974) semizlik (1967) yurakni ishemik kasalligida va insultda katta ro’l o’ynar ekan. Fremingem tekshiruvlarining davom etishi natijasida yangi havfli: omillar topila boshladi. Bularga giperfibrinogenemiya, (1987), lipoprotein (1994), chap qorinchaning kattalashishi (1994), gipergomosisteinemiya (1996) larni kiritish mumkin.
Havfli omillarni ta’sir darajasini baholash kompleks harakterga ega bo’lishi kerak. Ikki va undan ortiq havfli omillar ta’siridagi bemorlarni davolash taktikasi ancha faol bo’lishi kerak.
Jadval №1
Yurak qon tomir kasalliklaridagi havfli omillar.

“ Eski” havfli omillar

“ Yangi” havfli omillar

1. Chekish
2. LPNP va LPNOP ni miqdorini ortishi
3. Xolestirinni ko’p ( xayvon yog’i) ovqatlarni iste’mol qilish
4. Arterial gipertenziya
5. Qandli diabet
6. Jismoniy kamharakatlik
7. Semizlik
8. Klimaksdan keyingi holat
9. Irsiyat
10. Yoshi
11. Jinsi

  1. Gipergomosisteinemiya

  2. Lipoprotein (a)

  3. Apolipoprotein E

  4. Erkin radikallar ta’siri

  5. Giperfibrinogenemiya

  6. Endoteliya disfunksiyasi

  7. Infeksion agentlar

  8. Trigliseridlar

  9. C-reaktiv oqsil

Kasallikni havfli omillarini bilish, unga qarshi birlamchi va ikkilamchi profilaktik chora tadbirlarni ko’rishga yordam beradi. Shunday qilib havfli omillar konsepsiyasi XXI asr tibbiyotining profilaktik yo’nalishga olib boruvchi eng muhim qisimlaridan biri bo’lib qoladi.




Download 7.49 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Download 7.49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ichki kasalliklarni havfli omillari (risk)

Download 7.49 Mb.