• Ashirbayev Samixan * Annotation.
  • Tili va adabiyoti universiteti




    Download 6.85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/397
    Sana27.05.2022
    Hajmi6.85 Mb.
    #22164
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   397
    Bog'liq
    ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020 (1)
    ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020 (2), болажон, Mustaqil SvaT, 5, Гид Новичка Maplets
     
     
     
     
     


    12 
    I SHU’BA. OʻZBEK TILSHUNOSLIGINING NAZARIY MASALALARI 
     
    Areal lingvistikada innovatsiya muammosi
    The problem of innovation in areal linguistics 
    Ashirbayev Samixan
    *
     


    Annotation. Uzbek area linguistics is experiencing its formation and development stage. 
    It has a department of linguistic geography and research in the method of the same name, but 
    area research is rarely done. The article summarizes the theoretical views on one of the 
    theoretical issues of area linguistics – the innovation center of isoglosses, highlights its 
    important aspects on the basis of Uzbek dialect materials and interprets the views on the 
    innovation center of “ā(ᴐ)”, an isogloss of the Uzbek language in Turkology. 
    Key words: area, innovation, innovation center, union of languages and dialects, region, 
    idiom
    Oʻzbekiston Respublikasida areal lingvistikani rivojlantirish kun tartibidagi masalalardan 
    biridir. Toʻgʻri, areal lingvistikaning asosiy yoʻnalishlaridan va oʻrganish metodlaridan biri 
    boʻlgan lingvistik geografiya boʻyicha bir qator ishlar mavjud. Bu sohada А.Shermatov, 
    Y.Ibrohimov, N.Murodova, Q.Muhammadjonov, Z.Ibrohimovalarning ishlarini koʻrsatish 
    mumkin. Аreal lingvistika yoʻnalishida ham tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Bu yoʻnalishda 
    I.Darvishov va N.Raxmonovlarning tadqiqotlarini koʻrsatish joiz. Shuni alohida qayd qilish 
    lozimki, Oʻzbekiston Respublikasida areal lingvistikaning nazariy asoslariga ham poydevor 
    qoʻyilgan edi. Bunda biz А. Joʻrayevning “Oʻzbek tili massivini areal oʻrganishning nazariy 
    asoslari (rus tilida)” asarini koʻzda tutmoqdamiz. Bu ishda ilk bor areal lingvistikadagi nazariy 
    qoidalar va tushunchalar asosida oʻzbek tilining dialektal zonalari belgilandi. Tan olish kerakki, 
    bu asardagi yondashuv va gʻoya koʻp yillar davomida ilmiy jamoatchilik e’tiboridan chetda qolib 
    keldi. Bu asar oʻzbek areal lingvistikasining boshlanishini bildirishi bilan bir qatorda oʻzbek 
    dialektologiyasi va areal lingvistikasining navbatdagi hal qilinishi lozim boʻlgan muammolarini 
    ham oʻrtaga tashladi. Garchand, bu asarda innovatsiya masalasiga toʻxtalmagan boʻlsa-da, bu 
    masalaning yechilishiga yordam beradigan boshqa nazariy fikrlar ham bor edi. 
    Turkologiyada innovatsiya, innovatsiya markazi masalasi N.Z.Hojiyevaning ishida 
    dastlab tilga olindi va uning nazariy asoslari toʻgʻrisida fikr yuritildi [Гаджиева, 1975:206]. 
    Oʻzbek tlshunosligida innovatsiya markazi masalasi dastlab А.Shermatov tomonidan tilga 
    olingan [Шерматов, 1981:12]. U innovatsiya markazi nazariyasiga oid fikrlarni bayon qilmaydi, 
    balki chiqish kelishigining -din affiksi bilan ifoda qilinishida uning innovatsiya markazi uygʻur 
    tili deb koʻrsatadi, xolos. Bu fikr asoslangan emas, balki mavjud holat koʻzda tutilgan, yaʼni 
    innovatsiya markazini aniqlashda til tarixi faktlari yetakchi oʻrin tutishi hisobga olinmagan. 
    Qadimgi turkiy, eski oʻzbek tili va oʻzbek tilining shimoliy oʻzbek shevalarida bu kelishik -
    din/tin va boshqa variantlarda qoʻllanishi eʼtiborga olinmagan. Har bir lingvistik hodisa yoki 
    izoglossaning keyingi davrdagi joylashuvi uning innovatsiyasini bildirmaydi, balki u 
    innovatsiyani aniqlashning barcha qoidalariga mos kelishi lozim. Til tarixi boʻyicha yaratilgan 
    tadqiqotlar [Фозилов, 1965:42] bu izoglosaning innovtsiya markazi qadimgi turkiy til ekanligiga 
    asos boʻladi. 
    Innovatsiya markazi tushunchasi keyingi davrda darsliklarga ham kiritildi [Ashirboyev
    2016:78]. 
    *
    Filologiya fanlari doktori, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 
    professori, e-mail: 

    Download 6.85 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   397




    Download 6.85 Mb.
    Pdf ko'rish