68
jada ekanligini bildiradi. Bu esa, o‘z navbatida, bank kre-
ditlar monitoringi jarayonini kuchaytirishi lozimligini bil-
diradi.
Bundan tashqari kredit hisob raqamlarining
debet va kre dit
aylanmalarini taqqoslashimiz ham mumkin. (21603/17630)
Bu ko‘rsatkich ssuda hisob raqamlari debet aylan masi, uning
kredit aylanmasidan 22 foizga ortiqroq ekan ligini bildira-
di. Muammoli kreditlar o‘rnini qoplash uchun tashkil etil-
gan zaxiralar umumiy kredit qoldig‘ining 8,3
foizini tashkil
etgan. Hisobot yili davomida yangitdan berilgan kreditlar
miqdorining yuqori sur’atlar bilan o‘sishi hisobga olinganda
tashkil etilgan zaxira miqdori yetarli emas.
Shunday qilib, kredit mablag‘lar harakati tahlil natijasi-
da zaxiralari yetarli emasligi, kreditlarning qaytarilishi dara-
jasining pastligini bildiradi.
Ushbularga asoslangan holda
quyidagi tavsiyalar berili-
shi mumkin:
□
Kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishi bo‘yicha nazo-
ratni ko‘chaytirish.
□
Kreditlarni qayta tasniflash natijasida real zaxiralar
miq dorini aniqlash.
□
Ssudalar hisob raqamlari bo‘yicha debet va kredit ay-
lanmalarini muvofiqlashtirish.
□
Muddatida qaytarilmagan asosiy qarzlar va foiz to‘-
lovlari monitoringi jarayonlarini kuchaytirish.
Kredit portfeli tahlilida asosiy e’tibor kreditlar diversifi-
katsiyasiga qaratilmog‘i lozim.
Buning uchun albatta, kredit qo‘yilmalarining
tarmoq-
lar bo‘yicha tarkibiga e’tibor qaratilishi lozim. Hech qa chon
kreditlarning ko‘p qismini iqtisodiyotning bir tarmog‘iga
yo‘naltirish mumkin emas. Bu holda kredit portfelining tar-
moq riski vujudga keladi. Kreditlarning qaytarilishi, bank-
ning likvidliligi va to‘lov qobiliyati ushbu tarmoqning faoli-
yatiga bog‘liq bo‘lib qoladi.
Shuning uchun ham kreditlar-
69
ni iqtisodiyotning turli tarmoqlariga yo‘naltirilishi maqsad-
ga muvofiq hisoblanadi.
Bundan tashqari kredit portfeli diversifikatsiyasida kre-
ditlarning bir yoki aloqador bo‘lgan bir necha mijozlarga
berilishiga yo‘l qo‘yilmaslik muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
to‘g‘risida, albatta, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan
normativlarga doimiy ravishda rioya etilishi maqsadga mu-
vofiqdir.