• Tashkenboyev Ulugʻbek Negmatovich
  • Tili va adabiyoti universiteti




    Download 6.85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/397
    Sana27.05.2022
    Hajmi6.85 Mb.
    #22164
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   397
    Bog'liq
    ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020 (1)
    ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020 (2), болажон, Mustaqil SvaT, 5, Гид Новичка Maplets
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     



    Tashkenboyev Ulugʻbek Negmatovich, 
    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat
    qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi, 
    fizika-matematika fanlari doktori, professor 
    Hurmatli konferensiya ishtirokchilari! 
    Avvalambor, mana shu quvonchli ayyomda barchangizni masofadan turib boʻlsa ham 
    xush kayfiyatda koʻrib, qutlab turganimdan gʻoyatda baxtiyorman. 
    Joriy yilning 10-aprel kuni muhtaram Prezidentimiz tomonidan “Oʻzbek tili kunini 
    belgilash toʻgʻrisida”gi qonunni imzolanishini barchamiz katta xursandchilik bilan kutib olgan 
    edik. Mana bugun ushbu qonun boʻyicha belgilangan oʻziga xos tarixiy sana 21-oktabr Oʻzbek 
    tili bayramini keng nishonlamoqdamiz.
    Xalqning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk, ehtimolki, birlamchi boyligi bor. Bu – 
    uning tili. Aynan til odamlar guruhini bir millat sifatida biriktiradi, ya’ni xalqni – xalq, millatni – 
    millat qiladi. 
    Soʻnggi yillarda muhtaram Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda amalga 
    oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va nufuzi 
    tobora oshib bormoqda. 
    Oʻzbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol 
    qoʻllanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga e’tibor va 
    uni oʻrganishga qiziqish kuchaymoqda. 
    2020-yil 23-sentabr kuni millatimiz uchun tarixiy sana boʻlib muhrlandi. Prezidentimiz Shavkat 
    Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilk bora oʻzbek 
    tilidagi ma’ruzasi yangradi. Davlatimiz rahbari chin ma’noda buyuk ajdodlarimiz farzandlari timsolida 
    soʻzini dunyoga ona tilimizda aytib, jumlayi jahonga oʻzbek tilining oʻzbekning oʻziday qadimiy til 
    ekanligini isbot qildi. Qolaversa, yurtboshimiz yangi Oʻzbekiston ostonasi maktabdan boshlanishini
    ta’lim muassasalarida sifatli ta’lim berilishi ustuvor vazifa ekanligini ta’kidladi.
    Oʻzbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinganiga 31 yil toʻlmoqda, 
    unda oʻzbek tilining oʻz qadr-qiymatini, huquqini va rolini ta’minlash koʻzda tutilgan. Qonunda davlat 
    idoralarida rasmiy ish hujjatlarini Davlat tilida yuritish talab qilinadi, Oʻzbekistonda barcha oʻzbek tilini 
    bilishga va hurmat qilishga, shuningdek, davlat tilidan foydalanishi uchun mas’uliyatni his qilishga 
    majburligi qayd etilgan. Qonun esa ijrosi bilan kuchlidir. Ammo oʻtgan yillar davomida ushbu qonun 
    toʻlaqonli ishladi, deya olamizmi? Mazkur sohada oʻziga xos yechimini kutayotgan muammolar 
    mavjudligi barchamizga ayon. Bu borada Prezidentimizning 2019-yil 21-oktabrdagi “Oʻzbek tilining 
    davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonidan keyin 
    amaliy harakatlar yanada jonlandi.
    Ona tilimizni asrab-avaylash va rivojlantirish haqida oʻylar ekanmiz, u avvalo bogʻcha va 
    maktabdan boshlab sifatli oʻqitilyaptimi? degan savolga javob topishimiz lozim. Natijalarni tahlil 
    qilishimiz, mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha aniq, tizimli chora-tadbirlarni belgilab olishimiz 
    lozim. 
    Uzluksiz ta’lim tizimida fan dasturlarining uzviyligi ta’minlanmaganligi ta’lim sifati va 
    samaradorligiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda. Jumladan, ta’lim turlariaro mavzularning takrorlanishi, ayrim 
    mavzularga haddan ziyod koʻp soatning ajratilgani, fan mazmuni deyarli nazariy ma’lumotlarga 
    asoslanganligi hamda xalqaro tadqiqotlar singdirilmaganligi kabi muammolar vujudga kelmoqda. 
    Mazkur muammolarni bartaraf etish uchun Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat 
    inspeksiyasi, Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirliklari 
    tomonidan ushbu masala boʻyicha yigʻilish va seminarlar tashkil etilib, idoralararo ishchi 
    guruhlar shakllantirildi. 



    Tajribali ekspertlar va 300 dan ortiq yetuk olimlardan iborat ishchi guruhlar tomonidan 21 fan 
    boʻyicha konsepsiyalar ishlab chiqildi. Shu jumladan, “Ona tili ta’limini rivojlantirish tizimi”, 
    “Oʻzbek tili savodxonligini rivojlantirish tizimi” konsepsiyalari ham ishlab chiqildi.
    Bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish hamda soha mutaxassislarining taklif va 
    mulohazalarini oʻrganish maqsadida yaratilgan konsepsiya loyihalari “Uzluksiz ta’limda fanlar uzviyligi” 
    muhokamalar portaliga joylashtirildi. 
    Fursatdan foydalanib, davlat tilini sifatli oʻqitishi yoʻlida sidqidildan mehnat qilib kelayotgan 
    olimlarimiz va amaliyotchi pedagoglarimizni ushbu jarayonda faollik bilan ishtirok etishga chorlab 
    qolaman.
    Zero, uzviylashtirilgan fan dasturlari asosida darsliklar mazmuni, uzviyligi ta’minlanadi. Bu 
    davlat tilini sifatli oʻqitish sari yana bir muhim qadam boʻladi. 
    Respublikada oʻzbek tilini xorijliklarga oʻrgatish, uning metodik ta’minotini yaratish 
    borasidagi ishlar ham asosiy vazifalardan.
    Bugungi kungacha oʻzbek tilini bilish darajasini xalqaro darajada baholash mexanizmlari 
    ishlab chiqilmagani, ona tilimizni masofaviy oʻqitish yoki mustaqil oʻrganish uchun platformalar 
    yaratilmagani ham asosiy muammolarimizdan sanaladi. 
    Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish uchun milliy oliy ta’lim muassasalarimiz tomonidan 
    juda muhim loyihalar boshlab yuborilgan.
    Bu borada Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professor-
    oʻqituvchilari tomonidan oʻzbek tilini ona tili va xorijiy til sifatida oʻqitish metodikasini 
    takomillashtirish hamda oʻzbek tilini bilish darajasini baholash boʻyicha loyihalar amalga 
    oshirilmoqda. 
    Xususan, “OʻZBEGIM” (Oʻzbek tilini oʻqitishda eshitish, gapirish, imlo va mutolaa) 
    darsligi hamda test tizimini joriy etish” dasturi xorijliklar uchun moʻljallangan boʻlib, oʻzbek 
    tilida bosqichlashtirilgan (A1, A2, V1, V2) darajalarni oʻqitish, dastur asosida oʻzbek tilini bilish 
    darajasini belgilab beruvchi xalqaro sertifikat UzLISA (Uzbek Language International Standard 
    of Assessment) yaratishni qamrab oladi.
    OʻzDJTUda ham 2020-2022-yillarga moʻljallangan “Xorijiy tillarda soʻzlashuvchilar 
    uchun oʻzbek tilini intensiv oʻrgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” amaliy loyihasi 
    boshlangan. Unda Oʻzbek tilini intensiv oʻrgatuvchi multimedia mahsulotlari, elektron darslik, 
    koʻp tilli elektron lugʻat va audio soʻzlashgichlar yaratish koʻzda tutilgan. 
    Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ham oʻzbek tilini oʻqitishga moʻljallangan
    oʻquv qoʻllanma ingliz tili, koreys tili, yapon tili, fors tili, turk tili asosida izohlar bilan 
    tayyorlangan. Ushbu qoʻllanma Koreyaning Xankuk chet tillar, Xanshin, Yaponiyaning Tokio 
    chet tillar, Sukuba, Xosey, Safiya, Hindistonning Jamiya milliy universitetlarida foydalanib 
    kelinmoqda.
    Toki bugungi ilmiy-amaliy anjumanning mavzusi “Oʻzbek tilini dunyo miqyosida keng 
    targʻib qilish boʻyicha hamkorlik istiqbollari” deb nomlanar ekan, oʻzbek tilining xalqaro 
    darajada oʻrganilishiga hamda uning nufuzi oshishiga xizmat qiladigan bu kabi loyihalarni 
    qoʻllab-quvvatlash, oʻzbek tilining nazariy va amaliy masalalarini yanada chuqurroq oʻrganish, 
    oʻqitish metodikasini takomillashtirish, tilimiz mavqeyini nafaqat respublikada, balki xorijda 
    ham yuksaltirish kabi vazifalarni bajarishda bugungi ilmiy-amaliy anjumanning ahamiyati katta, 
    deb oʻylayman. Anjuman ishiga muvaffaqiyat tilayman! 
    Anjuman ishtirokchilarini yana bir bor oʻzbek tili bayrami bilan tabriklayman!

    Download 6.85 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   397




    Download 6.85 Mb.
    Pdf ko'rish