Tokarlik-gardanlash stanoklari




Download 260.5 Kb.
bet3/6
Sana20.10.2023
Hajmi260.5 Kb.
#88923
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tokarlik stanoklari Reja (1)
adabiyotlarga buyurtma-Pedagogika fakulteti, Demografiya A.Sitora, Электр монтаж ишлари, Электчилангарлик ишлари, эритиб пайвандлашнинг ишчи дастури, Мехнат мухоф Ишчи дастур
3. Tokarlik-gardanlash stanoklari

Bunday stanoklar shakldor kesuvchi asboblar tishlarining orqa yuzalariga egri chiziq (Arximed spirali) bo'yicha shakl berishda qo'llaniladi. Kesuvchi tishlar orqa yuzasining bunday profilga ega bo'lishi, orqa burchakningva kesuvchi qirra shaklining old yuzabo'yicha qayta charxlashlarda o'zgarmas bo'lishini ta'minlaydi. Bunday ishlov berish shakldor (fason), modulli chervyak, modulli disk, taroqsi-mon, shlitsli frezalar, shuningdekto'g'ri va vintsimon tishli metchik-Iar uchun zarur bo'ladi.


Arximed spirali ishlov o'tadigan (10.1-rasm) freza (/) ning tekis aylanma harakativa keskich{2)ning freza o'qiga perpendikular

yo'nalishda tekis surilishi (ko'ndalang surish sk) natijasida hosil bo'ladi. Surish harakati maxsus kulachok (J) yordamida amalga oshiriladi, uning ishchi qismi BA Arximed spirali shaklida yasalgan. Kertilayot-gan freza bir tishga burilish vaqtida kulachok to'la bir marta aylanadi. Rolik {4)kulachokning BA qismi bo'yicha dumalab harakatlanganida support (5) ning keskich (2)bilan birga ishchi harakati sodir bo'ladi - qirindi kesiladi. Rolik kulachokning to'g'ri chiziqli AB qismiga to'g'ri kelganida prujina (6) ta'sirida support tezda frezadan qochadi (salt yurish). Kertuvchi asbob sifatida shakldor keskich yokijilvirlash doirasi olinib, uIarning shakldor profili kertilayotgan tishlar profiliga mos qilib charxlangan bo'ladi.Zagotovka har bir to'la aylanishdan so'ng keskichga ko'ndalang surish (qiymati) uzatiladi.

10. l-rasm. Freza orqa yuzasini gardanlash sxemasi.
Tokarlik - gardanlash (токарно-затыловочный) stanoklarining tashqi ko'rinishi tokarlik-vintqirqar stanoklarga o'xshash bo'lsa-da, ularda o'ziga xos maxsus konstruksiyaga ega bo'lgan support mavjud. Bu support gardanlash operatsiyasi uchun zarur bo'lgan harakatlar-ni amalga oshiradi.
1Б811 modelli universal tokarlik-gardanlash stanogida bir va ko'p kirimli modulli chervyak frezalari, shuningdek taroqsimon, modulli disk va fason frezalar hamda tishlari to'g'ri, qiya yoki yon qismida joylashgan asboblar kertiladi. Bu stanokda bundan tashqari barcha tokar-Iik ishlarini bajarish mumkin.


Download 260.5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 260.5 Kb.