• A: a.txt -A
  • *.bak
  • PCTools, QDOS, Norton Commander, Volkov Commander
  • Norton Commander (NC)
  • Tizimli Dasturlash” fanidan tayyorlagan 1-Laboratoriya ishi




    Download 61.23 Kb.
    bet6/12
    Sana25.02.2023
    Hajmi61.23 Kb.
    #43471
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    1-Laboratoriya ishi
    Doc1, Bodo Shefer. G\'oliblik qonuniyatlari, KAL PLAN МТваА Юсупова 2014-15 amal, 1-laboratoriya ishi (2), документ173, ReadMe UzLAp Office 2003
    Faylning to`liq nomi
    Faylning to`liq nomi deb, faylning quyidagi ko`rinishiga aytiladi: Disk:/ Yo`l / Fayl nomi. Demak, faylning to`liq nomi - disk nomi, fayl joylashgan kataloggacha bo`lgan yo`l va fayl nomidan tashkil topar ekan. Bu yerda disk nomi ko`rsatilmasa joriy disk, agar yo`l ko`rsatilmasa joriy katalog tushuniladi. Masalan:A: a.txt -A: diskning joriy katalogidagi a.txt faylini;
    A:/a.txt -A: diskning tub katalogidagi a.txt faylini;
    User/ a.txt -joriy katalogning User katalogidagi a.txt faylini bildiradi.
    Niqob belgilaridan foydalanish
    Ba'zan, bitta buyruq yordamida biror bir umumiylik belgisi bilan bir xil bo`lgan barcha fayllar ustida ish olib borishga to`g`ri keladi. Masalan, faqat .txt kengaytmali fayllarni yoki ma'lum bir harf bilan boshlanuvchi ixtiyoriy kengaytmali fayllarni yoki joriy katalogdagi barcha fayllarni ajratib bosmaga chiqarish, nusxa olish va o`chirish kabi amallar. Mana shunday hollarda niqob belgilari deb aytiluvchi * va ? belgilaridan foydalaniladi. Bunda, «*» belgisi fayl nomi yoki kengaytmasidagi ixtiyoriy belgilar sonini, «?» belgisi esa faqatgina bitta belgini ifodalaydi. Masalan:
    *.bak -joriy katalogdagi .bak kengaytmali barcha fayllarni;
    c*.txt -barcha «s» harfi bilan boshlanuvchi .txt kengaytmali fayllarni;
    *.* -joriy katalogdagi barcha fayllarni;
    a???.* -ixtiyoriy kengaytmali, nomlari «a» dan boshlanuvchi va uzunligi 4 ta onadan oshmaydigan fayllarni ifodalaydi.
    NORTON KOMMANDER- MS DOS operatsion sistemasining programma qobig`i bo`lib, u foydalanuvchilar uchun operatsion sistema bilan muloqot davrida qulay vositachi vazifasini bajaradi. Ma'lumki, MS DOS operatsion sistemasida ishlash uchun maxsus komandalar mavjud. Operatsion sistema bilan muloqotda bo`lish uchun klaviatura orqali uning kerakli komandasi va komanda parametrlari kiritilishi lozim. Buning uchun foydalanuvchi MS DOSning komandalarini va uning parametrlarini yaxshi bilishi, komandalarini bexato kirita olishi kerak. Bu shartlar foydalanuvchilar oldiga qo`shimcha talablarni qo`yadi, chunki bu komandalarni doimo eslab yurish, tashqi qurilmadagi foydalanuvchilar fayllarining nomlarini, ularning qaysi kataloglarda joylashgan ekanini yodda saqlay bilish ancha murakkab ishdir. Keyingi vaqtda foydalanuvchilarning operatsion sistemada ishlashini yengillashtirish uchun ko`pgina qobiq programmalar ishlab chiqarildi. Bunday qobiq programmalar foydalanuvchilar va operatsion sistema o`rtasida vositachi vazifani bajarib, ular foydalanuvchilar uchun maxsus qulay operatsion muhit yaratib beradi. Qobiq programma yaratib bergan maxsus operatsion muhit MS DOS operatsion sistemasida bevosita ishlashga nisbatan ancha afzalliklarga ega, chunki u foydalanuvchiga meny rejimida, ya'ni kiritilishi lozim bo`lgan komandani komandalar ro`yxatidan tanlash, ish bajarayotgan obyektlarni doimo ekranda ko`z oldida bo`lishini ta'minlash va boshqa ko`pgina qulayliklarni yaratib beradi. Bunday qobiq programmalarga misol qilib PCTools, QDOS, Norton Commander, Volkov Commander va boshqa programmalarni keltirish mumkin. MS DOS operatsion sistemasining versiyalarida ham bu programmalarga o`xshash o`zining qobiq programmasi kiritilgan. Lekin shubhasiz, bunday qobiq programmalar ichida eng keng tarqalgan va qulay bo`lgan programma - Norton Commander (NC) va unga yaqin bo`lgan Volkov Commander (VC) dir. NC ham rivojlanib, uning imkoniyatlari kengaytirilib turiladi. NC programmasi ko`p foydali funksiyalarni bajaradi, xususan:
    -magnit disklardagi katalog tarkiblarini tartibga solgan holda ekranga chiqarib berish;
    - disklardagi kataloglar strukturasini daraxt ko`rinishida tasvirlash va ixtiyoriy katalogga osonlikcha o`tib ishlash;
    - kataloglarni hosil qilish, nomini o`zgartirish, ularni diskdan o`chirish;
    - fayllarning nusxasini olish, nomini o`zgartirish, diskdan o`chirish va boshqa joyga ko`chirish;
    - turli matn muharrirlarida yozilgan fayllarni va berilganlar bazalarini qulay holda ko`rish;
    - matn fayllariga o`zgartirish kiritish;
    - MS DOS operatsion sistemasining ixtiyoriy komandasini bevosita kiritish;
    - ma'lum tipdagi fayllar ustida bir klavishani bosish yordamida standart amallarni bajarish;
    - bajarish mumkin bo`lgan ixtiyoriy amal haqida kerakli paytda yordamchi ma'lumot olish va boshqa ko`pgina amallarni bajarish imkoniyatini beradi.
    Windows 9x operatsion sistemasi ishlab chiqarilishi bilan NC ning shu OS ga mo`ljallangan varianti ham chiqarildi. Bu variant MS DOS ning NC ga o`xshash bo`lishi bilan birga ba'zi bir yangiliklari va xususiyatlari bilan farq qiladi.

    Download 61.23 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 61.23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tizimli Dasturlash” fanidan tayyorlagan 1-Laboratoriya ishi

    Download 61.23 Kb.