|
Linux operatsion (amaliy) tizimi
|
bet | 8/12 | Sana | 25.02.2023 | Hajmi | 61.23 Kb. | | #43471 |
Bog'liq 1-Laboratoriya ishi Doc1, Bodo Shefer. G\'oliblik qonuniyatlari, KAL PLAN МТваА Юсупова 2014-15 amal, 1-laboratoriya ishi (2)Linux operatsion (amaliy) tizimi. O‘zagi Unix operatsion tizimi asosida
ishlangan, tarmoq operatsion tizimi. Linux ilk bor 1991 yili LiniusTorvalds
tomonidan chiqarilgan. Linuxning muhim xususiyatlaridan biri – u bepul
dasturiy ta’minot Fondi doirasida, GNU oshkora litsenziyasiga ko‘ra bepul
tarqatiladi. Asosan, Internetda va intratarmoqlarda serverlar yaratish uchun
qo‘llanadi.
UNIX operatsion (amaliy) tizimi. Bell laboratoriyasi tomonidan
yaratilgan tarmoq operatsion tizimi. Ilk bor UNIX operatsion tizimi Bell
Laboratory tomonidan 1969 yili taklif qilingan, azaldan tarmoqlarda
ishlatish uchun mo‘ljallangan edi. Hozirgi kunda UNIX, Si tilida yozilgan
ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali operatsion tizim. Tizimning bosh
tarkibiy qismi bo‘lib mikroo‘zak hisoblanadi. Uning ichiga tarmoqlararo
uzatishni boshqarish bayonnomasini/ bajaruvchi modul joylashtirilgan.
UNIX operatsion tizimi bir qancha ijobiy xislatlarga ega, ulardan birinchi
navbatda quyidagilarni ko‘rsatish zarur:
- amaliy dasturlarni bir turdagi kompyuterdan boshqa turdagisiga ko‘chirib
o‘tkaza olish;
- ma’lumotlarni tarqoq ishlovini bajarish imkonini beradigan tarmoq
xizmatlarining keng yig‘masi;
- bir vaqtning o‘zida turli xildagi fayl majmualarining mavjud
bo‘lishi;
- yuz berayotgan ishlov jarayonlarini foydalanuvchilar tomonidan rejalash
imkoni;
- RISC protsessorlari bilan yaxshi uyg‘unlashuvi;
- xar xil ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim qilingan mahsulotlarni
oson ishlatish;
- rivojlanish va kengayish uchun ochiqlik;
UNIX superkompyuterlari, ishchi-stansiyalar va maxsus shaxsiy kompyuterlarda
keng ishlatiladi.
UNIXWare operatsion (amaliy) tizimi. UNIX operatsion tizimining
Novell korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan rusumi. UNIXWare tizimi
birinchi navbatda NetWare tarmoqlarida ishlatish uchun yaratilgan. Shu bilan
birga, bu operatsion tizimining muhitida hududiy tarmoqlarning
bayonnomalari ham bajariladi. UNIXWare oddiy grafik interfeysga ega.
Bu 32-xonali tizim «ish stoli» deb ataluvchi muhitda ishlaydi. UNIXWare
ko‘pmasalali, ko‘pfoydalanuvchili, ko‘poqimli tizimdir.
|
| |