• 4. Boshqarish qurilmalari - ishchi yoki stanokni boshqarish sistemasi vositasida ishlov berishning berilgan texnologik siklini amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
  • Metall qirquvchi dastgohlarning turlari va klassifikatsiyasi, markalanishi Zamonaviy metallqirqish dastgohlarga qo’yilgan asosiy talablarni quyidagicha belgilash mumkin
  • Boshqarishning oddiyligi va qulayligi.
  • Stanoklarning asosiy tarkibiy qismlari




    Download 13,57 Mb.
    bet3/6
    Sana21.07.2024
    Hajmi13,57 Mb.
    #268141
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-mavzu (metall kesuvchi dastgohlar va ularning tasnifi

    Stanoklarning asosiy tarkibiy qismlari
    Umumiy holda xar qanday metall kesuvchi stanok quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi:
    • Energiya manbayi (elektr, gidravlik va ba’zan pnevmatik dvigatellar, ulardan eng ko‘p o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan bir va ko‘p tezlikli asinxron hamda o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr dvigatel- lar tarqalgan).
    • Uzatish qurilmalari energiyani dvigateldan bajaruvchi ishchi organlariga uzatish uchun xizmat qilib, ular mexanik, gidravlik va elektr asoslarida yaratilgan bo‘lishi rnumkin. Uzatish qurilmalariga stanok ish chi organlarining tezligi va harakat yo'nalishini o‘zgartirib beruvchi, shuningdek stanokni ishga tushirish, ishdan to'xtatish va tormozlash ishlarini bajaruvchi mexanizmlar kiradi.

    3. Ish bajaruvchi organlar kesuvchi asbob va ishlanadigan zagotovkani o'matish va mahkamlash uchun xizmat qiladi. Ko‘pincha bunday organlar shpindel, support, stol, asboblar kallagi va boshqa ko‘rinishlarda bo‘ladi.
    4. Boshqarish qurilmalari - ishchi yoki stanokni boshqarish sistemasi vositasida ishlov berishning berilgan texnologik siklini amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
    5. Stanokning tayanch sistemasi stanokning korpus elementlari- dan tashkil topib, ularda ishlov berish mobaynida kesuvchi asbob va zagotovka orasida paydo bo'ladigan kuchlar uchrashadi. Stanokning korpus elementlariga stanina, stoykalar, traversalar, oraliq plitalari hamda kuch kallaklari, tezliklar va surishlar qutilari, orqa babka, supportlar, stollar, planshaybalar va shunga o‘xshash qismlarning korpuslari kiradi. Ularga qo‘yiladigan asosiy talab — stanokning ish jarayonida o‘zlarining geometrik shakllarini o‘zgartmay saqlashdir. Bu talab konstruksiyalarning yuqori darajadagi bikirligi va vibratsiyalargachidamliligi, yo‘naltiruvchi qismlarining ishqalanishga chidamliligi bilan amalga oshiriladi.
    Metall qirquvchi dastgohlarning turlari va klassifikatsiyasi, markalanishi
    Zamonaviy metallqirqish dastgohlarga qo’yilgan asosiy talablarni quyidagicha belgilash mumkin:
    • Ishlab chiqarilayotgan detalga talab qilingan shakli va o’lchamlarini aniqligini, xamda ishlab chiqarilgan yuza sifatini ta’minlagan xolda mumkin bo’lgan maksimal unumdorlikka ega bo’lishi.
    • Boshqarishning oddiyligi va qulayligi.
    • Mumkin bo’lgan kichik metall sarfi va tashqi o’lchamlari.
    • Dastlabki narxi va ishlatish sarfi kichikligi.
    • Konstruktsiyasini texnologiyaviyligi.


    Download 13,57 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 13,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Stanoklarning asosiy tarkibiy qismlari

    Download 13,57 Mb.