|
Oriental Renaissance: InnovativeBog'liq 51 Muhammadiyev Dilmurod Abdulhakim ogli 400-405Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
403
w
www.oriens.uz
September
2021
boshqa har xil tashkil qilingan fondlar hamda taqsimlanmagan foydasi kiradi. Jalb
qilingan mablag‘lar – depozitlar, jamg‘armalar, qarzga olingan mablag‘lar
kontokorrent hamda korrespondent hisob varaqlarida o‘z ifodasini topadi.Tijorat
banklari, boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlar singari, ma'lum miqdordagi pul
mablag‘lari, ya'ni tijorat va xo‘jalik faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun resurslari
bo'lishi kerak. Bundan tashqari, faol operatsiyalar ko'lami resurslarning hajmi bilan
bog'liq.Resurslarni jalb qilishning bunday holati banklar o'rtasida raqobatning paydo
bo'lishiga olib keladi. Shunga asoslanib, bank resurslari tijorat banklari faoliyati
uchun asos bo'lib xizmat qiladi hamda u bank uchun zaxira va foyda olish
imkoniyatidir. Bankning asosiy vazifalaridan biri bu ko'proq darajada bo'sh pul jalb
qilish va ularni boshqa maqbul aktivlarga joylashtirish orqali daromad olishga
yo‘naltirishdir. Bank resurslari banklarning passiv operatsiyalar yordamida
yaratiladiva qisman ikkita katta guruhga bo'lish orqali o‘rganiladi.Bank balansining
passivlari quyidagilardir: o'z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar. Bank
resurslarining asosiy qismini bank mijozlarining mablag'lari tashkil etadi.Tijorat
banklarining resurs bazasini resurs turlari bo'yicha quyidagi guruhlarlarga bo'lish
mumkin: Bu o'z mablag'lari, jalb qilingan va bankning qarz mablag'lari.
Passivlar va aktivlar bo‘yicha majburiyatlarni boshqarish bankning muhim
vazifalaridan hisoblanadi. Mablag‘larni jalb qilish yoki ularni joylashtirish bilan
bog‘liq operatsiyalarning har ikkalasi ham banklar faoliyatida muhim ahamiyatga ega.
Ularni samarali tashkil qilish banklar faoliyatida yuqori natijalarga erishish imkonini
beradi. Bank resurslari uning passiv operatsiyalari orqali shakllanadi. Shu bois bank
resurslarini shakllantirish, uning passiv hisob raqamlari yoki aktiv-passiv hisob
raqamlaridagi pul mablag‘larini kg‘paytirish bilan bog‘liq operatsiyalar banklarning
passiv operatsiyalari deyiladi. Tijorat banklari moliyaviy resurslarini boshqarishda
asosiy e‘tibor bank balansi passividagi mablag‘larning manbalariga qaratiladi. Ushbu
mablag‘lar ikkita yirik guruhga – majburiyatlar va kapitalga bg‘linadi. Majburiyatlar
– bank tomonidan jalb etilgan mablag‘lar hisobidan, kapital esa bankning o‘z
mablag‘lari hisobidan shakllanadi. Ushbu mablag‘larning barqaror manbalar
hisobidan shakllantirilishi tijorat banklarining samarali ishlashi va iqtisodiy jihatdan
baquvvatligini ta‘minlaydi. Bank resurslarining aylanish bosqichlari:
1.
Pul mablag’lari.
2.
Kredit ajratish.
3.
Kredit va foiz to’lovi.
Tijorat banklarining resurs bazasini tartibga solish markaziy bankning bevosita
vazifasi emas, ammo pul -kredit siyosati doirasida Belarus Respublikasi Milliy banki
|
| |