• “-iz”
  • Tili va adabiyoti universiteti




    Download 6.85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/397
    Sana27.05.2022
    Hajmi6.85 Mb.
    #22164
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   397
    Bog'liq
    ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020 (1)
    ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020 (2), болажон, Mustaqil SvaT, 5, Гид Новичка Maplets
    iz-boringiz. Natijada “siz” soʻzining buyruq gap (keling siz = siz keling; boring siz = siz boring
    tarkibidagi vazifasi barham topadi. “Siz”ning fe’l-leksema tarkibida affiks qiyofasiga kirishi 
    koʻplab soʻzlar tarkibida koʻzga tashlanuvchi morfonologik jarayonlarning [2] kelingiz, boringiz 
    tipidagi soʻz shakllar tarkibiga xos amalidan boshqa narsa emas.
    Yana muhimi shundaki, “siz” olmoshining affikslashuvi tufayli sintaktik hodisa 
    morfologik hodisaga aylangan: gap (buyruq gap) fe’l-leksema, aniqrogʻi, soʻzshakl tusini olgan. 
    Boshqacha aytganda, sintaktik butunlik (gap) morfologik birlikka aylangan, ya’ni 
    morfologizatsiyalashgan. Bu lisoniy jarayon va uning amali tufayli shunday shakliy unsur (-iz) 
    paydo boʻlganki, u, birinchidan, soʻz tarkibining asemantik (ma’nosiz shakl: soʻz tarkibida 
    “siz”ning lugʻaviy ma’nosi barham topgan) unsuriga aylangan boʻlsa, ikkinchidan, u 
    afunksional (tayinli biror-bir lisoniy vazifaga ega boʻlmagan) shakliy unsur maqomini ham 
    kasb etgan.
    “-iz” unsurining “afunksional”lik xususiyati shundaki, u boringizlar, kelingizlar tipidagi 
    soʻzlar tarkibida tilning biror-bir jabhasiga xos lisoniy vazifa bajarmaydi [3]. Fe’lning bu singari 
    shakllarini boringlar, kelinglar tarzida soddalashtirilganda ham, bu soʻzlar tarkibidagi morfem 
    qismlarning sintagmatik va semantik munosabatida hech qanday lisoniy nuqs sezilmaydi
    shuningdek, biror-bir lisoniy oʻzgarish sodir boʻlmaydi.
    “-iz” shaklida affiksga aylangan “siz” olmoshining semantik-grammatik hissasi shu 
    unsurga (ya’ni, “-iz” shakliga kirgan unsurga) nisbatan prepozitiv tartibda joylashgan “-ing” 
    affiksi zimmasiga yuklanadi. Boringlar, kelinglar soʻz shakllari tarkibidagi “-lar” affiksi esa
    fe’l kategoriyalari tizimiga xos grammatik ma’no (koʻplik) ifodalovchi shakliy markerlardan biri 
    tusiga kiradi [4].
    Demak, yuqorida aytilganlardan xulosa shuki, boringizlar, kelingizlar singari fe’l-
    leksemalar tarkibidagi “-iz” unsuri mustaqil soʻz – “siz” olmoshining morfologizatsiyalashuvi 
    tufayli ma’nosizlashib, fe’l tizimiga xos soʻz oʻzgartiruvchi affiksga aylangan shaklidir. Zero, 
    mustaqil ma’noli soʻzlarning morfologizatsiyalashuvi tilda affikslar paydo boʻlishining tan 
    olingan asosiy usullaridan biri sanaladi.

    Download 6.85 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   397




    Download 6.85 Mb.
    Pdf ko'rish