Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
402
w
www.oriens.uz
September
2021
etadi. Resurs – fransuzcha "Resurs", so‘zidan olingan bo‘lib, pul mablag‘lari,
imkoniyat, zahira,
daromad manbai, xom-ashyo va boshqalar anglatadi. Iqtisodiy
manbalarda "resurs" so'zi ko'pincha turli xil ma'nolarda uchraydi. Rossiyalik olim
O.Lavrushinning fikriga ko’ra, tijorat banklarining resurslari yoki «banklarning
resurslari» bankning ixtiyorida bo’lgan o’z va jalb qilingan resurslarining yig’indisi
bo’lib, uning aktiv operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi. Masalan:
tabiiy
resurslar, moliyaviy resurslar, iqtisodiyresurslar, inson resurslari va boshqalar.
Shunga
asoslanib,
iqtisodiy
resurslarniiqtisodiy
imkoniyatlarning
asosiy
elementlaridan biri sifatida qarash mumkin. U jamiyat
rivojlanishining barcha
bosqichlarida taqsimlanadi. Resurs iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning aniq
maqsadlariga erishish uchun ishlatiladi. Iqtisodiy resurslarning aksariyati-bu
moliyaviy resurslar bo‘lib, ularni pul va soliq resurslari
tashkil etadi va iqtisodiy
rivojlanishni qo'llab-quvvatlash uchun xizmat qiladi. Moliyaviy resurslarning asosiy
manbalari bo‘lib vaqtinchalik bo‘sh mablag'lar, soliqlar,
jismoniy shaxslarning
mablag'lari,chek omonatlarini berish bilan bog'liq mablag'lar va boshqalar
hisoblanadi.Moliyaviy resurslarning ajralmas qismi bo‘lgan bank resurslarini ko‘rib
chiqamiz. Dastlab banklarning majburiyatlari va ularning resurslari bir xil
tushunchalar emasligiga e’tibor qaratish lozim. Bank passivlari
bank resurslarining
manbai hisoblanadi. Demak Bank resurslari bank balansining passiv qismida aks
ettiriladi. Ularning o‘lchami quyidagilarga bog‘liq:
o'z mablag'lari hisobidan amalga oshiriladigan bank faoliyati;
Markaziy bankning pul-kredit siyosati va banklardan qarz mablag'lari va
ularning tuzilishi;
tijorat bankining Markaziy bankdagi majburiy zahira miqdori;
boshqa passivlar;
Iqtisodiy manbalarda va bank mablag‘larini shakllantirish bo'yicha tadqiqotlarda
turli xil talqinlarini topishingiz mumkin. Jumladan "Bank resurslari", "kredit
resurslari","depozit resurslari", "Bank majburiyatlari" kabi
tushunchalarni keltirish
mumkin. Rus olimi Lavrushinning fikriga ko'ra, tijorat banklarining resurslari yoki
"Bank resurslari" bu o'z va qarzga olingan resurslarning yig'indisi bo‘lib, bankda
aktiv operatsiyalarni o'tkazish uchun foydalaniladi. Bank resurslariga bo'lgan ehtiyoj
banklarni shakllanishida va bank faoliyatini amalga oshirishda paydo bo‘ladi.
Banklarni tashkil etishning dastlabki bosqichlarida banklar o'z kapitaliga ega bo'lishi
va kelgusidagi faoliyati uchun resurslarni jalb etishi zarur.
Banklarning o‘z mablag‘lariga – bankning ustav kapitali
va unga tenglashgan
ablag‘lar, jumladan, zaxira kapitali,
maxsus fondlar, moddiy rag‘batlantirish fondi,