Signal protsessorlarning ishlov berish algoritmlarida ma’lumotlar konstantalar, o‘zgaruvchilar va massivlarning ramziy nomlari yoki bevosita konstantalar bilan taqdim etiladi. Ma’lumotlarning protsessorda taqdim etilish va ishlashini belgilovchi muhim xarakteristika bu ma’lumotlar turidir. Ma’lumotlarning quyidagi asosiy turlari mavjud [6, 7, 22]:
butun;
xaqiqiy;
kompleks;
mantiqiy;
matnli.
Signallarni ishlashga bevosita bog‘liq bo‘lgan hisoblash bloklaridagi raqamli ishlov berish algoritmlarida, qoidaga ko‘ra, quyidagi ma’lumot turlari qo‘llaniladi:
xaqiqiy tur - kirish va chiqish signallarini hisoblash, tenglamalar koeffitsentlari, diskret Fure o‘zgartirishi (DFO‘) va impulsli xarakteristikalarni hisoblash, chastota xarakteristikalari qiymatlari:
kompleks tur - xaqiqiy va tasavvurdagi qismlarga mos keluvchi xaqiqiy turdagi ma’lumotlarning tartiblangan juftligi ko‘rinishida;
butun tur - hisoblashlar va koyeffitsentlar soni va nomeri, massivlar razmeri, hisoblagichlar tartibi;
mantiqiy tur - bitta-bit ishlov berish amallarida.
Adreslar (ma’lumotlarni saqlovchi xotira yacheykalari nomerlari)ni boshqarish va hisoblash amallari protsessorlar arxitekturasida ko‘zda tutilgan maxsus qurilmalar yordamida amalga oshiriladi, shuning uchun bunday hisoblashlar ma’lumotlarni ishlashga ta’luqli emas va ushbu bobda ular haqida so‘z yuritiladi. SRIB algoritmlarida hisoblashlarning eng katta hajmli xaqiqiy turdagi ma’lumotlar bilan bog‘liq va bu bobda unga eng ko‘p e’tibor ajratiladi. Butun turdagi hisoblashlar hajmi kichik bo‘lgan ma’lumotlarlarga ishlov berish muhokama qilinadi.
Dastur buyruqlaridagi, assembler tilida tuzilgan ma’lumotlar:
konstantalar, o‘zgaruvchilar va massivlarning ular saqlanayotgan xotira yacheykalari adreslariga mos keluvchi ramziy nomlari;
o‘zlari saqlanayotgan registrlar nomlari;
bevosita konstantalar bilan taqdim etiladi.
Protsessorlarda ma’lumotlarni taqdim etish ular saqlanayotgan razryadliligiga, yacheyka va registrlarda razryadlarning funksional taqsimlanishi (belgili, katta va kichik), shuningdek, protsessorda arifmetik vazifalarning bajarilish spetsifikasiga bog‘liq. Shuning uchun ma’lumotlarni taqdim etish protsessorda qo‘llaniladigan arifmetik turga bog‘liq (qo‘zg‘almas vergulli (QV) yoki suruluvchi vergul (SV)).
O‘rnatilayotgan materialni soddalashtirish uchun hisoblashning ikkilik tizimi masalalari va ikkilik sonlar ustida arifmetik amallarni bajarish qoidalari muhokama etilmaydi.
Ma’lumotlar formati ma’lumotlar saqlanadigan xotira va registrlar yacheykalari razryadliligiga bog‘liq. Format ma’lumotlarni protsessorning o‘zida taqdim etishning mumkin bo‘lgan uzunligini belgilaydi. Ma’lumotlarni taqdim etishning quyidagi asosiy formatlari mavjud:
bayt;
yarim so‘z;
so‘z;
ikkitalik so‘z;
kengaytirilgan so‘z.
Ushbu formatlardan asosiylari so‘z, ikkitalik so‘z va kengaytirilgan so‘z. 8.1- jadvalda ma’lumotlarning SPlarning ayrim modellaridagi formatlariga misol keltirilgan.
8.1-jadval. SP da ma’lumotlarni formatlari va tasvirlash formalari.
Prosessor
|
Format (bit)
|
Tasvirlash formasi
|
So’z
|
Ikkilik so’z
|
Kengaytirilgan so’z
| |
|
|
32
16
32
32
24
32
16
16
32
32
|
64
32
64
64
48
64
32
32
64
64
|
40
40
40
40
56
44
40
40
40
80
|
SV, QV QV
QV SV QV
QV
SV, QV QV
QV SV SV
|
TMS320C3x TMS320C55xx TMS320C64xx TMS320C67xx
Motorola
DSP560xx DSP9600x MSC810x
Analog Devices
ADSP-21xx ADSP-210x ADS-ТS 001
|
Xuddi shu yerda ma’lumotlarni taqdim etish shakllari (so‘zuvchi nuqta, qayd qilingan nuqta) ham berilgan. So‘z operativ xotiraning n-razryadli yacheykalaridan birining yoki n-razryadli yacheykalardan birining tarkibini aks ettiradi. Shuning
uchun so‘z, odatda, boshlang‘ich va yakuniy ma’lumotlarning tashqi tasvirlashni xarakterlaydi. P so‘z uzunligi bitlarda o‘lchanadi va kattaligi bo‘yicha ma’lumotlar xotirasi yoki registrning tegishli yacheykasi razryadliligiga teng.
Ikkitalik so‘z xotiraning bir juft n-razryadli registri qo‘shni yacheykalari bitta 2n-razryadli registri yoki n-razryadli bir juft qo‘shni registrlari tarkibini aks ettiradi, shuning uchun ikkitalik so‘z ma’lumotlar tasvirlashni o‘ta aniqlikda xarakterlaydi. Ikkitalik so‘z uzunligi 2n bitga teng. Kengaytirilgan so‘z k-razryadli akkumulyator yoki chiqish registri tarkibini aks ettiradi va ma’lumotlar (oraliq va yakuniy hisoblashlar natijalari) ning ichki tasvirlashni xarakterlaydi. Kengaytirilgan so‘zning uzunligi k-bitga teng. Protsessor arxitekturasiga ko‘ra ma’lumotlarni taqdim etish va registrni belgilash shakllari k kattalik uchun k>2n sharti (qo‘zg‘almas vergulli protsessorlarda) yoki nBayt va yarim so‘z ma’lumotlar xotirasi yoki registr yacheykalarining tegishli qismlari tarkibini aks ettiradi.
8.1-jadvalda ayrim SP modellarida ma’lumotlar formatlari va ma’lumotlarni taqdim etish shakllariga misollar keltirilgan. Format ma’lumotlarni taqdim etishning muhim tavsiflari hisoblanadi. Protsessordagi bazaviy format so‘z hisoblanadi, uning uzunligi ma’lumotlarni taqdim etish diapazoni va aniqligini, xotira xajmini, ma’lumotlar shinalari razryadliligini belgilaydi.
|