Tijorat banklari faoliyati tahlili indd




Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/80
Sana23.02.2023
Hajmi4.18 Mb.
#43273
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80
Bog'liq
115dd3364c44318e301918c89cca9db0 Tijorat banklar faolyati tahlila
ilts, 1-amaliy, must ish Gaynazarov, abdulhay, kimyoviy reaksiya tezligi., AMALIY HISOBOT Ulug\'bek, Презентация1, TBT NA kurs ishi sport kiyimni oxirgi TAYYOR, 5-sinf manitoring, тесты 5-11 классы, Тест по русскому языку для 3 класса, 232885709, Sanoat korxonalari hududini obodonlashtirish. Reja Sanoat korxo-fayllar.org, Q.x.iqt 4-mavzu Taqdimot
Depozitlar turi
2010 2011
2012
2012-yilda
2010-yilga
nisbatan o‘zgarishi, 
punkt
1. Transaksion depozitlar
93,9
80,2
77,2
–16,7
2. Muddatli depozitlar
5,3
15,9
15,6
+10,3
3. Jamg‘arma depozitlari
0,8
3,9
7,2
+6,4
Depozitlar jami
100,0 100,0 100,0
X
Ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, «Asaka» bank-
da tahlil qilingan davr mobaynida transaksion depozitlar-
ning depozit bazasi umumiy hajmidagi salmog‘ining se-
zilarli darajada pasayishi yuz berdi. Bu esa ijobiy holat 


25
hisoblanadi. Chunki transaksion depozitlar salmog‘ining 
pasayishi muddatli va jamg‘arma depozitlari salmog‘ining 
sezilarli darajada o‘sishi hisobiga yuz bergan. Mazkur ho-
latlar pirovard natijada, bankning resurslar bazasi mus-
tahkamlanayotganligidan, bank depozit siyosatining sa-
maradorligini oshirish yuzasidan sezilarli tadbirlar amalga 
oshi rilayotganligidan dalolat beradi. Ayniqsa, tahlil qilin-
gan davr mobaynida jamg‘arma depozitlarining depozit-
lar umumiy hajmidagi salmog‘ining 7,2 foizga yetganligi 
va tahlil qilingan davr mobaynida 6,4 punktga o‘sganligi 
ijobiy holat hisoblanadi. Buning boisi shundaki, birin-
chidan, jamg‘arma depozitlarining asosiy qismini tash-
kil etuvchi aholining muddatli omonatlari arzon va bar-
qaror resurs manbayi hisoblanadi; ikkinchidan, respub-
likamizda aholining ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh pul 
mablag‘lari inflyatsion jarayonlar uchun jiddiy manba hi-
soblanadi. Rivojlangan industrial mamlakatlar, xususan, 
AQSH, Yaponiya, Germaniya, Avstriya mamlakatlari-
da aholi to‘lovlarining asosiy qismi naqd pulsiz shaklda 
amalga oshiriladi. Shuning uchun ham mazkur mamla-
katlar amaliyotida naqd pullar inflyatsion jarayonlar uc-
hun manba bo‘lib hisoblanmaydi.
Respublikamizning boshqa yirik banklarida ham jam-
g‘arma depozitlariga xos bo‘lgan, yuqorida qayd qilingan 
holatni kuzatish mumkin.
Tijorat banklari depozit siyosatining samaradorligi-
ni tavsiflovchi muhim omillardan biri depozitlarning bank 
passivlarining umumiy hajmidagi salmog‘ining o‘zgarishi 
hisoblanadi. Rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida 
depozitlar tijorat banklari balansining passivida salmog‘iga 
ko‘ra birinchi o‘rinni egallaydi. Ikkinchi o‘rinda depozit-
siz resurs manbalari turadi, uchinchi o‘rinni esa, bank ka-
pitali egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi bank amaliyotida 
esa, yirik tijorat banklari balansining passivida salmog‘iga 


26
ko‘ra birinchi o‘rinni depozitsiz resurs manbalari, ikkinchi 
o‘rinni bank kapitali, uchinchi o‘rinni esa, depozitlar egal-
laydi.
Biz quyida «Asaka» bank depozitlarining passivlar haj-
midagi salmog‘ini ko‘rib chiqamiz. 
2.4-jadval

Download 4.18 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80




Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish