|
Belgilangan talablar bo’yicha zamonaviy dastgohsozlikni asosiy texnik taraqqiyot tendentsiyasi aniqlanadi
|
bet | 4/6 | Sana | 21.07.2024 | Hajmi | 13,57 Mb. | | #268141 |
Bog'liq 1-mavzu (metall kesuvchi dastgohlar va ularning tasnifiBelgilangan talablar bo’yicha zamonaviy dastgohsozlikni asosiy texnik taraqqiyot tendentsiyasi aniqlanadi:
- Kesish va surish harakatlarni tezliklarini oshirish (dastgohda ishlab chikarish vaqtini kamaytirish maqsadida).
- Dastgohlarni aniqligini oshirish.
- Bikrligini va titrashga chidamliligini oshirish.
- Agregatlashtirishni qo’llash.
- Dastgohlarni unifikatsiyalashtirish.
- Boshqarishni avtomatizatsiyalashtirish.
- Dastur bo’yicha boshqaruvli dastgohlarni joriy qilish.
Belgilash misoli
6M82 6 – frezerlash dastgohi;
M – dastgohni asosiy modelini varianti; 8 – gorizontal frezerlash dastgoh;
2 – dastgohning stolini nomeri.
2A135 2 – parmalash dastgohi;
A - dastgohni asosiy modelini varianti;
1 – vertikal parmalash dastgoh;
35 – ‘o’latni parmalashda shartli maksimal diametri.
Dastgohlarni shartli bo’linishi.
1Ixtisoslashtirish (специализация) bo’yicha:
a) Universal - donaviy va mayda seriyali korxonalarda qo’llanadi;
b) ixtisoslashtirilgan dastgohlar – konstruktsiyasi bo’yicha o’xshash, ammo o’lchamlari har xil, bir turdagi detallarga ishlov berish uchun mo’ljallangan. Ularga tishga ishlov beruvchi, rezba kesuvchi, parmalar chaxlovchi va hokazolar kiradi – seriyali va ommaviy korxonalarda qo’llanadi;
v) maxsus dastgohlar – faqat bir berilgan detallarga ishlov berishga mo’ljallangan – ommaviy qorxonalarda qo’llanadi.
2. Aniqlik darajasi bo’yicha:
- Н sinfi - normal aniqlikdagi, bu sinfga kopchilik universal dastgohlar kiradi;
- П sinfi - yaxshilangan aniqlikdagi dastgohlar, bularni tayyorlashda dastgoh detallariga va yigishga qattiq talablar qo’yiladi;
- Б sinfi – yuqori aniqlikdagi dastgohlar, bularni detallari tayyorlash va yig’ish jarayoni juda sifatli bajariladi;
- A sinfi – o’ta yuqori aniqlikdagi dastgohlar, bularni detallarini tayyorlash va yigish jarayoni Б sinf dastgohlariga nisbatan yuqori sifat bilan tayyorlanadi;
e) С sinfi – master-dastgohlar deyiladi va Б va A sinfdagi dastgohlar uchun detallar tayyorlashda qo’llaniladi. A, Б va C sinfdagi dastgohlar doimiy temperatura va namlik saqlanuvchi xonalarda ishlatiladi.
|
| |